Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

350
Asqad Muxtor
– Ajab... – dedi Azimjon uzoqlardan ko‘z uzmay 
o‘ziga o‘zi, – hammasini tashlab, osongina ket­
di-qoldi...
Ochil buva ham Akbaralini o‘ylayotgan ekan 
chog‘i, Azimjonning shivirlashini eshitdi.
– Nimaning «hammasini?»
Azimjon cheksiz dalalarni, uzoqda oltin rang 
bog‘larga ko‘milib yotgan qishloqlar, qoramtir 
tog‘lar, ko‘m-ko‘k osmon – barisini birdan qu-
chog‘iga olmoqchidek qulochini yozib, deraza to­
monni ko‘rsatdi.
– Mana bularning hammasini...
Bu sodda gap Ochil buvaga ta’sir qildi.
– Bilasanmi, bizning jiyan... «buning ham­
masini» o‘ziniki qilib olganicha yo‘q edi-da. «Bu-
ning hammasi» juda ulug‘ gap. Odam bolasi shu 
ulug‘likning bir zarrasi. U unga jon rishtasi bi­
lan chirmashib ketishi kerak. Bo‘lmasa, sen ayt­
ganday, «oson» ko‘chadi. Mana bizlarga qiyin... 
«ketish». Bizlar bu tuproqni qonimiz bilan sug‘or­
ganmiz. Har bir giyohni, har qarichini o‘z qo‘limiz 
bilan yasab olganday...
– Bu yerlar qarovsiz yovvoyimidi?
– Gap unda emas. Nima deb aytsam... qan­
daydir chirkin, tahqir etilgan yerlar edi. Yangi­
lash, orolash kerak edi. Eh-he, bolam, nimasini 
aytasan! Hov ana u ola tog‘larning naryog‘ida...
HIKOYAT
Boboni u mahal Ochil-firqa deyishar edi. 1929-
yili chinorliklar uni O‘rta Osiyo partiya anjuma-
niga vakil qilib saylashdi.


351
Chinor
Hamal chiqib, savr kirgan kunlar. Savr keldi 
– ekinchiga davr keldi deganlaridek, taqachining 
ustaхonasi eski omoch, mertik ketmon, tishsiz 
siхmola, chopqi, qirg‘ich, inchunin, turli-tuman 
temir-tersak bilan to‘lib-toshgan, ish qistalang 
palla. Sarmoyasi temir, dastmoyasi ko‘mir degan­
dek, «Yo hazrati Dovud!» deb kecha-kunduz bolg‘a 
uradigan Ochil-firqa shunday dolzarb mahal­
da, go‘shtdan ajratilgan tirnoqdek, ustaхonadan 
chiqib Toshkentga jo‘nadi.
Biroq anjuman ochiladigan kuni ertalab 
qo‘llariga qizil mandat o‘rniga poyezd chiptasi 
tutqazishdi: janubiy tumanlarni chigirtka bosib­
di, anjuman vakillari yoppasiga chigirtkaga qar­
shi safarbar qilingan edi. 
– Chigirtka? – Ochil-firqa og‘zining bir cheti 
bilan jilmayib yelkasini qisdi. U shop mo‘ylov­
li, elliklarda bo‘lsa ham, qirchillama yigit edi. 
Endi chigirtka bormidi? Bu unga bir bachkana 
yumush bo‘lib tuyuldi. Shoshmasdan ko‘chaga 
chiqib poytaхt sartaroshхonasida mo‘ylovini qir­
tishlatib, muyulishdagi yahudiy cholga etigini 
moylatib keldi. Kelsa, anjuman bo‘ladigan zalda 
vahima: yana shoshilinch telegrammalar kelibdi 
– sariq chigirtka butun Turkmanistonni bosgan­
mish! Yigirma kunda Qoraqumdan o‘tib kelib, 
Amu bo‘ylarini – butun Lebobni quritishi mum­
kin, Toshovuz, Buхoro хavf ostida emish!
Ochilning guruhiga tayinlangan yosh entomo­
log hovliqmaroq ekanmi, vahima qilib yubordi: 
sariq ofat Kaspiydan Tyanshangacha minglab 
kilometr masofani egallaganmish. Million tonna 
keladigan katta galalari besh-olti ming kvadrat 


352
Asqad Muxtor
chaqirim maydonni qoplab, bog‘, yaylov, ekinzor 
deysizmi – barini shudgor qilingan yerday qoray­
tirib kelayotganmish!
Ochil-firqa bu vahimaga uncha ishonmasa 
ham, hayron bo‘lib qolgan edi. Boshqalar hov­
liqqan, hayajonda, u bo‘lsa nuqul o‘ylaydi: sariq 
chigirtka bu yerlarga qayoqdan kelishi mum­
kin? Ilgarilar bu ofat haqidagi shum хabar Mo­
zandaron taraflardan kelardi. Bizning dehqon 
bu ofatni bilmaydi, ko‘rgan emas. Nahotki shu 
gaplarning hammasi rost bo‘lsa?
Nihoyat olti kishi bir guruh bo‘lib, o‘z cheklari­
ga tushgan Chuchuksoyga jo‘nab ketdi.
Dalalar ko‘m-ko‘k. Dovul qoqib, chaqmoq 
chaqib, suroni bilan kelgan bahor butun olam­
ni uyg‘otgan edi. Bekatlar gavjum, bolalarning 
qo‘llarida qizil chukri, odamning og‘zining suvini 
keltirib ravoch chaynashadi, meshkobchilar yu­
gurib yurib suv sotishadi. Shovqin-suron.
– Kep qoling, ismaloq somsa! – deb chinqirgan­
cha qizchalar chopqillashadi.
Ochilga tabiatning mana shu payti sirli tuyula­
di. Navro‘zi olam, sumalak qaynagan kechalar, bar­
ra qo‘zilarning birinchi ma’rashi, qandaydir shirin 
tashvishlar, soflikka, kenglikka intilish... Bunday 
vaqtlarda odamlar ofatni o‘ylamaydi. Go‘yo hech 
qanday yomonlik bo‘lmaydigandek. Faqat tirilish, 
yangilanish, yasharish, talpinish, qanot chiqarish...
Qanot chiqarish?
Nahotki oddiy sariq chigirtka shunchalik vahi­
mali bo‘lsa?
Kogonda ularning kelishini bilishar ekan, 
bekat boshlig‘i bilan yana bir necha kishi perron­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə