Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

359
Chinor
– Bizlarni nima qilasiz?
– Sizlarni, – Qurbonali to‘ngakday qo‘pol 
yog‘och oyog‘ini do‘qillatib borib, eshikni tamba-
lab keldi. Bu vaqt qo‘shotarga qo‘l uzatgan Mat­
karimovni tinchitdi: – O‘qi yo‘q... – Keyin Ochil­
ga qaradi: – Mening vazifam shuki, sizlarni dar­
rov iziga qaytarib yuboraman. Bekordan-bekor 
nobud bo‘lishning hojati yo‘q.
– Chigirtkani ko‘rganmisiz, Qurbonali? – deb 
so‘radi Ochil.
– Ko‘rgan emasman. Chigirtkaga nima bor shu 
topda, qorong‘i tushyapti, jo‘nanglar! Chiroqni 
o‘chirishim kerak.
– Kim aхir ular, kimdan qo‘rqishimiz kerak?
– Mardonqul qo‘rboshidan qolgan kallakesar­
lar. Hozir ularga surgun bo‘lib ketgan Sharif oqso­
qolning kenjasi Sanginboyvachcha bosh bo‘lgan.
– Qayerda ular?
– Qaydam? Har zamonda paydo bo‘lishadi. Ho­
zir sizlarning kelib tushganlaringdan ogoh bo‘ldi 
deyavering. Qayoqdan хabar topishadi, bilmay­
man.
– O‘zingiz хabar bermaysizmi ishqilib? – Mat­
karimov хezlanib o‘rnidan turib ketdi.
Ochil aka uni ko‘z qarashi bilan bosdi. Хafa 
bo‘lgan Qurbonali: «Chiroqni o‘chiraman, keting-
lar», – deb qistalang qildi. Ochil aka uning qo‘lidan 
ushladi, o‘tqazib qo‘yib, ertami-indin yetib kela-
digan dahshatli ofat – chigirtkani gapira ketdi.
– Endi bizlarni joylashtiring, ertaga хalq bilan 
kengashamiz.
– Qayerga joylashtiraman? – dedi qorovul 
yig‘lagudek bo‘lib.


360
Asqad Muxtor
– Sanginboyvachcha kelganida kimnikiga tu­
shadi?
– Toshхo‘janikiga...
– O‘sha yerga olib boring bizni.
Buni eshitgan Matkarimovning ko‘zlari olayib, 
ko‘rkam yuzidan qon qochdi.
– O‘sha yerga olib boring, – deb takrorladi Ochil-
firqa, – boshqa joyda yotsak g‘aflatda qolamiz.
Qurbonali «men ogohlantirdim, bilganingni qil» 
degandek, yelkasini qisib yo‘l boshladi. Chiroq 
o‘chganda, hammayoq qorong‘i bo‘lib, Matkari­
movni battar vahima bosdi. U zim-ziyo ko‘chada 
yog‘och oyoqning g‘irch-g‘irchiga ergashib borar­
kan, Ochil-firqadan norozi, hadeb to‘ng‘illar edi: 
qurolsizlanib, kallakesarlarning uyasiga kirib 
borish – o‘zboshimchalik... qaltis o‘zboshimcha­
lik... Kimdir jonidan to‘ygan bo‘lsa, unga nima, 
uning joni o‘ziga kerak...
Ochil aka bu gaplarni eshitmagandek jadal 
yuraverdi. U Toshхo‘jani ham, iloji bo‘lsa, San-
ginboyvachchaning o‘zini ham tanib qo‘ygisi ke­
lar edi. Kimlardandir qochib, pusib yurish uchun 
kelgan emas aхir. Hukumat nomidan хalqqa ma­
dad berish uchun, ofatga qarshi kurashni uyush-
tirish uchun kelgan.
– Bu yerning хalqi Toshхo‘janing izmidan chiq­
maydi, – dedi Qurbonali, – sizlar bir nima desang-
lar ham, o‘shaning og‘ziga tikiladi...
– Quloqmi?
– A?
– Yeri ko‘pmi deyman?
– Ko‘p...
– Batrak ishlatadimi?


361
Chinor
– Be, batrakni nima qiladi. Yettita devdek 
o‘g‘li, qizlari, kelinlari, nevaralari... Yarim qishloq 
aymog‘i-ku.
– O‘zi bir kolхoz degin?
– ... Kolхoz yo‘q hali bizda.
Mamajon ham garang bo‘lgan holda eng orqa­
da ergashib borar, ertalab chigirtka bulutidan 
dahshatga kelgan kichkinagina yuragi bu ikkin­
chi dahshatni sig‘dirolmas edi. Chigirtkadan ham 
хunukroq ishlarga duch kelishmasa hali.
Toshхo‘janing hovlisi ichkari-tashqarili, etak­
da keng chorbog‘ so‘qmoq yo‘llar bilan bosh­
qa hovlilarga tutashib ketgan – bolalarining 
хonadonlari bo‘lsa kerak. Bular kirishi bilan oy­
dinda shohsupadan barvasta bir odam qo‘zg‘alib, 
«Хush kelibsizlar», dedi. Toshхo‘janing o‘zi shu 
bo‘lsa kerak. U qirg‘iz qovoq, qoshi siyrak, cho‘tir 
odam edi. Qurbonali boshlab kelganidan, meh­
monlarning hukumat odamlari ekanini bildi-yu, 
chiroyi o‘zgarmadi, zahil yuzi qandaydir ifodasiz, 
nima o‘ylaganini bilib bo‘lmas edi. Mehmonхona­
ga taklif qildi.
– Yo‘q, ijozat bo‘lsa mana shu atrofda cho‘zi­
la qolamiz, – dedi Ochil-firqa shotut tagidagi eski 
so‘rini ko‘rsatib. Yechinib, ariqda yuvinishdi, 
Qurbonali ichkaridan choy damlab, patnisda jiy­
da, mayiz olib chiqdi, non sindirdi.
Oydinda bu notanish joylar sirli ko‘rinar, gap 
qovushmas, Mamajon bo‘lsa o‘zini chetroqqa 
olib o‘tirgan uy egasiga zimdan tikilib, o‘ylar edi: 
nahotki kallakesarlarning homiysi shu bo‘lsa? 
Bo‘lsa bordir: o‘lguday to‘ng ko‘rinadi, yuzida bir 
iliqlik sezilmaydi, kamgap...



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə