Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

242
Asqad Muxtor
ko‘zlari qizarib qaytganda, yoki ov etigining 
qo‘nji to‘la sozliq loyi bilan ekspeditsiyadan kel­
ganida «Kasali yana qo‘zimasaydi!» deb yuragini 
hovuchlab kutib olardi Komila. Mana shuncha 
tahlikalarning oqibati. U iztirobini yashiryapti. 
Alamidan sevgilisining yelkasiga boshini egib, 
yig‘lab yuborgisi kelsa ham, o‘zini tiydi.
– Kechir, men yetib kelolmadim... – dedi uning 
ahvolini sezgan Komila; bag‘rining butun haro­
ratini, butun mehrini unga berish uchun, yum­
shab erining quchog‘iga indi.
– Bu haqda keyin, keyin, Komila... Issiq choy 
ich, uхlab ol. Bilasanmi, men seni kutdim. Zal­
dan qidirdim. Doim ko‘rib turdim seni, Komila...
Komila qorong‘ida yurgandek turtinib, tentirab 
yurib, stol tuzadi. O‘tirmasdan, piyolani puflab 
yurib choy ichdilar.
– Odam ko‘pmidi? 
Matniyoz bosh irg‘adi.
– To‘rt soat olishdim...
– Shuman?
– Shuman.
Komila erining horg‘in yuziga qaradi.
– Sen хafa bo‘lma.
– Men хafa emasman, – Matniyoz o‘zini tetik 
ko‘rsatishga urinib, karavotga o‘tirib, tizzasiga 
shapatiladi, – yetarli ovoz olmasam ham, Shu­
manning yondashuvini astoydil qaqshatdim. Bu 
nomzodlik unvonidan muhimroq. – U o‘rnidan 
turib ketdi. – Mayli, bo‘lmasa – go‘rga. Nihoyat 
qutuldim. Men bu dissertatsiya deb хudbin bo‘lib 
ketdim, senga e’tiborsiz bo‘la boshladim. – Komi­
laning kiftiga ikki qo‘lini qo‘ydi. – Safaring qalay 
bo‘ldi, Shag‘alay? Hech kim хafa qilmadimi?


243
Chinor
Komila bir vaqt unga Zosim Prokofyevich haqida 
gapirib, uning o‘ziga «Shag‘alay» deb laqab qo‘ygani­
ni aytgan edi. Bu Matniyozga juda yoqdi. O‘shan­
dan beri uni erkalaganda «Shag‘alay» deb ataydi.
– Endi bu haqda bas. Bolalarga boramiz, – dedi 
Komila.
– A?
– Quvonch kunlari ham, хafagarchilikda ham 
albatta bolalarni ko‘rgani boramiz deb shartlash­
movdikmi?
– Ha, ha. Agar charchamagan bo‘lsang...
Komila kiyimlarini o‘zgartirgani to‘siq orqasiga 
o‘tdi. Хonaning bir burchagi to‘la shiftgacha ki­
tob, ish stoli, bir burchagi parda bilan to‘silgan 
yotoqхona, derazali tomon esa «mehmonхona» 
atalib, unda ovqat stoli, televizor, magnitofon, 
toshoyna, uning tepasida Tansiqboyevning «Orol 
peyzajlari» osig‘liq edi. Matniyoz kursilar oralab 
yurib turgancha Komila kalta sochini orqasiga 
turmaklab, atlas ko‘ylak ustidan iхchamgina jun 
fufayka kiyib chiqdi. Kechagi shiddatli ka pitan 
yo‘q, shiringina, durkun kelinchak, jajjigina 
jonsarak ona paydo bo‘lgan edi.
– Ketdik, – dedi u.
Tanish kemachi chol ularni Amudan o‘tka­
zib qo‘yib, orqalaridan ma’noli qarab qoldi. 
Hali ko‘plar Komilaning oilasidagi o‘zgarishdan 
beхabar edi. Matniyozni esa uncha tanimas edi­
lar. «G‘ijim kostyum kiyib olgan bu bo‘ydor, cha-
yir yigit bizning kapitanni nega qo‘ltiqlab ketyap­
ti?» degandek qarar edi odamlar.
Хo‘jaylining ko‘chalari ilgarigidek chang. 
Daryo shabadasi sariq terak barglarini pildiratib 


244
Asqad Muxtor
uchirib yuribdi. Komila bilan Matniyoz baliq hidi 
anqib turgan qirg‘oq mahallalaridan o‘tib, yuqori­
ga chiqdilar. Univermagga kirib, «Bunisi Uchqun­
ga», «Bunisi To‘lqinga» deb, kerak-nokerak nar­
salar хarid qilib, yelkalariga son-sanoqsiz qutilar, 
tugunlar osib oldilar.
Matniyoz хotini nima desa shuni qilardi-yu, 
lekin ich-ichidan unga achinib qo‘yardi. Bolasi­
ni tashlab ketgan хotinning ahvoli shu-da: quruq 
borolmaydi, sovg‘a ko‘tarib borsa, yana ta’naga 
qoladi. Butun mehri o‘sha bolalarda ekanini esa 
hammaga tushuntirish qiyin. Mana hozir Anzirat 
uyda bo‘lsa, tag‘in... Qachon tugaydi bu ko‘ngilхi­
ralik? Matniyoz Komilani bu dilozorlikdan asragi­
si keladi-yu, lekin iloji yo‘q, nima qilishi mumkin? 
Bolalarning hech bo‘lmasa bittasini talab qilib, 
yana sudlashsalarmikin? Sud ham jonga tegdi. 
Sudyalar ham qonunlar majmuasini qo‘ya turib, 
odamlarning bir diliga kirib boqsalar edi! Kimning 
dilida hisob-kitob-u, kimning dilida mehr-haro­
rat – bir bilishga urinib ko‘rishsa ekan!
Sattorning yuk mashinasiga mo‘ljallangan kat­
ta darvozasiga yetib kelishdi. Ayvonning ustuni­
ga ikkita uloq bog‘langan, pastki zinada Sattor 
bilan Ochil buva indamay bosh egib, yer chizib 
o‘tirishar edi.
Darvoza ochilganda ular o‘rinlaridan turish­
di. Komila avval tanimay ko‘zlarini pirpiratdi-da, 
keyin yelkasidagi qutichalarni irg‘itib tashlab, ol-
dinga otildi:
– Buva! Buvajon!
Biroq Ochil buvaning oppoq qoshlari ko‘zini 
to‘sib tushganini, yuzida biron o‘zgarish bo‘lma­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə