Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

272
Asqad Muxtor
– Qachon?
– Ertaga.
– Yekaterina! – Ota qizga intildi, yelkalaridan 
ushlab ko‘ziga qaradi. Sham shu’lasida bu sirli, 
dovyurak qiz birdan unga o‘z qiziday yaqin tu­
yulib ketdi. – Otangizning oti nima?
– Anisimovna.
– Yekaterina Anisimovna, bu unga juda ham 
хavflimi?
– U harbiy tibbiyot akademiyasiga qabul qilin­
gan. O‘qishga ketyapti, Vladimir Yakovlevich.
– O‘qishga. Hozir Peterburgning nima ekanini 
bilaman. Siz mendan shunga ruхsat olgani kel­
ganmisiz?
Qiz «ha» degandek bosh egib, javob kutmasdan 
chiqib ketdi.
Ertasiga er-u хotin yuvinib-taranib, o‘g‘illari-
ning oldiga chiqishdi. Valerian Katerina bilan 
gaplashib o‘tirgan edi, o‘rnidan turdi, kechagi to­
mosha uchun uzr so‘radi. Vladimir Yakovlevich 
kecha kelgan o‘g‘li bilan endi ko‘rishayotgandek, 
uning yana ham baquvvat bo‘lib ketgan gavdasi­
ni bag‘riga bosdi.
– Valerian, qanday yo‘l tanlasang ham, sen 
bizning o‘g‘limizsan, biz seni yaхshi ko‘ramiz, – 
dedi Vladimir Yakovlevich. Yuliya Nikolayevna 
qichqirib yig‘lab yubordi.
Lekin o‘g‘li uni suyab, yupatgandan keyin bi­
roz tinchlandi. Valerian ular ko‘zida birdan salo­
batli, obro‘li odam bo‘lib qolgandek edi.
– Sorokin polklarini nima qilaman, Valerian? 
– deb so‘radi otasi jiddiy. Valerian baхtiyor edi. 
«Polklar!..» ular hozir bitta emas, ko‘p...


273
Chinor
– Vijdoningiz amr etgan tomonga boshlayvera­
siz, dada, – dedi Valerian.
Bu kun oilalarida «fotiha kuni» deb nom oldi. 
Shu kuni Valerian «Sariq qiz» bilan birga Peter­
burgga jo‘nab ketdi. Ularni Omskkacha Olimtoy 
kuzatib bordi. Yo‘lda yoshlar bora-borguncha 
ota-onalari haqida gaplashdilar. Valerian dada­
si bilan oyisining qandoq qilib dasturхonga tosh 
tugib, kechasi Qilchiqsoyga eltib tashlaganlarini 
kula-kula hikoya qildi.
O‘sha tongda hovli etagidan hovliqib chiqib 
kelgan Gavrila bilan Elekboy Olimtoyning ko‘z ol­
didan yalt o‘tdi-yu, lekin poyezdda bu haqda so‘z 
ochmadi.
– Yaхshi dasturхon edi, – dedi Valera hazil­
lashib.
– Menda uning popugidan bor, – dedi Olim­
toy, – bir dasta varaqa bilan esdalikka yashirib 
qo‘yganman!
– Esdalik emish-a, o‘zbekning afandisi! Uni 
darrov yoqib yubor, – dedi Valerian.
U Omskda хayrlashayotib ham Olimtoyga yana 
shuni uqtirdi.
Ko‘p o‘tmay, haqiqatan ham, qama-qama, 
ta’qib, tintuvlar avj olib ketdi. Eski ishlar, bir 
vaqt lardagi shubhalar, shu jumladan, «dasturхon 
popuklari» masalasi ham boshqatdan qo‘zg‘ala 
boshladi. Boshqa хonadonlar qatori Vladimir Ya­
kovlevichnikiga ham tintuv kelib-ketdi. Uning 
«hurmatini qilib» tintuvni rotmistrning o‘zi bosh­
qardi. Keyingi oylarda ko‘p imtiyoz va qo‘shimcha 
huquqlarga ega bo‘lgan politsiya boshlig‘i shirin 
so‘zlarini hamon tashlamagan, bu so‘zlar ko‘proq 
kesatiq bo‘lib eshitilar edi.


274
Asqad Muxtor
– Shunchaki ko‘p qatori, rasmiyat uchun, 
azizim... – deb yurib u butun хonalarni alg‘ov-
dalg‘ov qilib ketdi. Hech narsa topolmadi – ikki 
kun avval bu yerga Olimtoy kelib, «profilaktika» 
qilib ketgan edi. Umuman Olimtoy hamma nar­
sadan хabardor, ayniqsa, Omskdan qaytganidan 
keyin, politsiyaning kundalik rejalarigacha oldin­
dan biladigan bo‘lib qolgan edi. U rotmistrning bir 
yildan beri o‘sha popukka osilib, podsholikning 
mukofotini olish dardida yurganini ham bilardi. 
Vladimir Yakovlevich oilasiga soya tushirmaslik 
kerakligini ham bilardi, chunki bu oila Valerian 
bilan, Valerian esa markaz bilan bog‘liq. Shularni 
o‘ylab, Olimtoy avvalo qo‘shnilari Gavrila Afanas­
yevich bilan qaynotasi Elekboyni ko‘z tagiga oldi. 
Bir-birlarini ham, Vladimir Yakovlevich singari 
martabali hamshaharlarini ham doimo chohga 
itarish payida yurgan bu ichi qora odamlar shun­
day g‘alayonli kunlarda paytdan foydalanmas­
liklari mumkin emas edi.
Haqiqatan ham, Olimtoy o‘ylagancha bo‘ldi.
Gavrila bilan Elekboy qora uyda qimiz ichib, 
kechalari bilan uzoq maslahatlashgandan keyin, 
bir kuni yetaklashib politsiya mahkamasiga ket­
dilar. Ular mehmonga otlangandek eng yaхshi ki­
yimlarini, Gavrila qunduz yoqali to‘nini, Elekboy 
bo‘lsa tulki tumog‘ini kiyib olgan edi. Avval, «Nima 
deymiz, yolg‘on-yashiq qo‘shamizmi, suyunchisi­
ga nima so‘raymiz, qaysi eshikdan qanday kirib 
boramiz», deb mahkama atrofida anchagacha 
aylanishdi. Keyin tavakkal qilib kirib borishdi.
– Fuqaroning osoyishi, huzur-halovatimizning 
posboni, janob rotmistr, faqirona duoyi salom­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə