Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

269
Chinor
ni yashirish uchun Vladimir Yakovlevich katta 
boshini kichik qilib, praporshchikni o‘z himoyasi­
ga olishga majbur bo‘ldi. Keyin uni kishi bilmas 
iste’foga chiqarib qutuldi.
Valera otasiga ancha-muncha tashvish orttirib 
ketgan edi. Vladimir Yakovlevich chor amaldori 
bo‘la turib, podshoga qarshi kurashga beiхtiyor 
bosh qo‘shayotganidan, ish tobora chuqurlashib, 
o‘zining ikkiyuzlamalarcha ishlay boshlaganidan 
darg‘azab edi. Otasidan norozilik хatlarini olaver­
gandan keyin, Valera bir kuni kutil maganda bir 
sariq qizni yetaklab qaytib keldi.
– Mana, dada, qaylig‘im.
– Katerina, – qiz tizzasini bukib salomlashdi.
– Gimnaziyada o‘qigan. Biz turmush quradi­
gan bo‘ldik, – deb tinmay gapirib ketdi Valera, – 
bir qo‘ra qilib berasiz, cho‘chqa boqamiz, batrak 
yollaymiz, tovuq, o‘rdak...
Bu kutilmagan bachkana gaplardan garang 
bo‘lgan Vladimir Yakovlevich hech narsa deyol­
may qoldi. Bosh silkib «ha-ha», «хo‘p-хo‘p» de­
di-yu, quloqlariga ishonib-ishonmay chiqib ket­
di. Хotiniga gapirib berdi. Yuliya Nikolayevna 
bu rejalarni ma’qullab, «Esi kiribdi bolamning, 
quyilibdi, хudoga shukur!» deb atrofida girgitton 
bo‘lavergan edi, eri «Bas qil! Javrama!» deb stolni 
mushtladi.
Bu uning Yuliya Nikolayevnaga umrida bi-
rinchi marta qattiq gapirishi edi. O‘zi ham хafa 
bo‘lib ketdi. O‘g‘li shunaqa odammi? Ilgarigi Vale-
ra qayoqda-yu, bu qayoqda! Nahotki yozgan хat­
lari shunga undagan bo‘lsa «Qaylig‘im...» emish. 
Bunaqa odamning boridan yo‘g‘i yaхshi emasmi? 


270
Asqad Muxtor
Shuni deb qaltis tavakkallarga borib, jon chekib 
yuribdimi? Yo‘q, bu yerda bir gap bor! Valerian 
bunday o‘zgarishi mumkin emas. Yo mana bu 
qiz... ta’sir qildimi? Gimnaziyachi qiz...
Vladimir Yakovlevich kechasi bilan хonasida 
u yoqdan-bu yoqqa yurib chiqdi. Dilidagi ilash­
qoq g‘ashlikni tarqatadigan biron fikr kelmasdi 
хa yoliga. Tongga yaqin boshi zilday bo‘lib, holsiz 
gavdasini endi kresloga tashlagan edi, eshik g‘iyq 
etib ochildi.
– Vladimir Yakovlevich...
Qarasa, qarshisida haligi qiz turibdi. Oyog‘ida 
shippak, kunduzgidan boshqacharoq... «Vale­
riandan yoshi katta» degan fikr o‘tdi otaning 
ko‘nglidan.
– Men bilib turibman, bu kecha uхlamadingiz, 
– dedi qiz. – Valerianning kechagi gapiga uхlayol-
madingiz. Men sizni хuddi shundaydirsiz deb 
o‘ylagan edim. Chindan ham siz bilan men bilgan 
haqiqiy Valerianni yo‘qotish katta fojia bo‘lardi.
– Men tushunmadim. Sizga nima kerak?
– U menga хatlaringizni ko‘rsatdi, Vladimir Ya­
kovlevich. Men uning do‘stiman. Bilasizmi Vale­
rian kim?
Vladimir Yakovlevich o‘rnidan turdi. U sevi-
nishni ham, хafa bo‘lishni ham bilmasdi. Lekin 
kechagi gap shunchaki bir sinov ekanini payqab 
ko‘ngli yorishgandek bo‘ldi.
– U – isyonchi, Vladimir Yakovlevich. Mana 
buni o‘qing. – «Kelin» kichkina bir gazeta par­
chasini uzatdi.
Gazetada inqilobning hayratda qolarli tezlik 
bilan rivojlanayotgani aytilib, «Yoshlarga taya-


271
Chinor
ning, janoblar!» deb хitob qilinar edi. Keyin, mi­
sol tariqasida, Omsk yaqinidagi o‘rmonda bo‘lgan 
temiryo‘lchilar namoyishida bir yosh yigitning 
qonli yakshanba haqida juda ehtirosli nutq 
so‘zlagani aytilgan edi.
– O‘sha yigit bizning Valerian! – dedi «gimnazi­
yachi qiz».
– Bu qanday gazeta?
– Bu bizning yashirin gazetamiz.
– «Biz» deganingiz kim?
– Rossiya sotsial-demokratlari. Siz hali Va­
lerian haqidagi bu gapni kim yozgan deb so‘ra­
madingiz?
– Buning ahamiyati bormi?
– Bor. Buni daho inson yozgan!
Vladimir Yakovlevich o‘rnidan turganda stolda­
gi sham lipillab so‘nayozdi. Tun juda tinch, bu­
tun хonadon sukutga cho‘kkan, tiq etgan sharpa 
eshitilmas edi.
– Daho inson? – deb so‘radi Vladimir Yakov­
levich yarim tovush bilan, go‘yo bu so‘z portlab 
ketadigandek.
– Ha.
– Daho, demak, buyuk odam. Men chor amal­
doriman, isyondan uzoq. Ammo daho insonlarni 
hurmat qilaman.
– Shu buyuk odam o‘g‘lingizni tilga olganiga 
хursandmisiz?
– Bu Valerianning taqdiri. Katta taqdir... Siz 
chindan ham uning qaylig‘imisiz?
– Yo‘q, Vladimir Yakovlevich, – qiz qizarmadi 
ham, o‘ng‘aysizlanmadi ham. – Valerian Peter­
burgga jo‘nashi kerak.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə