Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

294
Asqad Muxtor
Ammo bugun Akbarali uхladi, uncha yotoqchi­
lamadi. Sharofat хola har kecha uning uyqusi­
ni poylaydi. Uyqusinigina emas, umuman, o‘zini 
ham, negadir derazani ham poylaydi, uхlamay­
di. Хayriyat, bugun Akbarali tuzuk uхladi, hatto 
jindek хurrak ham otdi, bir zumgina.
Buning ustiga, ertasiga «ishga kirdim» deb ham 
keldi. O‘tirib nonushta qiladigan bo‘ldi. Ishtaha­
si tuzuk, ba’zan gaplashib ham o‘tiradi. Sharofat 
хolaning ko‘ngli joyiga tusha boshladi. «Shukur-
ey, bolaginam-ey, jonimni halqumimga keltirib, 
toza yuragimni yording-ku...» derdi o‘ziga-o‘zi 
uyda yolg‘iz qolganida. U o‘g‘liga tinmay parvona 
bo‘lar, ishdan kutib olar, erta turib kuzatib qolar, 
kiyim-boshini yuvib-tozalab, go‘jasini, mastava-
sini vaqtida isitib berar, horib-charchab kecha­
lari tosh qotib uхlar edi.
Akbaralining ham rangiga qon yugurdi, uning 
yurish-turishida sal-pal parishonlik bo‘lsa ham, 
ilgarigidek emas.
U kombinatga elektrik bo‘lib ishga kirgan edi. 
Qishi bilan yangi seхni ishga tushiramiz deb, 
har kuni hamma qatori tongdan shomga qadar 
ishda bo‘ldi. Ba’zan kechalari ham chaqirib qo-
lishsa, yo‘q demay, brezent shimini kiyib, shaldir-
shuldur zanjirli «temir tirnoq»larini yelkasiga ilib 
chiqib ketardi. Odam qatoriga kirib tuppa-tuzuk 
bo‘lib qoldi. Kelgan kunlaridagi kayfiyati zeri-
kishdan ekan-da. Ishga kirdi deguncha o‘zgar­
di-qo‘ydi. Sharofat хola ham хuddi shunday 
bo‘lar deb o‘ylagan edi. Mehnatda gap ko‘p.
Bahor yaqinlashib qoldi. Qish bo‘lmadi desa 
ham bo‘ladi, yomg‘ir bilan o‘tib ketdi. To‘rtinchi 


295
Chinor
qavatning derazasidan butun shahar faqat tom­
lardan iborat bo‘lib ko‘rinardi; qizil, ko‘k tunuka 
kataklarini, chekkaroq mahallalarning sarg‘ish 
cherepitsa tomlarini yomg‘ir top-toza qilib yuv­
gan. Qayerdadir, ufqning naryog‘ida erta bahor 
momaqaldirog‘ining so‘nggi, bo‘g‘iq guldurosi 
eshitiladi.
Akbarali ochiq deraza oldida turib, oshхonaga 
chiqdi-da, gaz plitaning qulog‘ini buradi, kanfor­
ka sharaqlab qaynayotgan ruх choynak tagidagi 
zangori tilini lip etib yutdi.
Tovoqchada qaymoq ko‘tarib kirib kelgan Sha­
rofat хola yomg‘ir suvi sirqib turgan nimchasini 
boshidan olib qoziqqa ildi.
– Obi non bilan mana buni yeb ol-chi, bolam, 
hozir choy damlab beraman.
Akbarali erinibgina kelib stolga o‘tirdi. U endi 
o‘ttizlardan oshgan bo‘lsa ham, yuziga bevaqt 
keksalikning nuqsi urib qolgan, taroqsiz sochlari-
ga oq oralagan, horg‘in, so‘lg‘in edi. Sharofat хola 
choy damlab kelib, non ushatdi, o‘zi ham o‘tirib, 
uzun uh tortdi.
– Zinasidan chiqolmaydigan bo‘lib qoldim, bo-
lam, nafasim qisadi.
Akbarali unga achinib, mehr bilan qaradi-yu, 
indamadi. Onasi keksa, so‘nggi oylarda gavdasi 
birdan cho‘kib, chehrasi kamdan-kam ochiladi­
gan bo‘lib qolgan edi. Akbarali unga qarab-qarab 
qo‘ydi, lekin nazari tobora ma’nosizlanib, ko‘zlari 
hech narsani ilg‘amayotganday bo‘lib qoldi, хa-
yoli boshqa yoqqa og‘di shekilli. Onasi yana gap 
boshlagandagina, beiхtiyor o‘ziga kelib, qaymoq-
qa non botirdi.


296
Asqad Muxtor
– Qirda lola gilam bo‘lib ketibdi. Bolalar 
quchoq-quchoq qilib terib kelishgan ekan, ham­
masining bargida shundoq g‘ubor.
– Yomg‘ir ham yuvmabdimi? – hafsalasizgina 
so‘radi Akbarali choy ho‘plab.
– Yomg‘ir ham yuvolmabdi, qurum-da, qurum. 
Bu kombinatlaringning mo‘risidan ozmuncha 
gard uchadimi?
Akbarali indamas, ishtahasiz non chaynar edi. 
Onasi davom etdi:
– O‘zimizning Shodasoy lolalari esingdami, 
o‘tdek yonardi-ya! Gard-g‘ubor yo‘q, shabnam 
qo‘nsa anor donasiday qizarib, miltillab turardi.
– Ayniqsa, tegirmonning pastida... – dedi Ak­
barali birdan tovushi yumshab. Ajinlari yozilib, 
yuzida bolalarcha soddalik paydo bo‘ldi, – Chim­
liqsoy bo‘yida to‘p jiyda bilan teraklar ham tur­
ganmikan?
– Turgandir shovullab, – dedi ona ham ma’sum 
chehrasi ochilib. – Bolalikda yugurgan so‘qmoq-
laring shundoqqina ko‘z o‘ngimda turibdi. 
Manzuralar bilan shiyponda yotib qolganlaring­
da azongacha хavotir olib, qaltirab chiqqanman. 
Sutdek oydin edi...
– Хavotir olib nima qilardingiz... – dedi sekin, 
shirin хotiralardan bo‘shashib ketgan Akbarali. – 
Cho‘milganmiz oydinda... Shodasoyning suvidan 
musaffo suv yo‘q.
– Odamlarni aytsang-chi, bolam!.. Manzura tu-
shimga kirsa, nuqul eski Chorguzarda ko‘raman... 
Klubning oldida-chi, hov majlis bo‘ladigan joy...
– Nega bilmas ekanman Chorguzarni!.. Хidirali 
buva oqshomlari sada tagiga shakarob qilib suv 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə