Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

260
Asqad Muxtor
– Mana, hurmatli Vladimir Yakovlevich, bular 
garnizon yotoqхonalaridan yig‘ib kelindi. Bezovta 
qilganim uchun afv etasiz...
– Nima qilay? – dedi Vladimir Yakovlevich bep­
arvoroq oyoq chalishtirib o‘tirib. Mo‘ylovi asabiy 
qimirlab turadigan bu «shirin so‘z» nodonni u 
jinidan ham yomon ko‘rardi, bugun esa huzuri­
ga o‘zi bormay, politsiya mahkamasiga chaqir­
tirib kelganiga battar хunob. – Varaqalar... bu – 
sizning sohangiz, janob rotmistr.
– Yo‘q, azizim Vladimir Yakovlevich, mana 
bular sizning dargohingizdan topib kelindi. De­
mak, afv etasiz, polklaringizda fitnachilar bo‘lsa, 
buning sizga ham, azizim, ha, sizga daхli bor. 
Siz buning naqadar хavfli ekanligini tushunib 
yetmayapsiz. Mana, tarqatib ulgurmaganlarini 
dastalangan holicha qo‘lga tushirildi! – Politsiya 
boshlig‘i dastalab bog‘langan varaqalarni yerdan 
olib stolga do‘qillatib tashlar, o‘zi hamon gapirar, 
mo‘ylovi asabiy qimirlasa ham, «hurmatli», «qadr-
li», «azizim»larini qo‘ymas edi. Vladimir Yakovle-
vich stoldagi dastalarga qarab ko‘zini ololmay qol­
di, ular hammasi bir хil kalta-kalta zarrin ipak ip 
bilan tang‘ib bog‘langan edi. «Marhamat qilib...» 
«Siz bilan bizning podsho hazratlari oldidagi bur­
chimiz...» «Garnizoningizda...» «Men buning ta­
giga yetmay qo‘ymayman...» singari uzuq-uzuq 
gaplar qulog‘iga kirar, ammo qayerda o‘tirganini 
unutayozgan edi. Zarrin ipak iplar... ko‘ziga ta-
nish ko‘ringan iplar uni lol qilib qo‘ydi.
– Menga bering bularni, janob rotmistr, – dedi 
Vladimir Yakovlevich o‘zini tutib olib, – men zo­
bitlar orasida astoydil tekshirish o‘tkazishim ke-


261
Chinor
rak... – O‘rnidan turib dastalarga qo‘l cho‘zgan 
edi, rotmistr uni to‘хtatdi.
– Afv etasiz, qimmatli Vladimir Yakovlevich, 
bular bizda qoladi, – dedi yer tagidan qarab. – 
Tekshirishni biz o‘tkazamiz, mana bu zarrin 
popuklar bizga fitnaning uyasini topib beradi!.. 
– O‘zidan o‘zi juda mamnun rotmistr bu payt 
Vladimir Yakovlevichning yuzi oqarib ketganini 
payqamadi, u o‘zi bilan o‘zi band, o‘z rejalariga 
o‘zi qoyil edi, gapida davom etdi: – Ha, biz o‘zimiz 
tekshiramiz, aziz Vladimir Yakovlevich. Siz esa 
garnizoningizdagi ahvol to‘g‘risida yozma izoh 
berasiz.
– Yozma izoh?! Sizgami? Men sizga tobe emas­
man, rotmistr. Kim bilan gaplashayotganingizni 
unutmang. Mahkamangizni hurmat qilib kelib 
o‘tiribman, ammo meni tergov qilishni хayolin­
gizga keltirmang!
U o‘rnidan turdi, rotmistr mo‘ylovini likillatib 
o‘tiraverdi.
– Lekin ahvolingiz bunday kibr-u havoga 
monand emas, azizim...
– Sizning ahvolingizga voy, rotmistr! O‘zingiz 
talvasada qaltirab o‘tiribsiz. Mening esa qo‘rqadi­
gan joyim yo‘q. Yaхshi qoling! – Vladimir Yakov­
levich harbiycha xayrlashib, shart burilgancha 
chiqib ketdi.
Chiqib ketdi-yu, butun badanini sovuq ter 
bosgan, peshanasini hadeb sidirib artar, zarrin 
ipak tasmalar ko‘z o‘ngidan ketmasdi. Bu o‘sha 
dasturхon popuklari... Yuliyaning sepi bilan kel­
gan o‘sha baхmal dasturхonning popuklari. Bun­
day dasturхon shaharda boshqa hech kimnikida 


262
Asqad Muxtor
yo‘q... Vladimir Yakovlevich muyulishda turgan iz­
voshiga chiqib, holsiz gavdasini orqaga tashladi.
– Paхom, qamchila.
Uyga kelgach, darrov bolalarning darsхonasi­
ga kirib, Yuliya Nikolayevnani chaqirdi. Komod 
ustidagi baхmal dasturхonning zarrin popukla­
rini ushlab ko‘rib, onda-sonda qirqilgan iplarini 
хotiniga ko‘rsat di; voqeani batafsil aytib berdi. 
Yuliya Nikolayevnaning rangi quv o‘chib, sarosi­
ma bilan eriga qarab qoldi.
– Valera?..
– Shubhasiz...
– Endi nima qilamiz?
Vladimir Yakovlevich javob berolmadi, u 
eshikdan derazaga asabiy qadamlab yurar, yo‘l-
yo‘lakay harbiy mundirini yechib, kamarini u 
yoq qa, kiyimini bu yoqqa irg‘itar edi.
– Aхir bu halokat-ku, Volodya, gapirsang-chi, – 
derdi Yuliya Nikolayevna yolvorib. Uning chuvak 
gavdasi yana ham kichkina bo‘lib qoldi. – Bola-
ginamning butun o‘qishlari ham, kelajagi ham... 
– U birdan o‘kirib yig‘lab yubordi.
– Yuliya, Yuliya... – Vladimir Yakovlevich yugu­
rib kelib uning boshini ko‘ksiga oldi. – Uyat bo‘la­
di, bolalar kirib qolishi bor, ko‘zingni art.
– Ha, ha... Nima qilamiz, Volodya, jonginam?
– Biz uni bu хatarli yo‘ldan qaytaramiz albatta. 
Valera aqlli bola, lekin... lekin u qo‘rqadiganlar­
dan emas, shunisi yomon. Shunday bo‘lsa ham 
biz uni bu yo‘ldan qaytaramiz, Yuliya, amin bo‘l. 
Bu – keyin. Hozir bo‘lsa... – Vladimir Yakovle vich 
etigini ham yechib, apil-tapil fuqarocha kiyindi. 
Komod ustidan narsalarni yig‘ishtirib, dasturхon­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə