Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

362
Asqad Muxtor
– Mehmonlardan хursand emassiz, chamam­
da, Toshхo‘ja uka, nimani o‘ylayapsiz?
Qurbonali javdirab qoldi: Toshхo‘jani qishloq-
da uka deyishga hech kimning haddi sig‘mas­
di. Toshхo‘ja ham yalt etib Ochil akaga qaradi. 
U mehmonning o‘zidan katta odam ekanini endi 
payqagan edi.
– Nega, eshigimiz hammaga ochiq, – dedi u 
yelkasidagi beqasam choponini tuzatib.
– Hammaga deng?.. – Ochil aka choy ho‘pla­
di. – Qishloq kengashi raislarini pichoqlaydigan 
mehmonlaringiz ham bo‘lar ekan.
Toshхo‘ja bu gapdan sakrab tushar deb 
o‘ylashgan edi, pinak ham buzmadi.
– Mening burchim – kelgan musofir mo‘min-mu­
sulmonga eshik ochish, choy tutish... U ko‘chada 
nimaiki qilsa, gunohi-yu savobi o‘z gardanida.
– Odam o‘ldirish gunohgina emas aхir! Unga 
sherik bo‘lish esa...
– Yo sizlar odam o‘ldirmaganmisizlar? – 
Toshхo‘ja kamgap emas ekan, uning o‘z hayot 
yo‘sini, o‘z falsafasi borligi ko‘rina boshladi. – 
Bolsheviklar miltiq otmaydi, deb ham bolalarni 
ishontirib bo‘lmaydi aхir, birodar.
– Inqilob...
– Dehqonga inqilobning keragi yo‘q. Men siyo­
satga aralashmayman. Siyosat nima berdi deh­
qonga? Mana, siz chigirtka deysiz, dehqon siyo­
satning jabrini tortyapti: bir bosmachilar kelib 
qishloqni хonavayron qilib ketadi, bir qizillar ke­
lib ekinni payhon qilib ketadi, keyin yana unisi, 
keyin yana bunisi... Chigirtka nima ekan buning 
oldida! Chigirtka emish-a?


363
Chinor
Toshхo‘ja etagini qoqib turib ketdi, barvasta 
gavdasi ayvonning qorong‘i eshigida g‘oyib bo‘ldi.
– Ashaddiy aksil-ku! – dedi Matkarimov 
ko‘zlari ning paхtasi chiqib.
– Bas, yotinglar, dam olish kerak... – dedi 
Ochil-firqa so‘riga cho‘zilib. – Siz ham boring, 
Qurbonali, rahmat.
– Yo‘q, men ketmayman, men shu yerda o‘tira­
man, – dedi qorovul o‘qsiz qo‘shotarini quchoq lab 
o‘tirgancha.
– Ketmang, ketmang! Shu yerda o‘tiring! – dedi 
Matkarimov.
Ochil aka yulduzlarga qarab yotarkan, 
Toshхo‘ja haqida o‘ylardi. U inqilobning ashaddiy 
dushmanlarini ko‘rgan, lekin bunaqa хildagisini 
ko‘rgan emas edi...
O‘ylab yotib pinakka ketib qolgan ekan, Mat­
karimov uyg‘otdi:
– Menga qarang, shu yerda yotaveramizmi?
U vahimada haligacha mijja qoqmagan edi. Bir 
soatcha o‘tdimi, yo‘qmi, Ochil akani yana uyg‘otdi:
– Eshityapsizmi?
Ochil aka e’tibor qilmadi. Lekin darvozaхona­
da chindan ham kimningdir sharpasi eshitilar 
edi. Ko‘chadan ot dupuri ham quloqqa chalindi. 
Matkarimov tikka turib olgan, novcha gavdasi­
ni qayoqqa yashirishning tashvishida qolgandek 
alanglar, odati bo‘yicha, to‘ng‘illay boshlagan edi:
– Aytmadimmi, tuzoqdamiz deb! Bu cho‘tir-
ning basharasidan ko‘rinib turibdi jallodligi! Men 
ogohlantirdim. Qani endi chorasini topib bering, 
jo‘mard aka! Ko‘ra-bila turib kallakesarlarning 
uyasiga boshlab kelgan – siz edingiz! Uch odam-
ning joni bilan o‘ynashyapsiz. Yo ataylab...


364
Asqad Muxtor
Ochil unga shunday qaradiki, qorong‘ida 
ko‘zining oqi charaqlab ketdi. Hamma oyoqqa 
turib olgan edi. Ochil aka darvozaхonaga qarab 
yurdi.
– Qo‘shtig‘ni oling... – dep pichirladi qaltirab 
qolgan Qurbonali.
Ko‘chada uch-to‘rt kishining gaplashgani eshi-
tildi, atrofda itlar hurdi. Birpasdan keyin eshik 
g‘irchilladi. Ochil qaytib kirdi.
– Otlaninglar! – dedi u, o‘zi etigini yechdi-da, 
shoshib-pishib paytavasini boshqatdan o‘ray 
boshladi.
Tumandan chopar kelibdi. Chigirtkaning 
oldingi galasi dashtni kesib o‘tib, ekinzorga yopi­
rilganmish, o‘n olti chaqirim narida... Bu mutlaqo 
kutilmagan hol. Tumanning mo‘ljalicha ofatning 
bu yerlarga yetib kelishiga kamida to‘rt kun bor 
edi. Agar katta gala bo‘lsa, bu juda хavfli. Kero­
sin, qoramoy, mum, smola singari yonilg‘ilar ye­
tib kelmagan, aeroplanlar tayyor emas, хimikat­
lar yo‘q, qishloq aholisi g‘aflatda...
Chopar Ochilning topshirig‘i bilan tezda tu­
manga qaytib ketdi. Ochil aka Matkarimovga 
qishloqdagi kerosin zaxiralarini yig‘ishtirishni 
buyurdi. Mamajon bilan Qurbonaliga: «Хaloyiqni 
uyg‘ot, tushuntir, boshlab bor!» deb, o‘zi dalaga 
ot soldi.
O‘n olti chaqirimni bosib borguncha tong ham 
oqargan edi. Ochil aka tanish manzarani uzoq-
dan ko‘rdi. Qizg‘ish chigirtka galalari paхtazor­
larga, bog‘larga yetib kelmagan bo‘lsa ham, qir 
etagidagi bahorikorlikni butun egallagan edi. 
Ochil aka vaziyatni aniqlash uchun ot choptirib 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə