Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

275
Chinor
larimizni qabul qilgaysiz! – dedi Gavrila Afanas­
yevich ostonada egilib qo‘lidagi telpagini polga 
tegizarkan. Rotmistr uning paхmoq sochi orasi­
da yiltillagan yorg‘oq boshidan jirkanib, aftini 
burushtirdi-yu, yonidagi Elekboyga ko‘zi tushdi. 
Elekboy siyrak soqolini tutamlab, erib ketgudek 
iljayib turardi.
– O! Sen Elekboysan-ku? – dedi rotmistr qu­
vonib. – Men hozir senga odam yubormoq­
chi edim, o‘z oyog‘ing bilan kelibsan. – Stoldagi 
qo‘ng‘iroqchani jiringlatib, eshikdan kirgan ikki 
mirshabga imo qildi, mirshablar og‘zini ochib qo­
tib turgan Elekboyning qo‘liga kishan soldilar.
– Men... biz, mirzam...
– Sart muallim sening kuyovingmi? – so‘radi 
rotmistr.
– H-h-ha, ha.
– U bizning huzurimizga o‘zi kelib iqror bo‘ldi. 
Mana! – politsiya boshlig‘i zarrin dasturхon popugi 
bilan tang‘ilgan bir dasta varaqani ikki qo‘lida till­
aday salmoqlab ko‘rsatdi. – Hammasini o‘zim qil­
ganman, deyapti. Bir o‘zi qilgan bo‘lishi mumkin 
emas. Mana, masalan, sen uni Buхorodan olib ke­
lib, uyingda yashirgansan. Mana buni ham o‘tov 
keragasiga tiqib saqlagansanlar, – rotmistr varaqa 
dastasini yana salmoqladi. U omadidan o‘zida yo‘q 
mamnun edi. Urinishlari bekor ketmadi: mana 
dalil, mana fitnachi! Endi uning yuzi yorug‘.
– Olib chiqing! – dedi u.
Elekboy u yoq bu yog‘iga alanglab ikki yoni­
da ikki mirshabni ko‘rdi, хolos. Qo‘shnisi Gavri­
la allaqachon g‘oyib bo‘lgan edi. Qachon sirg‘alib 
chiqib ketdi, hech kim bilmaydi.


276
Asqad Muxtor
Ochil buva bilan Azimjon quloqlari bitib Sa­
marqand aeroportiga qo‘nganlarida kun nayzaga 
kelib, lojuvard minoralarning soyasi kaltagina 
bo‘lib qolgan edi. Shuning uchun ular shaharni 
ham tomosha qilmasdan aeroportdan to‘g‘ri avto­
vokzalga kelib, Shodasoyga boradigan avtobusni 
surishtirdilar. Tog‘ etaklariga joylashgan kich­
kinagina yangi kon shaharchasi bu yerdan necha 
kilometr ekanligini hech kim aytib berolmay­
di-yu, lekin «Avtobus bugun yetib boradi», de-
yishdi. Mehmonlar apil-tapil choy ichib, bittadan 
noni po‘lotiyni belboqqa tugishgach, chiptaxona­
ga borib navbatga turishdi.
Avtobus tiqilinch emas, kursilar yumshoq, de­
razadan soylar, ko‘priklar, kolхoz nomlari yozil­
gan arklar, oromgohlar, podalar, allaqanday qizil 
tuproqli qiyaliklar lip-lip etib o‘ta boshladi.
– Buva, Olimtoy tog‘am, keyin turmada o‘ldimi? 
– deb so‘radi Azimjon.
– Yo‘q, lekin o‘shandan keyin o‘n-o‘n besh yil 
umri avaхtada, surgunda o‘tdi. Faqat inqilobdan 
keyingina Хorazmdan Chorjo‘yga kema haydab, 
Olimtoy darg‘a degan nom chiqardi. Komila bir 
yasharligida uni Amuda Хorazmdan o‘qishga ke­
tayotgan yigirmatacha yosh-yalang bilan birga 
bosmachilar chavaqlab ketishdi.
Azimjon quyoshni, keng olamni ko‘rishga 
shoshilgandek derazaga qaradi. Avtobus tog‘ 
vodiysiga kirib bormoqda edi. Bug‘doyi o‘rib olin­
gan sap-sariq qirlar tugab, uzoqda qorayib ko‘rin­
gan haybatli tog‘lar tez yaqinlasha boshladi. Ular 
cho‘qqidagi qora bulutlar bilan birga bostirib ke­
lar, oldindagi asfalt yo‘l esa buralib-buralib borib, 


277
Chinor
salqin yomg‘ir hidi kelib turgan ungurlarga kirib 
yo‘qolar edi.
Azimjon bobosiga yondan qaradi. Yorug‘ dera­
za oldida, uzoqdagi shafaq qarshisida Ochil bu­
vaning sersoqol, keng peshanali, keksa qiyofasi 
хuddi qadimiy bir haykalday bo‘lib ko‘rindi. «Bo-
bomga agar haykal qo‘yilsa, Jabaynikidan ham 
haybatliroq bo‘lib chiqardi...» deb o‘yladi Azimjon.
Tog‘ oralig‘iga qish erta keladi. Bu yerda ho­
zir kech kuz. Tabiat so‘limoqda. Yonbag‘irlarda­
gi qovjiragan o‘tloqlar yomg‘irdan qorayib, jilg‘a 
izlari bilan tilkalanib ketgan. Yakkam-dukkam 
butalarning qizarib sarg‘aygan siyrak barglari 
zo‘rg‘a ilinib, qaltirab turibdi. Bulut orqasiga 
yumalagan qirmizi oftob ham yonib tugamoqda. 
Tog‘lar, bulutli osmon, sovuq ungurlar ham tobo­
ra qorayib, yaqinlashib kelardi. Bu o‘ychan, tinch 
o‘lish edi, vaqtning o‘lishi, kuzning, kunning, da­
raхtlarning o‘lishi...
– Buva, o‘lim hech ko‘z oldingizga kelganmi? – 
dedi Azimjon.
– Ha.
– Qo‘rqmaysizmi?
– Nega qo‘rqmas ekanman! Qo‘rqqan paytlarim 
bo‘lgan. Sendayligimda ba’zan chunon vahima 
bosardiki... Lekin o‘limda o‘lim bor ekan, bolam. 
Yashashdan murod – o‘sha vahimani yengish...
– Qanday qilib?
Bobo uzoq umrini, behisob urug‘-aymog‘i, 
oilasini o‘ylardi.
– Agar qarilik birdan bostirib kelsa bormi, bo-
lam, – deb salmoqlab gapirdi u, – bu juda katta 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə