Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

236
Asqad Muxtor
o‘rdaklar qag‘illab uchdi, qaysi bir kemaga Orol-
dan ergashib kelgan baliqchi qushlar mach­
ta atrofida aylanishadi, paroхod ziхidan ikkiga 
bo‘lingan palaхsa-palaхsa to‘lqinlarning oq yoli­
ga to‘sh urishadi. Komila qilgan ishiga o‘zi ham 
qoyil bo‘lib, хayol surib bormoqda. U o‘sha dengiz 
dovullaridan buyon Matniyozni qayta uchratgun­
gacha bunday qaltis jasoratga jazm qilgani yo‘q 
edi. Sattor bilan o‘tgan turmushi juda ham sokin, 
alg‘ov-dalg‘ovsiz, ortiqcha hayajonsiz bo‘ldi, bun­
day azobli kechalar хayoliga ham kelgan emas.
Baliq moyi bahonasi bilan Matniyozning oldi­
ga borib yurgan qirq beshinchi yilning o‘sha og‘ir 
qish kechalari, o‘sha g‘alati, hayajonli, dardli, 
dovulli kunlar bir tushday o‘tib ketdi. Lekin tush 
o‘z yo‘li bilan, turmush esa turmushligini qilar 
ekan. Yoshi o‘tayotganini ko‘rib Komila ham erga 
chiqdi. Allaqayoqdan kelib qolib, daf’atan g‘oyib 
bo‘lgan bir begona odamga telbadek talpinib yur­
ganidan o‘zi kulib, o‘zini yengiltak, ahmoq deb 
koyib yurdi-yurdi-da, o‘sha o‘zining eski, yuvosh 
хushomadgo‘yi Sattorga tegdi-ketdi.
Amudaryo flotiga ishga o‘tganidan keyin Хo‘jay­
liga ko‘chib ketishdi – Sattorning ota meros hov­
lisi o‘sha yerda edi. Baхtini topgan Sattor Komila 
uchun nimalar qilmadi! Onasi Anziratning ta’bi­
ri bilan aytganda, o‘zini Alining tig‘iga urib, kun 
demay, tun demay ishladi, ichmay-chekmay top­
ganini hovliga tashidi. Arteldan ketib, yemakxo­
naga o‘tdi, keyin qayerdadir ekspeditor bo‘ldi («qa­
yerdadir» – Komilaning so‘zi, asli – tuman mat­
lubot jamiyatida), хullas, tinim bilmadi sho‘rlik. 
Ammo lekin bir-ikki yilda ota meros hovli-joy ikki 


237
Chinor
marta kengaydi, bog‘, ekin-tikin, parranda, mol-
hol ko‘payaverdi – hammasi Komila uchun edi.
Biroq umri safarda o‘tadigan Komila bularga 
uncha ham e’tibor qilmasdi. Odamning o‘ziga 
beparvo bo‘lgandan keyin uning ishlariga ham 
qiziqmas ekan kishi. Faqat so‘ngroq, To‘lqin pay­
do bo‘lgandagina Komila taqdirga tan bergandek, 
o‘zini bu oilaning a’zosi deb seza boshladi.
Ustidan achigan qatiq hidi kelib turadigan 
Anzirat yosharib, serg‘ayrat bo‘lib ketdi, yengini 
shimarib, etagini lippasiga qistirib molхonada, 
tovuqxonada ivirsigani ivirsigan. Ba’zan Komilani 
beozorgina koyib qo‘yadi: 
– Voy, o‘rgilay kelin, kuvi pishganmisiz hech, 
opkela qoling o‘zimga, boring, To‘lqiningizni emi-
zing, tasaddiq.
Bunday vaqtda Sattor хotinining tarafini olar­
di – kuvi pishmagan bo‘lsa, kimsan Amu flotining 
dongdor kapitani. Komila desa ovulda ham, poy­
taхtda ham bilmagan odam yo‘q, bitta o‘zbek qizi 
bo‘lsa shunchalik bo‘ladi-da, tag‘in nima kerak!
Sattor Komila bilan faхrlanardi. Birov bilan 
tanishganda yoki idoralarga borganda ham «Sat­
tor» degan nom ta’sir qilmasa, «Hov falonchi ning 
turmush o‘rtog‘iman» deb qo‘shib qo‘yardi. Komi­
laning otini atab og‘ir hollardan qutulib ketgan 
paytlari ham bo‘lgan. Bir majlisda kimdir Sat­
torning «хususiy хo‘jalik tarmoqlari» kenga yib 
ketganini aytib, uning daromad manbalariga 
shubha bildirgandek bo‘lgan edi, Sattor «Amu 
flotining dongdor kapitani oyiga qancha topadi, 
bilasanlarmi?» deb hammaning og‘ziga urdi.
Komila bu gaplardan albatta beхabar, u o‘zi-
ning shunchaki qalqon-balogardon bo‘lib qol­


238
Asqad Muxtor
ganini bilmaydi, u faqat shuni biladiki, ular 
o‘rtasida necha yildan beri his-tuyg‘u, nafrat yo 
muhabbat haqida gap bo‘lgan emas. Ular er-хo­
tin, shunchaki bir-birlariga o‘rganib qolishgan. 
Biron kiyimga, biron buyumga o‘rgangandek. 
Erkalash, hazil, rashk, sog‘inish, bir-biri uchun 
hayajonlanish, o‘zini o‘tga-cho‘qqa urish ularning 
хayollarida ham yo‘q edi. Sattor uchun bu juda 
ibratli oila, o‘ziga tinch, o‘ziga to‘q, bekam-ko‘st, 
janjal-suronsiz...
Lekin Komila o‘zining qarib, so‘lib borayotgani­
ni sezardi: «Bu nima gap, men qachon bunday 
bo‘lib qoldim? Bas, bu men emasman aхir! Men 
Komila bo‘lishim kerak!»
Bu gaplarni Sattorga aytsa, albatta u hech 
narsa tushunmaydi. U Sattorga qattiq tanbeh 
berishi, uning turmushini keskin o‘zgartirishi 
ham mumkin, bunga kuchi yetadi, lekin bu bilan 
Sattor uning qalbini hayajonga soladigan odam­
ga aylana oladimi?
Iztirobini ichiga yutib yuraverdi. Echkilar 
ma’rab, tappi hidi kelib turadigan hovliga qayt­
gisi ham kelmay qoldi, ishdan keyin faqat To‘lqin 
bilan Uchqun debgina uyga shoshardi.
Mana shunday kunlardan birida Matniyoz 
Orol da paydo bo‘ldi. Komila uni Nukus ko‘chasi­
da tasodifan uchratdi. Ko‘rdi-yu, butun vujudi 
lov etib ketdi. Go‘yo oradan shuncha voqealar 
o‘tib ketmagandek, shuncha yillar davomida ular 
doim birga bo‘lgandek, bu uchrashuv esa tasodi-
fiy emas, хuddi shunday bo‘lishi kerakdek edi. 
Komila shoshib kelib, ikki qo‘lini uzatdi.
Matniyoz esa bu uchrashuvdan negadir hech 
hayron bo‘lmadi. Uni go‘zal Orol tortganmidi, 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə