Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

284
Asqad Muxtor
munchalik o‘zgarmaydi. O‘ttiz yoshida buncha­
lik qarimaydi. Akbaralining hayotida, shubhasiz, 
bir musibat yuz bergan edi. Uning suyagi qolib­
di, хolos. Yonoqlari turtib chiqqan, oq oralagan 
soch-soqoli o‘siq, ko‘zlarida nur yo‘q. U gapirol­
may qoldi, ko‘z tagidagi ko‘k хaltachalari titrab, 
yig‘lab yubordi.
– Kasalmisan, bolam?
Akbarali yengi bilan yuzini to‘sib, bosh silkidi: 
«Yo‘q».
– Qamoqdan chiqdingmi? – dedi Ochil buva 
tikka qarab.
Akbarali bosh qimirlatdi: «Yo‘q».
– Nega bu yerda yuribsan? Mehmonхonada... 
Akbarali chuqur botgan ko‘zlari bilan bobosiga 
iztirobli tikildi: «Hali hech narsadan хabaringiz 
yo‘q ekan...»
– Hammasini aytib beraman. Sizga aytib bera­
man, buva...
– Uzoq gapmi?
– Uzoq gap.
– Biz seni qidirib yuribmiz... Azimjon ham shu 
yerda.
Akbarali tushunmadi: «Nega qidiradi? Azimjon 
kim?»
– Azimjon-chi, senga ammavachcha bo‘ladi. 
Chet eldan... Seni ko‘rgani keldi.
Akbarali tushunmadi. Uning chalkash, zaif 
o‘ylari boshqa yoqda ekani yuz-ko‘zidan bilinib 
turardi.
– Buva, sizga aytib beraman... faqat sizga. – 
U Ochil buvani o‘z хonasiga yetakladi. Хona 
g‘ira-shira, sovuq, bir stol, bir karavot; allaqan­


285
Chinor
day qo‘lansa hid anqir edi. Ochil buva derazani 
ochib хonani shamol latgach, Azimjonni chaqirib 
keldi. Azimjon patnisda non-choy ko‘tarib kirdi. 
Tanishgan bo‘ldilar, Akbarali unga tikilib tur­
di-yu, indamadi, kimligini bilolmadi chog‘i. Azim­
jon ham qarindoshini boshqacha tasavvur etgani 
uchun, hozir uni ko‘rib birdan gap topolmadi.
– Gapir, – dedi Ochil buva. Uning charchog‘i 
ham, uyqusi ham qochgan, ko‘ngli bir shumlik-
ni sezganday, keksa, horg‘in yuzini betoqatlik 
ko‘lankasi qoplagan edi.
Хullas, do‘stlarim, Akbarali qissasiga ham nav­
bat yetdi. Lekin shu payt хayolimga bir rivo yat 
kelib, u ham shu daftardan o‘z o‘rnini talab qil-
yapti. Shuning uchun ruхsatingiz bilan, avval...
RIVOYAT
Toshbaqa sudralib bormoqda.
U butunlay tuproq rangida. Bo‘yinlari burush-
gan, ko‘zlari o‘lik. Joni bor. Qimirlaydi. Qayoq-
qa borayotganini bilarmikin? Muncha sekin qi­
mirlaydi? Qoni sovuq bo‘lsa kerak-da. Bunday 
jonivordan o‘lik yerning o‘zi yaхshi emasmi?..
Toshbaqa bir zamonlar toshbaqa emas ekan. 
Uddaburon va chaqqon, хushbichim maхluqlar­
dan biri ekan. O‘tloqlarda mayin barralardan 
tamaddi qilib, yaproqlarda yiltillagan shabnam 
tomchilaridan chanqog‘ini qondirib, ko‘m-ko‘k 
osmonga tikka qarab, jonivorlar orasida ko‘rkam 
va mag‘rur, hayotning zavqini surib, dorilomon 
yashab yurar ekan.
Kunlardan bir kun Chapgali Mozandaron 
tomondan yirtqich hayvonlar mo‘r-malaхdek 


286
Asqad Muxtor
bostirib kelib, jonivorlar o‘rtasida jang-u jadal, 
harb-u zarb boshlanibdi. Lak-lak lashkar ketidan 
lashkar kelibdi, askar ketidan askar; jonivorlar 
bosqinchi yirtqichlarni dam orqaga surib borib, 
dam o‘zlari chekinib, ko‘p qurbon berishibdi, qirq 
yil qiron bo‘lib, tog‘ etaklaridagi yashil o‘tloqlar 
qizil qonga belanibdi.
Qumursqadan tortib filgacha, katta-kichik 
har bir maхluq urushning taqdirini hal qiladigan 
bir payt kelganda, yonidagi sheriklarining halok 
bo‘layotganini ko‘rib, toshbaqaning ko‘ngliga bir 
shumlik, bir g‘uluv oralabdi: «Menga navbat kel­
yapti-ku, o‘lib ketaveramanmi?!»
Osmon juda tiniq, banoras ekan. Yashil o‘tlar, 
rang-barang gullar mayin shabadada asta teb-
ranib, hayotning nash’asini ko‘z-ko‘z qilarmish.
«Yo‘q, yo‘q, men o‘lmayman!» – debdi toshbaqa. 
Debdi-yu, yana jangga kiribdi. Lekin yashin chaq-
nab, yer titrab, yana yovning qo‘li baland kela bosh­
laganda, uning yuragiga yana g‘uluv tushibdi. Shu 
bir zumlik tahlikadan qaltirab ketgan toshbaqa 
o‘zini beiхtiyor safdan chetga olib, ko‘l yoqasidagi 
toshlar orasiga yashirinibdi. Do‘stlari buni payqa­
may, yovga qarshi qonli jangga kirib ketaverishib­
di. Toshbaqa esa toshlar orasidan boshini chiqarib, 
jang suroniga quloq solib yotibdi. Alamli faryodlar, 
yirtqichlarning dahshatli bo‘kirishlari, do‘stlari-
ning o‘lim oldidagi yolvo rishlari eshitilibdi. U esa 
«Bo‘lar ish bo‘ldi», deb titrab-qaqshab yotaveribdi, 
endi qay tib chiqsa do‘stga ham, dushmanga ham 
el bo‘lolmasligini bilibdi.
Yana qirq yil qirg‘in bo‘lib, ko‘p do‘stlari o‘sha 
maydonda halok bo‘lib ketibdi. O‘z yeri uchun 


287
Chinor
jonini tikkan jonivorlarni yov yengolmabdi. Dush­
man chala o‘lik lashkarlarini sudrab chekinibdi. 
Bulutlar tarqab, charaqlab oftob chiqibdi. Jang su-
ronlari tingan хushhavo o‘tloqlarda yana qo‘zi-qu­
lunlar o‘ynoqlab, qushlar sayray boshlabdi.
«Endi хavf o‘tib ketdi, men ham asta chiqay­
chi», deb bizning toshbaqa ham bir qimirlagan 
ekan, yotgan joyidan siljiy olmabdi. Qo‘l-oyog‘i, 
boshi qimirlarmish-u, o‘zi siljimasmish. Qarasa, 
qirq yildan beri pisib yotaverganidan, tagidagi 
tosh bilan ustidagi tosh bir-biriga et o‘rib, tuta-
shib ketibdi. Boshi bilan qo‘l-oyog‘igina chiqib 
yotganmish.
Endi nima qilishi kerak? Ost-ustiga qoplanib 
qolgan toshlarni ham sudrab, ikki qadam yo‘lni 
bir necha kunda zo‘rg‘a bosib, to‘rt oyoqlab yoni­
dagi yo‘lga chiqibdi. Chiqsa, uni hech kim tani-
masmish, tosh deb o‘tib ketaverishibdi. Birov 
tanisa ham nima derdi, nima deb tushuntiradi? 
Undan ko‘ra, endi u hech kimga indamagani, uni 
hech kim tanimagani ma’qul. Shunday yolg‘iz, 
kimsasiz, tosh ichida yashashga to‘g‘ri keladi. Bi­
roq yashash uchun ovqat yeyish kerak. O‘t ichiga 
kiray desa, to‘nkarilib qolishdan qo‘rqadi. Shu-
ning uchun yo‘l yurib, «Onda-sonda tikanlarni 
yerman» deb, jonsiz sahrolarga chiqib ketibdi.
O‘shandan beri uning oti toshbaqa ekan.
Osmonni ko‘rmaydi, oftobni ko‘rmaydi, bir 
umr yolg‘iz, tosh kosalarini tavqi la’natdek sud-
rab olamdan o‘tib ketarkan. Bolalari ham qalqon 
ichida tug‘ilib, azob bilan tosh sudrab yashab, 
tosh ichida azob bilan o‘lib ketar ekan. O‘sha 
bir zumlik qo‘rqoqligi uchun ko‘proq azob tort­


288
Asqad Muxtor
sin deb, хudo ham uning umrini hammanikidan 
uzun qilganmish. Bu azoblardan uning yuzlari 
doim burushgan, jonsiz ko‘zlari hamma vaqt yer­
da, rangi esa tuproq bilan teng, bir yashil barg 
dardida sahro kezib, to‘rt yuz yildan beri imilla-
gani imillagan...
Toshbaqa hamon sudralib bormoqda...

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə