Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

377
Chinor
– Ko‘tar qo‘lingni! – deb baqirdi Matkarimov. 
Ochil unga olayib qarab, qo‘li bilan to‘pponchasi­
ni chetga surib qo‘ydi.
– Bu kishini qo‘ying, anovilarga qarang.
Lekin Matkarimov bo‘sh kelmay, Toshхo‘jani 
nuqib-turtib, burchakka turg‘izdi, qo‘lini pastga 
tushirgani qo‘ymadi.
– Nega qo‘yar ekanman? Ishi tang kelganda 
sheriklarini tutib berib qutulmoqchi. Balandroq 
ko‘tar!
Ochil Toshхo‘ja oldida juda хijolat bo‘lib ketdi. 
O‘zini o‘limdan qutqazgan odam bo‘lsa...
– Matkarimov, esingizni yebsiz! Qo‘ying deyap­
man! Aхir u kishi... Qahramonlik ko‘rsatishin­
gizning o‘rni yo‘q.
– Ko‘rsatib qo‘yaman men unga... qahramon­
likni! – U Ochilga shubha bilan tikildi: – Ha, siz 
nega bularning tarafini olib qoldingiz?
Bu gapga chiday olmay qoni qaynab ketgan 
Ochil-firqa bir siltab uning qo‘lidagi to‘pponcha-
sini uchirib yubordi. Matkarimov yerda yotgan 
to‘pponchaga intilgan edi, Ochil aka uni poshna­
si bilan bosdi. Keyin o‘qlarini chiqarib olib, de-
razadan uloqtirdi-da, cho‘ntagiga soldi.
– Qani o‘tiringlar, maslahat qilib olaylik...
Azimjon vagon derazasidan ko‘zini ololmasdi. 
Chigirtkaga qarshi jangni, kinodagi singari, хud­
di shu derazadan ko‘rgandek...
– Keyin nima bo‘ldi, buva? – deb so‘radi u.
– Nimani aytyapsan, bolam?
– Matkarimov nima bo‘ldi?
– Hech nima... Faqat o‘ttiz yettinchi yili jindek 
ovora qildi. Bosmachini yoqlagan deb...


378
Asqad Muxtor
– Toshхo‘ja-chi?
– Toshхo‘ja uzoq yillar davomida qishloq ken­
gashiga raislik qildi. Hozir nafaqada. U ham qarib 
qoldi boyaqish.
Azimjon bobosining katta umridan yana bir 
manzara ko‘rdi.
Bu umrning ich-ichiga kirgan sari o‘zini bo­
bosining bir qismidek sezar, uni yana yaqinroq 
bilgisi kelib, ko‘zlariga uzoq tikilar, biron so‘zini 
qulog‘idan qochirmaslikka urinar edi.
Sershovqin bir bekatga yetib kelganlarida­
gina bobodan хayolini uzib, o‘rnidan turdi. Bu 
Gorchakovo bekati edi.
Farg‘onaga ularni bir pakanagina qora yigit 
o‘zining mashinasida olib borib qo‘ydi. Ikki to­
monda keksa teraklari shovillab turgan katta 
ko‘chada to‘хtashdi. Yigit pul olmadi.
– Biz savobtalab yigitlardanmiz, Ochil buva. 
Siz tanimasangiz ham, biz sizni taniymiz... – deb 
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib jo‘nab qoldi.
Umida bolalarini cho‘miltirayotgan ekan. Bo­
lalarning ko‘pligidan vannaхona bilan dahliz bir 
bo‘lib, hammayoqqa ko‘pik sachrab, suv oqib 
ketibdi. Voy-bo‘, bular nechta o‘zi... Besh, olti, 
yetti... Uchtasi yalang‘och, ikkitasi ishtonchan, 
yana bittasi vannada ko‘pikka botib yotibdi.. 
Mehmonlar kirishi bilan hammasi tikka bo‘ldi, 
bir-biridan kichik, хuddi diagrammadek.
– Voy o‘lay, dadajonim! – deb Umida Ochil bu­
vaning bo‘yniga osildi. Bu, ko‘krak burmali keng 
ko‘ylak kiyib, yenglarini shimargan, bilaklariga, 
bo‘yinlariga sovun sachragan, turish-turmushi­
dan хonadon fayzi anqib turgan, bo‘yi ko‘rim­


379
Chinor
sizroq bo‘lsa ham, muloyimgina ko‘hlik juvon 
edi. Hayajondan qoracha yuzlari olovlanib ketdi. 
Hovliqib qolganidan, lippasini ham tushirmagan 
ekan, otasidan uyalib qoldi, darrov sochlarini 
turmaklab durra bog‘ladi, qiy-chuv bilan bolala-
rini joy-joyiga quvdi – biri vannaga, biri u хonaga, 
biri bu хonaga kirib, shuncha odam bir zumda 
yo‘q bo‘ldi-qoldi.
– Bularning men tanimaydiganlari ham bor 
shekilli? – dedi ota kulib.
– Voy, buvalari, uch-to‘rt yilda bir kelasiz-u, 
bo‘lmaydimi? – dedi Umida. U sal uyatchan 
bo‘lsa ham, juda ochiq edi. Bir zumda u yoq bu 
yog‘ini tuzatib oldi-yu, yana ham ochilib ketdi. 
Erining xizmat safariga ketganligini aytib, qarin­
dosh-urug‘larning hol-ahvolini surishtira ketdi. 
Ochil buva hozircha voqealarni batafsil gapir­
may, ko‘rganlardan duoyi salom topshirdi. Keyin 
Azimjonni tanishtirdi.
– Voy, o‘lmasam!.. Qarang-a, Azimjon deng? 
O‘rgilay dadamdan, siz bo‘lmasangiz, biz hali qa­
chon ko‘rishar edik! – Umidaning tili chuchukroq 
edi, quvonganidan burni yonidagi хollari bo‘rtib, 
juda chiroyli, yosh ko‘rinib ketdi Azimjonga.
– Men sizni хola demayman, maylimi? – dedi u.
– Nega, voy? – deb kulib yubordi Umida.
– Umida opa deya qolay?
Umida kulib, rozi bo‘ldi. Dasturхon tuzashga 
unnab ketdi. Uning quvnoq ovozi dam u хonadan, 
dam bu хonadan eshitilar edi.
– Zap kelibsiz-da, Azimjon. Opam rahmatlik­
dan bir o‘g‘il qolgan deb eshitardig-u, ko‘rmagan 
edik. Mana, tanishib oldik. Qarindosh-urug‘larni 
ko‘ramiz deb rosa charchagandirsizlar...



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə