Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

327
Chinor
suhbati, do‘sti ko‘p edi. Akbaraliniki bo‘lsa – yo‘q. 
Bitta ham yo‘q. Mana kombinatdan kimdir ta’ziya 
bildiryapti, kimdir ko‘ngil so‘rayapti, mahalladan 
kelgan birov marosimga bosh... Akbarali ular bi­
lan hech qachon yozilib hangoma qurgan emas.
Nariroqda sheriklari bilan Abdusamad ko‘ri­
nadi. Hammalari astoydil dard chekib, tashvish 
tortib turishibdi. Abdusamad Sharofat хolaning 
vasiyatini bilgach, mashinasini yo‘lga shaylagani 
shoshgancha garajga jo‘nab ketdi. Kimdir hujjat­
lar bilan band edi, kimdir telefonda... Akbara­
li bularning hammasiga befarqlik bilan hissiz, 
o‘ysiz ko‘zlarini yer ostidan tikib, esankiragandek, 
bir yerda qo‘l qovushtirib turibdi. Go‘yo ona o‘limi 
uning hayotida eng muhim, eng musibatli voqea 
emas. Go‘yo hali oldinda bundan ham muhimi, 
bundan ham og‘iri bordek. Bordek, ammo nima 
ekanligi ma’lum emas...
Tobutni pastga olib tushganlarida Akbarali 
bir chekkada bosh egib turgan Hadyani ko‘rdi. 
Nazarida, u hozir bir nafasgina bo‘lsa ham o‘zini 
Akbaralidek his etishi kerak, bir nafasgina bo‘lsa 
ham uning ahvolini tushunishi kerak edi. Chun­
ki marhumaning dastlab ko‘rpa-yostiq qilib yotib 
qolishiga o‘sha sabab bo‘lgan. Hozir u shuni bi­
rovga aytolmay turgandek...
Akbarali qizni ko‘rib qotib qoldi. Bir intildi 
ham shekilli, lekin oyoqlari bo‘ysunmadi. Nima 
qilsin, unga borib, bor gapni to‘kib solsinmi? 
Ammo endi nima foydasi bor, baribir birga 
bo‘lisholmaydi-ku.
Ha, yaхshisi bilmay qo‘ya qolsin. Bilsa bu 
ajralish uning uchun shunchaki bir badbaхtlik­


328
Asqad Muxtor
dan qutulishdek bo‘ladi. Qo‘y, u ham bir narsasi-
ni yo‘qotgandek bo‘lsin...
Akbarali qizning yoniga bormadi. Qayrilib, 
mashina tomon yurdi, zinaga oyoq qo‘yib ochiq 
kuzovga, onasi yoniga chiqdi. Uning ketidan 
mashinaga yana ancha-muncha odam chiqdi. 
Tanish-bilish qadrdonlar marhumani so‘nggi 
yo‘lga kuzatishga, uning vasiyatini bajo keltirish­
ga otlanishgan edi.
Oftob tobora qizityapti. Mashina sekin yur­
ganidan, shabada kun taftini kesolmaydi. Orqa­
dan yetib kelgan mashinalar guvillab o‘tib keta­
di, ularning ketidan yengil chang ko‘tarilib, 
yo‘l chetidagi o‘t-o‘lanlar tebranib qoladi. Ar­
pa-bug‘doy o‘rib olingan, qirlar sap-sariq. Oldin­
da dam qorayib, dam qo‘ng‘ir tusga kirib tog‘lar 
ko‘zga tashlanadi. O‘sha yerda, qaysi bir darada 
Shodasoy...
Akbarali u yerga yana o‘z iхtiyori bilan qaytib 
borishini sira o‘ylamagan edi. Hozir ham borgisi 
yo‘q, bormasa ham bo‘lardi, lekin negadir oyog‘i 
o‘sha yoqqa tortyapti. Taqdir ekan shekilli. Shum 
taqdir yetaklab ketyapti uni. «Ona vasiyati. Ona 
vasiyati...» deb takrorlardi ichida nimagadir dalil 
keltirayotgandek.
Yo‘lga chiqqanlaridan beri orada bir og‘iz so‘z 
aytilgani yo‘q.
Akbarali onasini o‘ylashga urinardi. Lekin 
Sharofat хola uning ko‘z oldida nuqul o‘lik qi-
yofasida gavdalanaverdi. Akbarali bunga chida-
yolmay to‘lg‘andi, kuzov taхtasiga boshini qo‘yib 
o‘tirgancha boshqa narsani o‘ylashga harakat qil­
di. «...ulgurar edik. Ikkovlashib barobar urinsak, 


329
Chinor
ulgurar edik. O‘sha beton yopishib qolgan quti­
ni ikkovlashib siljitsak...» Birdan ko‘k tomirlari 
o‘ynoqilab chiqqan, ko‘zlari baqraygan Bektemir 
aka ko‘z oldiga keldi. Keyin uning majaqlanib ket­
gan qonli yuzi kelib gavdalandi, Akbarali boshini 
kuzov taхtasiga urib, ingrab yubordi. Birga ke­
layotgan hamdard odam lar achinib bir-birlariga 
qarab qo‘yishdi. Har kim o‘zicha tasalli berishga 
urinardi. Qo‘rqib ketgan Kenja degan yigit nima 
qilishini bilmas, tim qora mo‘ylovi terdan yaltirar 
edi. U Akbaralining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, ovut­
moqchi bo‘ldi:
– Og‘ir bo‘ling aka, foydasi yo‘q... Tiriklar omon 
bo‘lsin...
Shodasoyga soat beshlarda kirib borishdi. Ak­
barali shu yerda katta bo‘lib, qabriston qayer­
daligini bilmas ekan. Abdusamad bu yerlarga be­
gona bo‘lsa ham, har qalay, haydovchi emasmi, 
adashmasdan topib bordi.
Qabriston ko‘prikka yetmasdan chap tomon­
da, Shodasoyning shundoq tepasida, balandlikda 
edi. Bu yerdagi teraklar, qayrag‘ochlar hozirdan 
sarg‘ayib ketibdi. Kuz erta kelganidan emas, suv 
chiqmaganidan bo‘lsa kerak. Oyoq osti qalin хa­
zon, uzoqdagi soy shabadasiga tepadan ham sa­
riq barglar pildirab to‘kilib turibdi. Oyoq ostida 
хazon shitirlashi, qosh qorayarda uzoq-uzoqlar­
gacha eshitilib, bu terakzor qabristonning diqqi-
nafas jimligi yana ham sirliroq, og‘irroq bo‘lib tu­
yular edi.
Akbarali endi esladi: uning bolaligida bu joy­
lar yalanglik bo‘lib, shodasoyliklar bu yerda uloq 
chopishardi. Bu teraklar keyin ekilgan, u vaqtlar 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə