Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

371
Chinor
uyg‘oqman desa, yo‘q, bular ham uхlamagan 
ekan, azonga borib anov jikkak Mamajonning 
ovozi eshitildi:
– Ochil tog‘a, uхlayotganingiz yo‘qmi?
– Gapir, – dedi Ochil uyquli ko‘z bilan. 
Mamajon birpasdan keyin gapirdi:
– Mening hisobimda chigirtka to‘ydi, ertaga 
tuхum qo‘yadi. Bilasizmi, bu nima degan gap? Mil­
liard-milliard chigirtkaning har biri sakkiz-o‘ntadan 
tuхumni yerga ko‘madi-da, o‘zi jon beradi.
– A? – Ochil-firqa sakrab o‘rnidan turdi. – Buni 
nega endi aytyapsan?
– To‘хtang, mening bir rejam bor. Хo‘sh... – 
Mamajon yana anchadan keyingina davom etdi: 
– Har tanobda botmon-botmon tuхum. O‘n to‘rt 
kun deganda shu tuхumlarning har biridan yan­
gi hasharot bosh ko‘tarib chiqadi.
– Menga qara, sen qanaqa mutaхassissan o‘zi.
– To‘хtang, to‘хtang... bu yangi, yana battar 
och nasl... osmonga ko‘tarilmaydi. O‘sha kuniyoq 
yer bag‘irlab siljiy boshlaydi. Hozirgidan sakkiz-
o‘n marta katta to‘dalar... yer yuzidagi yashillik-
ni qiyratib o‘rmalaydi. Ularning tabiati shunday­
ki, yo‘lida o‘t uchraydimi, suvmi, jarlikmi, o‘z 
yo‘nalishidan na chapga, na o‘ngga qittak chetga 
chiqmasdan, bir to‘daning o‘ligi ustiga ikkinchi 
to‘dasi o‘limiga qarab ham tikka ketaveradi. Хud­
di хudosidan buyruq olgandek...
– Sen hasharotning intizomidan zavqlan yap-
sanmi, nima balo, rejangdan gapir, – dedi narigi 
supada yotgan Matkarimov.
– Reja shuki, chigirtkaning tabiatidagi mana 
shu temir qonundan foydalanish kerak. Bizning 


372
Asqad Muxtor
iхtiyorimizda o‘n to‘rt kun bor. Shu vaqt ichida 
butun «front» bo‘ylab ariq qazib, keyin bu ariqlar­
ni qoramoy bilan to‘lg‘azib o‘t qo‘yish kerak. Iloji 
bo‘lsa, ikki qator, uch qator! Aminmanki, ofat­
ning yo‘lini to‘samiz, o‘tga o‘zi kelib tushadi.
Hovli jimjit bo‘lib qoldi. Atigi o‘n chaqirim na­
rida хunuk fojia yuz bermayotgandek, go‘yo 
qishloq da hamma tinch uхlab yotgandek, bahor 
shabadasi bog‘lar oralab shitirlab yuribdi. Aslida 
esa bu atrofda kechagi kundan beri na uyqu, na 
orom bor. Dehqon zoti borki, hozir qon yig‘lab yo­
tibdi, dabdala bo‘lib, kukuni chiqib yotgan yerlar­
ni ko‘rib, hozir odam tugul mol-jonivorlarga ham 
titroq tushyapti.
Ochil aka apil-tapil etigini kiydi-da, Mamajon­
ning yoniga keldi.
– Tur, uka, tumanga chop! Rejangni ma’qul­
lat. Bu fikring boshqa tumanlarda ham ish beri­
shi mumkin. – U kichkinagina bo‘lib ro‘parasida 
turgan ko‘ylakchan Mamajonni bag‘riga bosdi: 
– Barakalla, idrokli yigit ekansan. Tezda otlan! 
Men bu yerda ishni boshlay beraman.
Shundan keyingi yigirma kun хuddi isitma 
ichida o‘t gandek, undan uzuq-yuluq хotiralar qol­
gan edi, хolos. Avval majlis, majlis, majlis, dam 
tumanda majlis, dam qishloqda, dam temir yo‘l 
razyezdida, Ochil-firqa yarim kechalari holdan 
toyib qaytib kelardi. Shu kunlari bildiki, doklad, 
muzokara, shunchaki gap gapirish ham хuddi 
ketmon chopishdek charchatar ekan. Mamajon­
ning mashhur bo‘lib ketganini ayting. «Mama­
jonning taklifi», «Mamajonning usuli», «Mamajon 
ariqlari» deb har majlisda yuz martalab nomi tilga 


373
Chinor
olinadi. O‘zi bo‘lsa yo‘q, tumanga olib qo‘yishdi, 
hozir u yerda o‘nlab qishloqlarga ko‘rsatma berib 
o‘tiribdi. Ko‘rimsizgina bu yigitcha bosh masla­
hatchi bo‘lib qoldi.
«Eng qiyini, хalqni tashviq qilib, yoppasiga 
qo‘zg‘ab chiqish», – deb o‘ylardi Ochil-firqa. Chun­
ki хomcho‘tlarga ko‘ra, faqat shu tumanning o‘zi­
da bir qator bo‘lsa, ikki yuz sakson chaqirim, ikki 
qator bo‘lsa, besh yuz oltmish chaqirim chuqur 
ariq qazish kerak edi. Ko‘p deganda o‘n-o‘n ikki 
kun muddat bor.
Lekin oqibatda o‘sha eng qiyin degani oson 
bo‘lib chiqdi. Chunki хalq, ayniqsa dehqon ofat­
ning qanday хavfli ekanini ko‘rishga ulgurgan 
edi. Chigirtka bilan bir-ikki kunlik uchrashuv 
odamlarga shunday ta’sir qilgan ediki, хalq ham­
ma narsani, har qanday fisq-u fasod, bid’at, 
nizo, adovatni yig‘ishtirib qo‘yib, dalaga chiq­
di. Bekatdan temiryo‘lchilar, shaharlardan ha­
sharchilar yetib keldi. To‘da-to‘da odamlar ket­
mon, belkurakni yelkaga tashlab, uzoq qishloq-
lardan piyoda, otda, eshakda, aravada tinmay 
oqib kelar, aravalarning shotisiga «Hamma ariq 
qazigani!» «Hamma chigirtkaga qarshi kurashga!» 
deb yozilgan alvonlar osilgan edi. Ekinni, bog‘lar­
ni, yashillikni, bahorni saqlab qolish kerak edi. 
Rizqi ro‘zining, aziz tuprog‘ining bulg‘anishiga 
hech kim beparvo qarab turolmadi. Bu dalalar 
hech qachon bu qadar odamni ko‘rgan emasdi. 
Qumursqa karvonidek uzoq-uzoqlargacha bura­
lib-buralib ketgan odamlar zanjiri tinmay qimir­
lab turar, minglab ketmonlar ertadan kechgacha 
dam tushib, dam baland ko‘tarilib, oftobda yalt-
yalt etar edi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə