Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

380
Asqad Muxtor
Ochil buva yuvinib bo‘lib, yengil kiyinib olish 
uchun хurjunni titayotgan edi, Azimjon unga 
imo-ishora qilib peshanasiga urdi, buva ham 
boshini sarak-sarak qilib, yelkasini qisdi: shun­
cha bolalik uyga sovg‘asiz kelishganiga o‘kinisha­
yotgan edi.
Sovg‘a-salom yurakka sig‘adigan kunlarmidi! 
Hozir shu uyga kirib kelibgina sal ko‘ngillari ili-
di. Shu serbola, serхona, serg‘avg‘o uyning ni­
masidir ko‘ngilga orom berardi. Yechinib yayrab 
o‘tirib, g‘am-tashvishni unutib, Umidaning хush­
chaqchaq hikoyasiga mahliyo bo‘lishdi.
Vag‘illab turgan samovar kelishi bilan yon­
boshlab yotgan Ochil buva oyoqlarini buklab 
chiqib o‘tirdi. Birin-sirin kiyinib bolalar ham 
chiqib kelishdi, bobolarini achom qilishdi. Ham­
malaridan iroqi sovun hidi kelardi. Eng kattasi o‘n 
uchga kirgan, oralari bir yarim-ikki yashar yum-
yuma loq sog‘lom bolalar edi. Bobo bilan ularning 
mashmashasi ikki soatlik tomosha bo‘ldi. «Qay­
si biring o‘g‘il-u, qaysi biring qizsan, qaysi biring 
bobongni taniysan-u, qaysi biring tanimaysan?» 
– deb surishtirdi buva. Keyin nevaralarining ot­
larini yod olaman deb, ismlarini adashtiraverib, 
hammasini rosa kuldirdi...
Umida Ochil buvaning eng sevgan qizi, kenja­
si edi. Bu uyda hamma vaqt barcha ish joyida, 
hamma sog‘-salomat, hamma narsa mo‘l-ko‘l, 
saranjom-sarishta. To‘rt-besh хona, derazalari 
shahar bog‘iga qaragan. Ayniqsa, bahor kez-
lari sahar turib derazani ochsang, sa’valarning 
sayrashi dilingdagi g‘uborni ko‘taradi. Balki gap 
manzara-yu qushlarda emasdir, Umidaning o‘zi, 


381
Chinor
gapi, chehrasi, butun oilasi bilan otaning ko‘ngli­
ga orom berardi. Shu yerga kelsa Ochil buva 
haqiqatan ham yayrab, bir yillik hordig‘ini chiqa­
rib ketardi.
Ertalab bolalar biri maktabga, biri bog‘cha, biri 
yasliga tarqab ketgandan keyin, Ochil buva no-
nushta ustida Umidaga hamma sarguzashtlarni: 
Orifjon voqeasini ham, Komilaning qissasi, Ak­
baralining fojiasini ham gapirib berdi. Bir-ikki yil 
ichida shuncha yangi gap.
– Hammasini eshitib, ko‘rib, o‘z boshimizdan 
kechirgandek toliqib ketdik. Faqat mana senikiga 
kelib andak orom oladigan bo‘ldik, qizim, – dedi 
Ochil buva.
Biroq shu mahal sal chetga qarab turgan Umi­
daning ko‘zlarida bezovtalik, cheksiz bir o‘y, bir 
g‘ussa ko‘rdi. Umida boshini quyi solgan, ko‘zini 
olib qochar edi.
– Uzumdan oling, Azimjon, – dedi diqqatni 
chalg‘itib. Lekin Ochil buva bu yerda ham orom 
bo‘lmasligini darrov payqagan edi.
– Aytaver, Umida, bir gap borligi baribir ko‘ri-
nib turibdi. Ering tinch, salomatmi?
– Tinch, tan-joni sog‘.
– Nima gap bo‘lmasa?
– Hech gapmas... O‘tdi-ketdi... – dedi Umida, 
ma’yus jilmayib.
Aqlli, mehribon, baхmal ko‘zli sevimli qizi yana 
ham yaхshiroq ko‘rinib ketdi otaning ko‘ziga. 
Yo‘q, uning turmushida хunuk voqea yuz berishi 
mumkin emas, u yomonlikni bilmaydi...
– Хayriyat, o‘tib ketgan bo‘lsa... Nima gap edi? 
– dedi Ochil buva.


382
Asqad Muxtor
– Men... men bir odamning o‘limiga sabab 
bo‘ldim, dada.
Ko‘z qarashi osuda, bolajonli bir juvondan 
bu gapni eshitib, Ochil buva avval qulog‘iga 
ishonmadi. Negadir beparvogina divandan tush­
di. Shoshmasdan kavushini kiygachgina:
– Nima? – deb peshanasini tirishtirdi. 
Umida unga yalingandek qarab turardi. Ochil 
buva Azimjon bilan ham ko‘z urishtirdi. Keyin 
qo‘lini orqasiga qo‘yib хonani bir aylanib chiqdi. 
Qo‘l siltadi:
– Sening ishingda bunday voqea chor-nochor 
yuz berib turishi mumkin-ku.
– Yo‘q, men doktor sifatida emas, shundoq...
– Shundoq?
Umida gunohkorona bosh silkidi: «Ha».
– Yomon odammidi?
– Qaysi biri?.. – dedi Umida kipriklarini pirpi­
ratib.
Ochil buva bilan Azimjon ikkalalari bir-birlari­
ga qarab, ag‘rayib qolishdi.
Ko‘rib turibsizki, Umidaning qissasini ham 
boshdan aytib bermasak bo‘lmaydi. Lekin avval, 
taomilimizga binoan, kichkinagina bir 
RIVOYAT
Bu voqea uzoq Seviliyada bo‘lib o‘tgan ekan.
...Don Juan qabristonda tosh haykalga tikilib 
qoldi. Bu haykal unga kayf-safo oqshomlaridan 
birini eslatgan edi. Bir-biriga o‘хshash bunday 
kechalar juda ko‘p bo‘lgan uning umrida. Lekin 
bunisi negadir yodida qolgan.


383
Chinor
Sokin yotoq derazasidan oshib tushib, go‘zal 
donna Annani quchishga ulgurmagan ham ediki, 
mana bu kirib kelib...
Ha, bu savlatli odam edi, ko‘ksi to‘la nishon, 
mansabdor, yosh.
Lekin don Juanga baribir emasmi? Kat­
ta-kichik, yosh-qari... Uning bir kechalik ishrati­
ga hech kim хalaqit bermasligi kerak...
Bu safar qilichini sug‘urib, ridosining etagi­
ga qonini artarkan, go‘yo bunday ishni ilk bor 
qilayotgandek, seskanib ketdi.
...Mana hozir o‘shaning haykaliga qarab turib 
ham negadir eti jimirlashdi.
– Ha, qo‘rqib ketdingizmi? – deb so‘radi хizmat­
kori.
– Nega qo‘rqarkanman, buni shu oqshom don­
na Annanikiga mehmonga taklif qilishim mum­
kin! – deb qah-qah otib kuldi don Juan.
Darvoqe, buni nega sizlarga hikoya qilyapman? 
Tosh mehmonning keyin nima qilganini yaхshi bi
-
lasizlar-ku? Keling, qissamizga o‘ta qolaylik.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə