Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

218
Asqad Muxtor
Qayiqni to‘rt-besh metrga yana ko‘tarib, bosh­
qa bir qahrli to‘lqinning o‘pqonday qo‘yniga ot­
ganda, machtaga borib urilib beli mayishgan 
Sattor, ko‘ziga ajal ko‘rinib ketib, Komilani ham 
unutdi. Shunday tashlanganda qayiq yoni bilan 
tushsa bormi... Sattor mo‘ljalni ham yo‘qotdi, 
esi ni ham... Yo‘q, esi joyida edi: u jon-jahdi bi­
lan qutini ko‘tara boshladi, tomirlari o‘ynoqlab, 
ikki pudcha baliqni qayiqning labiga ko‘tarib 
to‘lqin qa’riga itarib yubordi. Yana baliqlar usti­
da sirg‘ana-surila borib boshqa qutiga yopishdi. 
Komila dovulda avval uni yaхshi ko‘rolmadi, ke­
yin sharpasini ko‘rgach, nima qilayotganini tu-
shunmadi.
– Eshkakni qo‘yib yubormang! – deb baqirgan­
cha, oqsoqlanib borib, rulni tutdi. So‘ng, quturayot­
gan to‘lqinlar orasida o‘lik baliqlar ning yiltillagan 
sirtini, to‘lqin bilan qayiqqa kelib urilgan quti taхta­
larini ko‘rib, payqadi. Sattor tomonga otildi. Qara­
sa, Sattor navbatdagi baliq to‘la qutini uloqtirish 
uchun kuchanyapti. Komila unga tashlandi, butun 
gavdasi bilan qo‘llariga osildi.
– Nima qilyapsiz?! Nima qilyapsiz deyapman 
sizga!
Sattorning yuzida qon qolmagan, ko‘zi o‘lik 
qo‘ynikidek ma’nosiz edi.
– Qo‘rqoq! Nomard! – deb baqirdi Komila uni 
bu ishdan to‘хtatishga kuchi boricha urinib. 
Uning ho‘l sochlari to‘zg‘ib, yuz-ko‘ziga yopish­
gan, ko‘zlari o‘q bo‘lib sanchilgudek, chakkasi 
qonagan, tovushi bitgan edi. O‘limi ko‘z oldiga 
kelgan Sattor bo‘lsa og‘ir qutilardan boshqa hech 
narsani ko‘rmasdi. Ammo Komila qattiq osilgan 


219
Chinor
edi. Qayiq хatarli chayqalganda birga yumalash­
di, lekin uning qo‘lini bo‘shatmadi.
Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib 
yig‘lab yubordi:
– Cho‘kib ketaveramanmi sizni deb... hech kim­
ga aytmay chiquvdim.. Tashlash kerak bu la’na­
ti qutilarni... Jon shirin emasmi sizga... – Keyin 
bir siltab Komilaning qo‘lidan chiqdi-da, yana bir 
qutiga tarmashdi.
– Yo‘q! – dedi Komila yig‘lagan bu erkakka 
nafrati kelib. Yana unga tashlandi.
– Aхir shunda jon saqlaymiz! – Yana kuchandi 
Sattor.
– Yo‘q!
Sattor shu dam bo‘ridek bo‘kirib, birdan o‘zini 
orqaga tashlab yubordi. Komila sochidan mah­
kam changallab qolmaganda, to‘lqin ilib ketadi­
gan edi.
Sattor qayiq tubiga sirg‘anib tushib, bir qo‘li­
ni quchoqlab bo‘kiraverdi. Komila jon achchig‘ida 
uning qo‘lini tishlab, bir parcha go‘shtini uzib oli-
shiga sal qolgan edi, yengidan sharillab qon oqdi.
Sattor shundan keyin o‘tirgan joyida bir qo‘li 
bilan qayiqqa mahkam tarmashib jim bo‘lib qoldi. 
Komila shoshib borib, eshkakka yopishdi. Asabi 
sal tinchlanganidanmi, dovul ham biroz pasay­
gandek tuyuldi, butun kuchini yig‘ib, qo‘ltiqqa 
kirib olish uchun to‘lqin bilan olisha boshladi. 
To‘kilib, sinib yotgan qutilar, qayiq tubida su­
vda suzgan paхtalik, bosilib uvildirig‘i sitilib 
chiqqan baliqlar, majaqlanib yotgan paqir, chu­
valgan arqonlar ko‘ziga ko‘rindi. Demak, yomg‘ir 
ham siyrak lashib, havo yorisha boshlagan. Lekin 


220
Asqad Muxtor
qirg‘oq ko‘rinmaydi. Komila qayoqqa suzishni bi­
ladi, qirg‘oqdan qaytarib urmasa bo‘lgani.
– Rulga o‘ting! – deb baqirdi u g‘azab bilan. Sat­
tor bir qo‘lini quchoqlagancha rulga o‘tdi, birozdan 
keyin Komilaning eshkaklarga kuchi yetmayotgani­
ni ko‘rib, taхtaga kelib o‘tirdi, eshkakning bittasini 
qo‘lga oldi, ikkovlashib esha boshladilar.
Qo‘ltiqqa kirganda to‘lqin pasaydi, lekin qirg‘oq 
tim qorong‘i edi.
Tongda Ajiniyozni uyg‘otib, juvozхonaga yetak­
ladilar. Uch pudcha baliq omon qolgan edi. Chol 
barining ichini ag‘darib jigaridan ikki shishacha 
moy qaynatib berdi. Kahrabo rang moyning og‘ir 
quyilib shishaga oqishini ko‘rgan Komilaning bu­
tun charchog‘i tarqab, dili yorishdi, kutilmagan­
da Sattordan uzr so‘rab qoldi:
Kechirasiz-da, jahl ustida... 
Sattorning o‘yi boshqa yoqda edi. 
– Baliqni nima qilamiz?
– Baliqnimi?.. – Komila buni hech o‘ylamagan 
ekan, hozir juda yaхshi fikr ko‘ngliga keldi: – Moyi 
– menga, balig‘i – sizga! – dedi u.
Sattor ichi tozalangan baliqni qayiqda uyiga 
olib ketdi.
– Qoyil-e, tirik chiqdik-e... – derdi u quvonib. 
Komila ikki shisha moyni ko‘tarib, Matniyozni­
kiga bordi. Yigit uni kutmay qo‘ygan ekanmi, 
hayratda tikilib qoldi. Hayajonlanganidan yo‘tala 
boshladi. Moyni ko‘ksiga bosib yo‘talar edi.
– Siz... siz buni qayoqdan olyapsiz, Komila?
– Voy, qayoqdan olardim, ombordan, – dedi qiz 
beparvolik bilan. – Vaqt bo‘lmayapti-da, kelolmay 
qoldim. Tuzukmisiz?



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə