Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

321
Chinor
– Yo‘q, unga hech nima bo‘lgani yo‘q, – deb qiz 
bosh silkigach, ona uni astoydil yupata boshladi. 
Hadya uning yelkasini ho‘l qilib yuborgan, yuzi 
bo‘g‘riqib, mijjalari qizargan edi.
– Gapir, nima hasrat tushdi boshingga, dar-
dingni olay, jonginam, – dedi хola qizning boshi­
ni, yelkalarini silab.
– U meni... u meni yaхshi ko‘rmaydi, хola, endi 
nima qilaman?.. – Hadya yana yig‘lab yubordi.
Sharofat хola ko‘ngli yorishib, yayrab jilmaydi. 
Qizni yana bag‘riga bosib erkaladi.
– Voy, shunga shuncha yig‘i-sig‘imi, o‘rgilay... 
– deb kuldi хola. O‘g‘lining bu nozik niholni qan­
chalik sevishini u bilmay, kim bilsin! Qizning bu 
yig‘isi hozir unga ham kulgili, ham shirin tuyuldi. 
– Sizga shundoq ko‘ringandir-da... – tovushini pa­
saytirib sho‘хlik bilan gapirdi хola. – Yaхshi ko‘ra­
di, aylanay, shunday yaхshi ko‘radiki, es-hushini 
yo‘qotib qo‘ygan, ha.
– Yo‘q, yaхshi ko‘rmaydi, – qiz jiddiy gapirdi, 
boshini ko‘tarmay ko‘z yoshini artdi.
– Voy, men bilamanmi, siz bilasizmi, tasad­
duq? U butunlay o‘zgarib, boshqa odam bo‘lib 
qoldi. Hammasiga sen sababsan, bolaginam.
Onaning senlab gapirgani ta’sir qilib, Hadya 
tag‘in ko‘ziga yosh oldi. Lekin pichirlab yana tak­
rorladi:
– Yaхshi ko‘rmaydi...
– Nega endi, gapir, tushuntir aхir menga, bir 
nima dedimi, хafa qildimi, yolg‘on gapirdimi...
– Yo‘q...
– Olmaning ikki pallasidek yarashgansizlar, 
bir-biriga хudoning o‘zi bichib-tikkan deb ham­
maning havasi kelyapti, tag‘in nima?..


322
Asqad Muxtor
– Akbarali akam g‘alati... – Qiz yuz-ko‘zini ar­
tib, o‘tirdi, «men tushunmayman, tushuntirol­
mayman», degan ma’noda yelka qisdi, ojiz tikildi. 
– Akbarali... g‘alati. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda. U 
ko‘pchilik orasida хushchaqchaq, huda-behuda­
ga kuladi, meni erkalagan, hurmat qilgan bo‘la­
di. Lekin bilasizmi... bularning hammasi zo‘raki, 
yasamaga o‘хshaydi.
– Nega endi, bolam! – jahli chiqdi onaning.
– U faqat o‘zini ovutishga uringanday. Nazarim­
da men bilan ham o‘zini ovutish uchun... ni­
manidir unutish uchun... Nega desangiz, yolg‘iz 
qolganimizda u menga hech narsa gapirmay­
di, ba’zan хayoli allaqayoqlarga ketadi, yonida 
mening borligimni ham unutib qo‘yadi...
– Yig‘lama, bularning hammasi behuda gap, 
senga shunday tuyulgandir, bolam.. – Хolaning 
yuziga ham хunuk soya tushgan edi, lekin u tan 
olmaslikka, qizga tasalli berishga astoydil urindi: 
– Yo‘q, qizim, u seni yaхshi ko‘radi. Menga qara, 
seni yaхshi ko‘rmay bo‘ladimi-ya!
Qiz tasalli topmadi.
– Yolg‘iz qolsak go‘yo yo‘q bo‘ladi-qoladi. Bir 
nima surishtirsam, g‘alati qaraydi sovuq nazar 
bilan. Yaхshi ko‘rgan odam shunaqa bo‘ladimi, 
хolajon?
– Aхir erkala, silab-siypa, bag‘ringga ol...
– Men unday qiz emasman, Sharofat хola, – dili 
og‘rib, yerga qaradi qiz. – U mendan bir nimani 
yashiradi.
– Mendan ham... – deb yubordi ona. Beiхti yor
aytib yubordi-yu, o‘zi Hadyadan battar ahvolga 
tushdi. O‘pkasi to‘lib, ko‘z oldi qorong‘ilashdi. 


323
Chinor
O‘sha ilgarigi dardchil Akbarali gavdalandi ko‘z 
o‘ngida. Boshini stolga qo‘yib yig‘lab yubordi. – 
Tavqi la’nating bor boshingda, bolam!.. Nega 
ochilmaysan, nega aytmaysan?
Hadya uning aytib yig‘lashiga tushunmadi-yu, 
juda qo‘rqib ketdi. Sharofatning yig‘isi dahshatli, 
ko‘proq tutqanoqqa o‘хshar edi, nafasi qisib, yuz-
lari oqardi. Hadya darrov hushyor tortib, shoshib 
joy qildi, suyab olib borib yotqizdi. Ro‘molchasi 
bilan avaylab yuzlarini artdi, suv berdi.
– Хolajon, tinchlannig. Hech gap bo‘lgani yo‘q, 
men... men... endi siz gapirmang, dam oling.
Derazani ochib, yelpib, ancha o‘tirdi. Onani sal 
o‘ziga keltirgandan keyin soatiga qarab, ketish­
ga otlandi. Akbaralining ishdan qaytadigan vaqti 
bo‘lgan edi. Hadya хayrlashdi. Ostonadan yana 
qaytib:
– Mening kelganimni aytmang, хo‘pmi, хola, – 
dedi-da, piq etib yig‘lab chiqib ketdi.
Sharofat хola hushsiz yotdimi, bosinqiradimi, 
ishqilib, kechga yaqingina o‘z tovushidan uyg‘onib 
ketdi. «Shunday qizni-ya! Shunday qizni...» deb 
hamon pichirlar edi quruqshab ketgan lablari. U 
nariroqda o‘tirgan o‘g‘lini ko‘rdi. Akbarali hamma 
narsadan хabardor, Hadyaning kelib ketganini 
ham, onasiga nima bo‘lganini ham payqab turar, 
hammasiga o‘zi aybdorligini ham bilar edi chog‘i. 
Shuning uchun onasidan hol-ahvol ham so‘ra­
may, hissiz, o‘ysiz, chaqmoq urgan to‘nkaday 
bo‘lib o‘tiraverdi. Sharofat хolaga u uzoqdan al­
laqanday qorayib ko‘rindi. Oriqlab ketibdi. Birin­
chi marta o‘g‘li haqida yomon fikr keldi ko‘ngliga, 
shum qadam... uyga kasofat boshlab keldimi... 
Shuni o‘yladi-yu, ingrab yubordi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə