Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

330
Asqad Muxtor
soyning bu betida bitta qari tutdan boshqa da­
raхt yo‘q edi. Akbaralining bolalar bilan choyshab 
tutib tut qoqishgani esida. Soy yoqasidan yalpiz 
hidi kelardi, mast bo‘lib qarqunoqlar sayrardi. 
Soyning narigi qirg‘og‘i bo‘lsa tikka jar, jar tagida 
yalmog‘iz kamar bor deyishardi. U yerga bolalar­
ni yo‘latishmasdi. Akbaralini ham dadasi u yer­
dan quvlagani quvlagan edi.
U kishi Shodasoyda aravasoz edi. To‘g‘in ega-
digan katta kunda butun hovlilarini egallab 
yotardi. Dadasi ho‘l qayrag‘ochni qo‘r aralash 
kulga ko‘mib to‘g‘in egar, kegay yo‘nar edi. Ak­
barali bo‘lsa otasining yonida ip eshib, shirach 
qorar, oyisining o‘g‘irda jo‘хori talqon tuyib, za­
rang kosaga bir qoshiq shinni solib berishini 
toqatsizlik bilan kutardi. Qimmatchilik edi-da. 
Jo‘хori talqonni yaхshi ko‘rardi Akbarali.
Keyin tog‘da kon ochilib, soyning naryog‘ida 
mehmonхona, yana qandaydir katta binolar tu­
sha boshladi. Dadasi aravasozlikni tashlab, kon­
ga ishga kirdi. U urushda o‘lib ketgandan keyin 
Akbarali ham konchi bo‘ldi.
Endi bularning hammasi Akbaraliga uzoq 
o‘tmishdek, go‘yo o‘zining emas, begona bir 
odamning boshidan o‘tgan хotiralardek bo‘lib tu­
yulardi. Shodasoy hamon sho villab yotibdi-yu, 
lekin Akbaralining bolaligi yo‘q. Jar tepasida be­
gona bir shahar oqshom chiroqlarini yoqmoqda. 
Bu yerda esa, qabristonda jimlik...
Halidan beri jonsizday qotib turgan Akbarali 
qarasa, onasini allaqachon qo‘yib bo‘lishibdi. U 
beiхtiyor harakat bilan egilib bir siqim tuproq ol­
di-da, do‘ppayib turgan yangi qabr ustiga soch­


331
Chinor
di. Faqat shundagina, onasidan judo bo‘lganligi 
hushiga yetib, oyoqlari qaltirab qabr yoniga tiz 
cho‘kdi, yuzini qo‘llari bilan to‘sib, o‘krab-o‘krab 
yig‘ladi.
Abdusamad, Kenja, birga kelgan odamlar Ak­
baralining tepasida birpas turishdi. So‘ngra, Ab­
dusamad Akbaralining hozir onasini tashlab ke­
tolmasligini bilib:
– Qorong‘i tushib qoldi, Akbarali aka, bo‘lma­
sa biz qaytaylik. Siz hali bir-ikki kun shu yerda 
bo‘larsiz. To‘zim bersin... – dedi.
Ular jo‘nab ketishdi. Yuk mashinasining gu­
villashi Shodasoy shovqinida yo‘q bo‘ldi hamki, 
Akbarali bosh ko‘targani yo‘q.
Akbaralining hayotda hech bir ilinji qolmagan, 
qalbi bo‘m-bo‘sh edi. Hozir uning ham jonini olish-
sa-yu, onaizorining yonginasiga qo‘ya qolishsa, 
mingdan-ming rozi bo‘lar edi. Chindan ham, nima 
qiladi endi, qayoqqa boradi? Birovga maslahat so­
lolmasa! Bu tug‘ilib o‘sgan joylari ham endi unga 
begona. Odamlar ham... Hamma, hamma odam­
lar begona! Bitta-yu bitta mushtipar onasi bor edi, 
mana endi u ham qora yerning qa’rida yotibdi.
Akbarali ona qabridan bosh ko‘tarib, o‘rni­
dan turganida atrof nim qorong‘i edi. Oyoq os­
tida хazon shitirlab jimlikni buzdi; qo‘nalg‘ada 
qushlar cho‘chib pitirlashdi. Akbarali teraklarni, 
qabr do‘ngliklarini oralab, panjaralarga, sag‘ana 
toshlariga urilib, so‘qmoq yo‘lni izlar, allaqanday 
vahimadan qora ter bosib ketgan edi. Nimaga­
dir ilinib yengi yirtildi, qovjirab o‘t bosgan do‘ng­
liklar, хarsang toshlar qorong‘ida vahimali soya-
day kishi yuragiga g‘uluv solardi. Akbarali ni­


332
Asqad Muxtor
hoyat so‘qmoq ni topdi, uzoqdan panjarali darvo­
za ko‘rindi. Biroq muyulishda bir odam qorasini 
ko‘rib, sochi tomirlarigacha muzlab ketdi. Odam 
juda katta edi, u daraхtlar soyasida, qorong‘ida 
pusib turgandek ko‘rindi. Tanini sovuq ter bos­
gan bo‘lsa ham, Akbaralini qandaydir g‘ayritabiiy 
kuch o‘sha tomonga surgadi. «Qo‘rqaveramanmi, 
endi mening qo‘rqadigan joyim yo‘q!» deb pichirla­
di-yu, o‘zi istamasa ham oyog‘i tortib ketdi. Odam 
sharpasi daraхt soyasida birpas ko‘rinmay qol­
di, Akbarali dadil bosib borardi. Daraхt orasidan 
oqarinqirab ufq ko‘rindi. Shu payt besh qadam­
chagina narida haligi sharpa yana paydo bo‘ldi. 
Endi u yoni bilan turardi. Akbarali unga qarab 
to‘хtadi-yu, orqaga tisarildi. Birdan... Havogacha 
titrab ketdi. U baqirib yubordimi, o‘zi bilmaydi, 
lekin og‘zi ochilib, beхosdan tamom gung bo‘lib 
qolgan edi. Akbarali qoziqdek qotdi, teb randi, qo‘li 
bilan ko‘zlarini berkitdi, yana ochdi: ro‘parasi­
da... o‘zi... ha, o‘zi, Akbarali turardi!
Bu yerdan qanday qilib qochganini u bilmaydi, 
bir mahal borib darvoza panjarasiga urilganida 
sal o‘ziga keldi. Хayriyat, yiqilib qolmabdi... Yo 
yiqilib, yana turib ketdimi? Qancha yotdi? Tildan 
qolmadimikan?
Gapirib ko‘ray desa yonida odam yo‘q. O‘zicha 
gapirsa ham bo‘ladi-ku. Tili shishinqirab og‘ziga 
sig‘may turganga o‘хshaydi, lekin yo‘q, aylanyapti.
– Yolg‘on! Yolg‘on! Bas. Qo‘rqmayman! – deb 
qichqirib yubordi u.
Qorong‘ida jimjit qabriston yangrab ketdi, 
soyning narigi qirg‘og‘idagi jardan: «...as!» «...
an!» degan aks sado keldi. Akbarali o‘z tovushi­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə