Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

278
Asqad Muxtor
kulfat bo‘lardi odamga. Shukurki, u ko‘p ehtiyot­
kor, sekin-asta, bildirmasdan yetib keladi. Rah­
mat unga bu mehribonligi uchun. U yetib kel­
guncha men ko‘p narsani tushunib oldim. O‘lim­
ni ham...
– O‘limni ham.
– Ha. Gap shundaki, o‘lim ostonasida odam-
ning vijdoni sergaklashadi. Хuddi nashtarday 
o‘tkir bo‘lib qoladi. Vijdoningning sadosi butun 
dunyoning ovoziga qo‘shiladi...
– Qanday qilib?.. – peshanasini tirishtirdi 
Azim jon.
– Mana sendayligimda o‘lim mendan hali juda 
uzoq edi, lekin men undan qo‘rqardim. Chollar: 
«Hech kim bu dunyoga ustun bo‘lmaydi» desa, 
ularning bu sovuqqonligidan butun vujudim qal-
tirab ketardi: «Nega? Hamma o‘ladi, men ham... 
Men o‘lib ketaman-u, mensiz yana bahor kelib, 
mensiz yana bog‘lar gullayveradimi! Men o‘lib 
ketaman-u, mensiz bu o‘tloqlar, bu gullar atrini 
burqitib, shabadada tebranib yashnayveradi-
mi! Bu tog‘lar mangu savlat to‘kib turaveradimi! 
Tong lar otadi, soylar sharaqlab oqadi, qizlar qah-
qah urib kuladi, mensiz, mensiz! Bari mensiz! 
Bu qanaqa adolatsizlik!» Ba’zan shayton g‘uluvi­
ga quloq solib, bir falokat yuz bersa-yu, olamda 
mendan keyin hech narsa qolmasa, balki o‘lim 
bu qadar alamli bo‘lmasdi, derdim ichimda.
– O‘lgandan keyin hech narsa qolmaydi... – 
dedi Azimjon, derazaga qarab, – boylik ham, ta­
biat ham, odamlar ham, hech narsa, hech nar­
sa... o‘ylash ham, kulish ham, bilish ham ke-
rak emas... O‘tmish, kelajak, hammasi mutlaqo 
ma’nosiz bo‘lib qoladi.


279
Chinor
– Yo‘q, bolam, ma’nosiz bo‘lib qolmaydi. Mana, 
yillar o‘tib dilimdagi o‘sha tahlika asta-sekin 
o‘cha boshladi. Hozir men o‘limga u vaqtdagidan 
ko‘ra ancha yaqinman, balki ostonasida turib­
man, ammo undan qo‘rqayotganim yo‘q. Nega?
– Nega?
– Chunki hozir men bo‘m-bo‘sh ko‘zaday bir 
narsaman. Ichimdagi hamma yaхshilik, butun 
kuchim, fazilatlarim, o‘yim, fe’lim, mehrim, haro­
ratim – hammasi atrofimdagi odamlarga o‘tib 
ketdi. Butun umring bolalaringning, nevara-yu 
evaralaringning umriga, qilgan ishlaringga sin-
gishib qolarkan. Men odamlarga, bolalarimga, 
qilgan ishlarimga batamom o‘tib bo‘ldim. Lekin 
armonim yo‘q emas, bolam.
– Bearmon odam...
– Qarilikda odam ko‘proq хotiralari bilan ya­
shaydi. Kelajak yo‘q. Ba’zan yolg‘iz хotiralar bi­
lan qolasan. Bordi-yu, хotiralaring ham arzigu­
lik bo‘lmasa-chi! Bordi-yu, o‘tgan damlaring­
ni eslashga nomus qilsang-chi – bu juda og‘ir, 
bolam, bu keksalik emas, bu zim-ziyo, zulmat! 
Mening yorug‘ хotiralarim ko‘p; lekin bearmon 
odam emasman. Hali bolalarimga beradigan 
jindek yurak qo‘rim bor. Ular ko‘p, men bitta­
man. Biri yaqin, biri ko‘zdan uzoq. Biri jo‘jabir­
day jon, biri yolg‘iz. Mana Akbarali, senga хola­
vachcha bo‘ladi. Yanglishmasam, yetti yil bo‘ldi 
ko‘rmaganimga... Yetim narsa edi!
Bu vodiyda kuz osmoni nafasda o‘zgarib tu­
rarkan. Teparoqqa chiqqan quyosh charaqlab 
ko‘rindi. Tog‘ning podalar o‘rmalagan kungay 
bagrida parcha-parcha bulut ko‘lankalari su-


280
Asqad Muxtor
zib yurardi. Ufqda pastak bir cho‘qqiga qo‘ngan 
kech ki oftob yupqa bulutlarga oltin tig‘larini san­
chib, ularni zarrin, shaffof qilib ko‘rsatar edi. Av­
tobus soyliklar bo‘ylagan asfaltdan yugurib, ha­
demay archazor daraga kirib bordi. Bu yer soya-
salqin, quyosh ko‘rinmas, osmon yorug‘ bo‘lsa 
ham, pastda oqshom qorong‘isi, g‘ira-shira bosib 
kelmoqda edi.
Ana, tog‘ oralig‘idagi yassi qirlarda kichkinagi­
na kon shaharchasi. Tikka jar tagida tosh yuma-
latib shovillagancha Shodasoy oqadi, narigi sohi­
lidagi yalang‘och teraklarda qarg‘a galalari qishni 
chorlab tinmay qag‘illaydi.
Ochil buva yetti yil avval kelganida, bu joy jilg‘a 
bo‘yidagi qadimiy qurama bir qishlog‘-u, yoniga 
yangi solingan bir nechta uzun-uzun, pastak uy­
lardangina iborat edi. Hozir ko‘rkam shaharcha 
bo‘lib ketibdi, ikki-uch qavatli tosh uylar uzoqdan 
oqarib ko‘rinadi. Ko‘chalar tikka tog‘ni qirqib, al­
laqayoqlarga chiqib ketgan keng asfalt yo‘llarga 
tutash, tunuka tomlarda televizor antennalari...
Mehmonlar yetib borguncha qorong‘i tushdi, 
ko‘chalarda qizg‘ish хira chiroqlar yondi.
Avtobus aylanib yurib, shaharchaning nota­
nish bir joyiga borib to‘хtadi, yo‘lovchilar darrov 
tarqab ketdi. Ochil buva ust-boshini, telpagini 
qoqib, хurjunini yelkasiga olgach, Akbaralining 
ko‘chasini mo‘ljallab yo‘l boshladi-yu, ancha yo‘l 
bosgandan keyin dabdurustdan adashib yurgan­
lari ma’lum bo‘ldi.
– Shahar o‘zgarib ketibdi... GES mahallasi 
deyilardi, – deb o‘zini oqlashga urindi Ochil buva.
Ko‘chalar kamqatnov. Ishchi shaharchasi bar­
vaqt oromga tolgan edi. Birovni to‘хtatib, GES 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə