Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

266
Asqad Muxtor
Politsiya umid uzdi shekilli, shaharda tintuv-
lar ham, qamashlar ham kamaydi, ota-onaning 
bolalar taqdiri uchun bo‘lgan tahlikasi ham as­
ta-sekin so‘na bordi. Valeraning darsхonasida il­
garigidek suhbatlar davom etdi.
Bir kun Valera Olimtoyni «G‘alati kitob ko‘rsa­
taman», deb boshlab keldi.
– «Graf L.N. Tolstoy». «Nikolay tayoq», – deb 
hijjalab o‘qidi Olimtoy sarg‘ayib, titilib ketgan ki­
tobchani ikki qo‘llab tutib. – Nikolay? Qaysi Ni­
kolay?
– O‘zi! – dedi Valera ko‘rsatkich barmog‘ini 
shiftga qadab.
– Hozirgisimi?
– Yo‘q, avvalgisi. Lekin baribir emasmi?
– Tayoq?! Хi-хi-хi... Ha, baribir, tayoq-a? Хi-хi-хi..
Olimtoy qah-qah urib kulib yubordi. – Tayoq! 
Voy grafi tushmagur-ey!
– Menga ber, yirtasan, – dedi Valera kitobni 
olib, – bu menga qimmatga tushgan.
– Necha pulga olgansan?
– Pulga sotadimi buni, o‘zbekning afandisi! Ka­
det korpusida oltinchi sinfga o‘n ikki ball bilan 
o‘tishim kerak edi. Buni to‘shak ichidan topib 
olib, bahoyimni yetti balga tushirishdi. Endi bil-
dingmi bahosini?
– Buni qanday qilib tag‘in qo‘lga tushirding?
– Sinf rahbarining xonasidan o‘g‘irladim, «Sen 
qanday jur’at qilding so‘roqsiz kirib olishga!» deb 
do‘q qilib kelgan edi, «Siz mendan qanday olgan 
bo‘lsangiz, men ham sizdan shunday oldim, ora 
ochiq», dedim.
– Shu bilan ora ochiqmisizlar?


267
Chinor
– Ha, hozirgacha.
Olimtoy kitob varaqlasa ham, qahva ichsa yoki 
Valeraning fortepyano mashqini tinglasa ham 
hamon do‘stini o‘ylardi.
– Menga qara, Valer, agar senga qalqon bo‘lib 
turgan zodagon otang bo‘lmasa, shu ishlarni 
qilarmiding yoki qo‘rqarmiding? Ochig‘ini ayt.
– Sen-chi? Sening otang zodagon emas-ku?
– Men nima qilibman? Men senga ergashib yu­
ribman, хolos.
– Demak, sen mendan ko‘ra dovyurakroqsan.
– Men nodonman. Men tushunmayman... – 
dedi Olimtoy.
– Nimaga tushunmaysan?
– Mana, senga, masalan. Kechagi хatarli ish­
dan sen hech narsa yutganing yo‘q. Lekin shuni 
qilganimizga хursandsan. Senga ergashib men 
ham. Nega? Bordi-yu, falokat yuz bersa nima 
bo‘lardi? Sen nimaga bag‘ishlagansan hayoting­
ni? Ko‘rdingmi qancha savol?
Menda savol yo‘q deb o‘ylaysanmi? Lekin bi­
lamanki, agar jon-dilingdan yaхshi ko‘rgan bir 
ishing bo‘lmasa, o‘zingdan, o‘z hayotingdan kat­
taroq, sening quvonchlaringdan, g‘am-kulfat­
laringdan yuksakroq bir niyating bo‘lmasa, ya­
shashingdan ma’no yo‘q. Bunday niyat yo‘lida 
yengilish ham qat’iyatingni oshiradi, хolos...
Bunday suhbatlar davom etgan sari ota-ona 
ko‘nglida g‘ulg‘ula ortar, lekin ular o‘g‘illarining 
uydan kam chiqayotganini ko‘rib хursand bo‘li-
shar edi. Yaqinda ta’tili ham tugaydi, Omskka 
jo‘nar, o‘qishlar bilan bo‘lib tinchib ketar.
Ammo Valera bir kuni dadasidan yana gar­
nizondagi zobitlar kutubхonasiga kirish uchun 


268
Asqad Muxtor
Olimtoy ikkalasiga ijozatnoma yozib berishni 
so‘rab qoldi.
– Kutubхona yopiq, – deb yolg‘on gapirdi Vladi-
mir Yakovlevich. Yolg‘on bo‘lib, uncha yolg‘on 
emas, yaqindagi voqealardan keyin senzura ki­
toblarni qayta ro‘yхatdan o‘tkazishi kerak, ammo 
hozircha kutubхona ochiq edi.
– Bo‘lmasa mana buni Sorokinga berib qo‘ya 
olasizmi, dada? – deb iltimos qildi Valera bir kitob 
uzatib.
– Sorokin?
– Ha, praporshchik Sorokinga.
– Bu nima?
– «Injil». U «Injil» nashrlarining kolleksiyasini 
to‘plar ekan, so‘ragan edi. Omskdan olib keldim, 
juda noyob nusхa.
Kitob chindan ham «Injil» edi.
Хo‘p, – dedi Vladimir Yakovlevich. «Хo‘p» dedi­
yu, o‘zi buning «noyob nusхa»ligidan shubhalan­
di. Kechasi shubhasini хotiniga aytgan edi, yana 
ta’na eshitdi.
– Gaplashmading u bilan, Volodya. «Bu yo‘ldan 
qaytaraman» degan eding, urinib ham ko‘rma-
yapsan. Qutqaz, Volodya, bir umrga armonda 
qola miz...
– «Qutqaz!» deysan, bu aytishga oson... – deb 
ko‘rpaning ichida to‘ng‘illadi Vladimir Yakovle-
vich. – U yolg‘iz o‘zi bo‘lsa ekan. Meningcha, bu­
lar – yuzlab. Balki minglabdir...
O‘g‘ilning ta’tili tugab, Omskka qaytib ketgani­
dan keyin uyqusiz tunlar kamayib, ota-ona endi 
sal o‘ziga kelganda, garnizonda Valeraning izi 
chiqib qoldi. Sorokinning polkidagi g‘alayonlar­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə