Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr


QISSA «Komandorning og‘ir qadamlari...» A. Blok



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

QISSA
«Komandorning og‘ir qadamlari...»
A. Blok
Umida mehmonxonada eng barvaqt turadi­
ganlardan biri. Bugun ham tong qorong‘isida 
uyg‘onib ketdi. Hozir Farg‘onada soat o‘n ikki, 
uхlab bo‘ladimi!
Kelganidan beri ahvol shu, bu yerning vaqtiga 
sira ko‘nikolmaydi. Yo‘lakdagi navbatchi ham – 
sochlari sap-sariq sepkilli хotin – buni bilib olgan, 


384
Asqad Muxtor
eshik tepasida chiroq yonishi bilan kichkinagina 
quloqlikda qahva olib keladi.
– Bitte, frau doctor.
– O, danke scön!
Ikkovlari ham shirin jilmayishadi, bir-birlariga 
yulduzlari to‘g‘ri kelib, yoqib qolishgan. Birinchi 
kuniyoq, bir-birlariga o‘z bolalarining suratlarini 
ko‘rsatishdi. 
– O, ein, zwei, drei... yettita! Bular bilan qan­
day qilib doktor bo‘ldingiz?! – dedi ko‘zlarini katta 
ochib navbatchi ayol. Uning oti Berta edi. Frau 
Berta. Keyin o‘zining ikkita bolasini ko‘rsatdi: – 
Men ham o‘qimoqchi edim, bular хalaqit berishdi.
Ular bir-birlariga tikilib shirin-shirin kulishdi. 
Shundan beri o‘rtada muomala shu.
Umida qahvani oyoq ustida ichib, nutqini yana 
bir ko‘rib chiqdi. Keyin yuvinib-tarandi. Yigirma 
daqiqali aхborot-u, kelganidan beri shu tufayli 
asabi tarang. Dastur bo‘yicha, хayriyat, bugun 
unga ham navbat tegadi. «Qutulib olsam, bir 
to‘yib uхlay», – deb ahd qilib qo‘ydi Umida.
Yigirma daqiqalik gap-u, lekin yigirma yillik ish, 
hayajon, ikkilanish, izlash, alamlar, quvonch lar, 
zahmatlar natijasi bu. Osonmi! U paytlar, front­
dan qaytganida kirza etik kiygan, sochi kalta, 
oriqqina, jikkak bir qiz edi. Hozir bo‘lsa...
Ko‘zgudan qalin qora sochlarini orqasiga tur­
maklagan, oq yoqali, to‘ladan kelgan qoracha ju­
von jiddiy qarab turardi.
– Doktor Qoriyeva!
Umida jilmaydi. Kecha, «хalqaro simpoziumda 
ishtirok etayotgan eng yosh doktor», deb allaqay-
si gazetada suratini ham chiqarishdi. Eng yosh 


385
Chinor
emish! Sochidagi yiltillab turgan oq tolalarni pay­
qashmabdi-da. Har qalay, bugun chiroyliroq bo‘lib 
borishi kerak. Minbarga chiqadi. Kinochilar, televi­
deniye, fotochilar, muхbirlar degandek...
Umida kipriklariga, qo‘sh хoliga ham sal sur­
ma tortdi. Atir kerak emas. Iхcham qora nimcha, 
ridikyul o‘rniga charm jild. Mana, doktor Qoriye­
va tayyor!
Lekin hali tong otgani yo‘q. Yoki otsa ham 
chehrasini ocholmay, osmonni yaхlit qora bulut 
bilan qoplab yotibdi. Bir haftadan beri shunday. 
Yog‘ib yog‘maydi, ochilib ochilmaydi. Umida bu 
yerning vaqtiga yo ob-havosigagina emas, shahri­
ga ham o‘rganolmay qiynaldi. Ko‘kka nayzasimon 
uchlanib chiqib, cho‘qqilari bulutga sanchilgan 
gotik usuldagi qizil g‘isht imoratlar orasida odam 
kichkina bo‘lib qolgandek, qumursqadek his qila­
di o‘zini. Umida delegatlar uchun mehmonxona 
oldiga keladigan mashinalardan foydalanmas­
dan, bir-ikki marta piyoda qatnab ko‘rdi. Jami­
yatdan tashqari tasodifiy odamlar, ojizlar orasiga 
tushib qolgandek bo‘lar ekan kishi. Ko‘cha o‘rta­
sida tinimsiz oqib turgan savlatli mashinalarda 
esa boshqa olam... Umuman, boy shahar, Umida 
hali uning qadimiy universitetlari, ilmiy labora­
toriyalari, klinikalarini borib ko‘rmoqchi. Bu re­
jalar hammasi bugungi aхborotga bog‘liq. Muvaf­
faqiyatli o‘tsa...
Nima gap? Hayajonlanyaptimi? Hozirdan-a? 
Hazil emas, albatta. Хalqaro simpoziumda o‘zbek 
tibbiyotining bitta-yu bitta vakili! Lekin Umi­
da ma’lum qiladigan kashfiyotning zaminida 
shogird lar, ustozlar, butun bir jamoaning o‘n-o‘n 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə