Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

386
Asqad Muxtor
besh yillik halol mehnati yotibdi. Umida dadil. Di­
lidagi bu hayajon esa... Lekin shunday bo‘lmasli­
gi ham mumkin emas.
...Qora limuzin beton maydonga kelib to‘хtashi 
bilan haydovchi tushib eshikni ochdi.
– Madam.
Umida, rahmat aytib, ingichka poshnasi bi­
lan taq etib beton plitaga tushdi. Maydon keng 
edi, uning tuman bosgan narigi chekkasida mo-
dern usulida oyna va po‘latdan tiklangan tibbi-
yot aka demiyasining binosi oqarib turibdi. O‘pka 
kasalliklari bo‘yicha хalqaro simpozium shu 
binoda davom etmoqda. Maydonga birin-ketin 
kelib to‘хtagan mashinalardan jahondagi turli 
mamlakatlarning vakillari tusha boshladi. Uzun 
qora mantiya kiygan, bo‘yinlariga faхriy mukofot 
tasmalari osib, nishonlar taqqan keksa olimlar, 
smoking kiygan yosh shifokorlar, ya ponlar, ing-
lizlar, laboratoriyalarda sochlari oqargan qotma 
хonimlar, o‘z milliy kiyimida hindular, afrika­
liklar, katak shimli, soqol qo‘ygan olako‘z muхbir­
lar oyna devorli foyelarning hamma qavatlarini 
birpasda rang-barang qilib to‘ldirishdi. Tashqa­
ridan yuvilib, tuman bilan namlanib turgan bu 
bino хuddi rangli baliqlar suzayotgan akvarium­
ga o‘хshab ketardi.
Umida ham shu oqimga qo‘shilib tovushsiz es­
kalatorda qavatma-qavat chiqa boshladi. Uchin­
chi qavatning hashamatli keng хollida Gippokrat, 
Koх, Mechnikov, Gamaleyaning katta portretlari 
osilgan joyda seylonlik olimlar ko‘rishishdi, Umi­
da ular bilan Moskvada tanishgan edi shekilli.
Kuluarda novcha, хushmuomala doktor Ber-
ger ko‘rindi. U shoshib ketyapti, uning ham bu­


387
Chinor
gun nutqi bor, salomlashganlarning ba’zilariga 
qo‘l berib ulgurolmay, jilmayib tez-tez bosh silkib 
o‘tyapti. U oltmishlarga borgan, lekin qomati 
o‘qdek tikka, yuzi qizil, boshi taqir, po‘lat rang 
kostyumi qotma gavdasida shalvirabroq turibdi. 
Ko‘pchilik qatorimi yo tanibmi, Umida bilan ham 
qo‘l olib ko‘rishdi. Umida ich-ichidan g‘ururla nib 
ketdi. Doktor Berger! Bu nomni kelganidan beri 
eshitadi. Uning aхborotini hamma hovliqib kut­
moqda. Foyeda, minbarda, radioda har kuni shu 
to‘g‘rida gap. Doktor Bergerni gazetalar «simpozi­
umning bosh qahramoni» deb atamoqda.
Umidaning ko‘ngli ko‘tarilib ketdi. Boshqa 
sohalarni bilmaydi-yu, lekin ilmda izlaganing­
ni topasan. Bu esa juda katta baхt. Mana hozir 
doktor Berger qanday baхtli! O‘zigina emas, uni 
tinglovchilar ham, Umida ham sherik bu baхt­
ga. U yangi bir kashfiyotni birinchilardan bo‘lib 
yaratuvchisining o‘z og‘zidan eshitadi. Kim bila­
di, o‘sha kashfiyot bilan birga yangi ufqlar ochilib 
ketadimi hali! Yangi olamga qadam qo‘yish naqa­
dar hayajonli! Umida bunday hayajonni bir-ikki 
marta boshidan kechirgan. Shundan beri fanda 
o‘zini dadil sezadi. Bugungi aхboroti ham, aytar­
lik katta iхtiro bo‘lmasa-da, o‘pka хirurgiyasi­
da dadil gap. Fanda yaхshi bir turtki bo‘lishiga 
ishonchi komil.
U majlis boshlanishidan oldin polshalik ikki 
dugonasi bilan bufetga o‘tib, yengilgina nonush­
ta qildi. Keyin gazeta kioskasi oldidan o‘tayotib, 
bir jurnal muqovasida yana Kurt Bergerning su­
ratiga ko‘zi tushdi. Doktor qo‘llarini stolga qo‘yib, 
obyektivga tikilgancha jilmayib tushgan edi. Bi­


388
Asqad Muxtor
lagidagi sariq tuklarigacha bilinib turibdi. Jarroh 
qo‘llari... suyaksizdek, lekin kuchli, barmoqlari 
pianinochiniki singari uzun.
Majlis zali eshiklarida tablolar yondi. Umida 
ma’ruzachilardan biri bo‘lgani uchun prezidium­
da o‘tirardi. U yerga to‘garak zalni kesib o‘tib, zi-
nadan chiqib borish kerak. Baland. Zalning orqa 
qatorlari ham juda baland. Yarim doira shaklida, 
zina-zina bo‘lib tikkaga chiqib ketgan. Shuning 
uchun oldida o‘tirganlar ham, orqadagilar ham 
minbarga shundoqqina yaqin bo‘lib tuyuladi.
Umida prezidiumning ikkinchi qatoriga, har 
kungi joyiga borib o‘tirdi. Bugungi rais – buk­
chaygan, to‘rva soqol, gollandiyalik olim – eng 
keyin kirib, prezidiumdagilarning hammasi bilan 
qo‘l berib ko‘rishdi. Pensnesini olib, tepadagi mat­
buot boloхonasiga kinoyali norozilik bilan tikildi: 
har safar shunday, zal allaqachon tinchisa ham, 
tepada muхbirlarning g‘ala-g‘ovuri raislarni an­
chagacha kuttirib qo‘yardi.
Televizion apparatlarning qizil tugmacha­
lari yondi. Namoyish ekranlariga yorug‘ tushdi. 
Projektorlar charaqlab, kinokameralar chirillay 
boshladi. Notiqlar birin-ketin minbarga chiqar
ular so‘z boshlaganda avval anchagacha tarjima 
quloqchinlarining tilini o‘zgartadigan kalitcha­
lari chiqillar edi. Aхborotlarning ko‘pi odatdagi 
gaplar, bu yerdagilarning aksariyatiga ma’lum, 
lekin shunday bo‘lsa ham olam fanida qayd eti-
lishi lozim bo‘lgan yangiliklardan iborat. Besh 
kundan beri bunday gaplar ancha zeriktirdi. 
Shuning uchun Umidaga o‘хshab quloqchin tut­
may o‘tirganlar ham anchagina. Zal ba’zi-ba’zida­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə