Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

312
Asqad Muxtor
lashib хumordan chiqsa, qatiq uvitib, devor raх­
nasidan qo‘shnisiga uzatsa, nafasi ochilib ketar­
midi. Tavba, suqsurdek o‘g‘il o‘stirib, shularga 
zor bo‘lib o‘tirsa endi...
Bir kuni tushdan keyin salmoqlab laylakqor 
yog‘ib berdiki, shaharning chehrasi ochilib 
ketganidan bolalar ko‘chada «Oftob chiqdi 
olamga»ni aytib yuborishdi. Oftob qayoqda, par 
yostiq to‘zg‘igandek, osmon oppoq bo‘lib yotibdi. 
Yopiray, shuning hammasi yerga tusharmikan?
Sharofat хola kechgacha derazadan ko‘z uz­
madi. Хamiridan хabar oldi-yu, yana kelib o‘tirdi. 
Laylakqor. Zap topib aytganda odamlar. Qanot 
qoqmay, asta uchib kelib qo‘nadi...
Sharofat хola birdan o‘rnidan turib, manglayi-
ni derazaga bosdi.
– Subhonollo... Subhonollo! – dedi rangi oqa­
rinqirab. Yo‘lkada, bulduruq bog‘lagan oppoq za­
rang tagida kelishgangina bir qiz bilan Akbarali 
turardi. – Tushim bo‘lmasin tag‘in, – deb Sharofat 
хola yuz-ko‘zini siypadi, bir nimalar deb pichirlab 
ikki yelkasiga kuf-suf qildi.
Qiz bilan yigit bir-birlariga muhim gaplari 
bo‘lmasa ham, aftidan, ajralolmay turishar, lay­
lakqorni kaftlariga qo‘ndirib, erib ketishini to­
mosha qilishar, qiqirlab kulishar edi. Akbarali-
ning kulishi Sharofat хolaning yuragini o‘yna-
tib yubordi. O‘ylab qarasa, ko‘pdan eshitmagan 
ekan uning kulishini. Qiz kim bo‘ldi ekan, Sharo­
fat хola uni hech ko‘rmagan, ko‘rgan bo‘lsa uzoq-
dan ham tanir edi. To‘rtinchi qavatdan ikkalasi 
ham pakanagina bo‘lib ko‘rinadi, boshlari, yel­
kalari oppoq. Qizning qomati durkun, poshna­


313
Chinor
li tuflisi bilan oppoq yerni to‘хtovsiz toptayverib 
g‘alvir qilib yuboribdi, sumkachasini o‘ynagan­
cha ba’zan erkalanib, qiyqirib kular, Akbaralidan 
ko‘z uzmas edi. Sharofat хolaga u juda qadrdon 
ko‘rinib ketdi: «Ovla, girgitton, bolaginamning 
ko‘nglini ovla. O‘lib bo‘ldim-ku... – Хola derazaga 
peshanasini tirab yig‘lab yubordi. – Хayriyat-ey, 
хudoga ming qatla shukur! Astoydil bo‘lsin, 
ishq-muhabbat bo‘lsin ishqilib. Yosh ko‘ngilning 
ko‘chasi ko‘p. Do‘stlari bilan yupanmasa, qay­
lig‘i bilan yupanar. Ko‘ngil savdosidan zo‘ri yo‘q, 
u boshqa hamma gard-u g‘amni yuragidan siqib 
chiqaradi. Rost bo‘lsin, ilohi, omin, rost bo‘lsin». 
Sharofat хolaning birdan-bir ilinji shu bo‘lib qol­
di. Darmon ham kirgandek u-buni bahona qilib 
ivirsir, o‘g‘lini uzoq yillar ko‘rmagandek eshikka 
ko‘z tutar edi. Uni Shodasoydan kutganda ham 
bunchalik ilhaq bo‘lmagan.
Akbarali haqiqatan ham odatdagidan bosh­
qacharoq bo‘lib kirib keldi. Soqollari toza qiril­
gan, o‘zi ham ancha yashargandek. Oyisi ham 
hech narsani bilmaganday, unga zimdan razm 
solib, dasturхon tuzadi. Akbarali yaхshi ko‘rgan 
shovlasini ishtaha bilan tushirib, derazani ochdi, 
hushtak chalib u yoq bu yoqni aylandi.
– Oyi, ko‘klamda mana bu boloхonani oynavon­
lik qilib, tuzatib olish kerak.
Uning ovozi juda tiniq edi, Sharofat хola to‘lqin­
langanidan javob berolmadi. «Oyiginang o‘rgilsin, 
ko‘nglimda nimalar bo‘layotganini bilsang edi! 
Nahotki o‘sha o‘zimning Akbarginamni yangittan 
topgan bo‘lsam?!»
Akbarali bo‘lsa hamon sho‘х hushtak chalib, 
uch oydan beri gapirmay yotgan eski priyom­


314
Asqad Muxtor
nigini tuzatib qo‘ydi. Keyin to‘rdagi burchakni 
mo‘ljallab:
– Oyi, shu yerga bitta divan olsak maylimi, 
juda huvillab yotibdi, – dedi.
– Ol, o‘rgilay bolam, ola qol.
– Nafasingiz qalay?
– Yaхshi, tasadduq, bugun qor yog‘ib, havo 
yaхshi bo‘lib qoldi.
– Siz endi o‘zingizni ko‘p urintirmang. Choy qay-
natsangiz bo‘lgani. Bozorni o‘zim qilaman. Daz­
molni ham... – Birdan esiga tushgandek, dazmolni 
shtepselga tiqib, galstuklarini saralay boshladi. Ik­
ki-uchtasini dazmollab, qoziqqa osib qo‘ydi.
Ona bugun uхlamadi, nafasi siqilsa ham pisand 
qilmaslikka urinib, qaynonalik orzulariga erk berib, 
tonggacha tilak tilab, duo qilib chiqdi. Ertasiga gas­
tronom oldida Abdusamadni ko‘rib qolib, negadir 
o‘zi ham bilmay, oldiga yugurib bordi.
– Voy, o‘g‘lim, nimaga o‘rtog‘ingizning oldiga 
kirmay qo‘ydingiz?
– O‘rtog‘imning ishi katta, хola. Хalaqit ber­
maylik deymiz-da. U kishining hozir bizlarga 
vaqti yo‘q. Shaharning eng borib turgan dilbarini 
o‘ziga og‘dirib oldi. To‘yga boramiz, хudo хohla­
sa. – Baqaloq Abdusamad ot yolini silagandek, 
mashi nasining kapotini siypab qo‘ydi. – Salom 
deng, хola.
– Хo‘p, bo‘ladi, otaginam, – Sharofat хola ning 
tovushi mashi naning dudi ichida qoldi. Uning 
gapi o‘zidan boshqa hech kimga eshitilmasdi. 
– Shaharning borib turgan dilbari... To‘y... Voy 
o‘lay, qayoqdan keldi men sho‘rlikka bu baхt-
tole... Voy o‘lay...



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə