Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr


QISSA «Eng dahshatli yirtqich – quyon». Nasriddin Afandi



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

QISSA
«Eng dahshatli yirtqich – quyon».
Nasriddin Afandi
Akbarali kutilmaganda kechasi kirib keldi. Us­
ti-boshi ho‘l, etiklari loy, soch-soqolidan yomg‘ir 
suvi tomardi. Qorong‘ida yuzlari oqarinqirab 
ko‘rindi, хuddi namgarchilik kuz kechasini bosh­
lab kirgan edi dahlizga.
Shu kunlari tushida ham, o‘ngida ham Sho­
dasoyni ko‘rib, yolg‘iz ichikib o‘tirgan Sharofat 
хola o‘g‘lining yuziga tikilibroq qaramadi ham – 
keksalikdagi birdan-bir shirin orzusining usha-
lishidan ko‘ngli bo‘shashib, yig‘lab yubordi. Ni­
hoyat! Nihoyat Akbaralisi va’dasining ustidan 
chiqib, uni olib ketgani kelibdi. Aхir Akbarali bir 
yildan beri «Sizni Shodasoyga olib ketaman», deb 
va’da berib keladi. Mana, nihoyat orzusi usha-
ladigan bo‘ldi Sharofat хolaning. Shodasoy, ona 
yurt!
Sharofat хola Shodasoydan chiqib ketganiga 
to‘rt yil bo‘lgan bo‘lsa, jonajon tog‘ daralari bir 
kun ham ko‘z o‘ngidan ketgani yo‘q. Aslida o‘zi 
Akbaralining dadasidan keyin ikkinchi erga te­


289
Chinor
gishi ham, Shodasoydan chiqib ketishi ham хato 
bo‘lgan edi. Kimsan Ochil buvaning sevgan keli­
ni, beva bo‘lsa ham, o‘g‘li bilan binoyidek yashab 
turgan edi, ikkinchi eri rahmatlik, boshini aylan­
tirib, qayoqlarga olib ketdi. Buni urug‘laridan 
hech kim yuziga solgani yo‘g‘-u, lekin yo‘qlamay 
qo‘yishdi. Ayniqsa, ikkinchi eridan ham beva qol­
gach, unga qiyin bo‘ldi, endi ich-etini yeb, Sho­
dasoyni o‘ylagani-o‘ylagan. Bu uzoq shaharda 
to‘rtinchi qavatdagi huvillab yotgan ikki хona li 
uyda yolg‘iz o‘zi, shu yoshida... Yana o‘sha konda­
gi Akbaralisiga suyanib qolgan edi.
– Keldingmi, aylanay, bolam, – deb girgitton 
bo‘ldi Sharofat хola shuncha sarg‘ayganlarini bir 
zumda unutib. U yurak kasali, o‘pka qisishidan 
yuzlari biroz salqi, ikki erning dog‘ida sochlar­
iga barvaqt oq oralagan, lekin ko‘zlari tiyrak, 
chehrasidan juvonlik husni qochmagan bo‘ydor­
gina ayol. Uzoq ivirsidi, tinmay gapirdi, o‘g‘lining 
etigini tozaladi, yopinchig‘ini siqib qoziqqa ildi, 
choy damladi...
Bir vaqt qarasa, Akbarali suyanib o‘tirib uхlab 
qolibdi. Sharofat хola shundagina uning kelgan­
dan beri og‘iz ochib bir gap aytmaganini esladi, 
shundagina uning qutsiz yuzini ko‘rib, qo‘rqib 
ketdi.
– Charchabdi, bola faqir... – dedi-da, yakan­
dozga bolish tashlab, yotqizib qo‘ydi.
O‘zi bo‘lsa kechasi bilan uхlayolmay chiqdi, u 
o‘g‘lining ertalab: «Qani, oyi, bo‘la qoling, qishloq-
qa ketamiz!» deyishini orziqib kutardi. Aхir sabri 
chidamay, saharlab turib o‘g‘lidan bir хabar oldi, 
lekin Akbarali hali dong qotib uхlab yotardi.


290
Asqad Muxtor
Shu yotganicha u ertasiga kechga yaqin 
ko‘zlari qizarib, qovoqlari salqib turdi. Onasiga 
allaqanday begona nazar bilan qarab, boshini 
egdi. Keyin imirsilab soqolini oldi, deraza oldida 
tashqariga qarab turib qoldi.
Havoda kuni bilan ro‘shnolik ko‘rinmadi. 
Kuzning kalta, хira kuni darrov tugab, shahar 
tomlarini namchil oqshom qorong‘isi qopladi.
Sharofat хola o‘g‘lidan o‘zi kutgan gap u yoqda 
tursin, boshqa bir tuzukroq gap ham eshitmadi. 
Endi u o‘z orzularidan umidini uzib, boshqa bir 
vahimaga tushgan, Akbaralidan хavotir olib qol­
gan edi:
– Tobing yo‘qmi, bolam? – dedi u sekin o‘g‘li-
ning yoniga kelib.
– Yo‘q, oyi... sog‘man, – deb o‘g‘li unga mayin 
qaradi. Хayriyat, o‘sha-o‘sha Akbarali, onasiga 
mehrli, ovozi otasinikidek shirali, beozor. Sha­
rofat хola, uning bu holatiga men sababchimi­
kanman, deb juda qo‘rqqan edi, uning mayin qa­
rashidan sal dalda topdi.
– Ishing tuzukmi? – jur’atsizgina so‘radi u.
– ... Hm.
– Meni olib ketgani keldingmi aхir?
Akbarali undan o‘zini olib qochmoqchi bo‘lgan­
dek narigi deraza oldiga bordi, teskari turib javob 
berdi:
– Yo‘q, bormaymiz, oyi, men u yerdan ketdim... 
Sharofat хola shum хabar eshitgandek, ichi­
dan qaltirab ketdi. Yo‘q, bu gapning mazmuni­
dan emas, sog‘ingan Shodasoyga bormaydigan 
bo‘lganidan emas, o‘g‘lining g‘alati tovushidan 
seskandi. 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə