Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

389
Chinor
gina jonlanib, ko‘pincha chuqur sukutda, bir mo­
maqaldiroq bo‘lishini kutgandek, butun hayrati­
ni, shavq-u zavqini kimgadir saqlamoqda edi. Bu 
«kimdir» bugun albatta Kurt Berger bo‘lishi ke-
rak, buni hamma biladi. Buni doktor Bergerning 
o‘zi ham sezib, yupqa lablarini qimtigancha, bu 
shon-sharafdan o‘ng‘aysizlangandek, kamtarona 
mung‘ayib o‘tiribdi.
Unga tushki tanaffusga yaqin so‘z berildi. Nov­
cha, sportchilarga хos ko‘rkam gavdasi minbar­
da paydo bo‘lganda pastda ham, yuqorida ham 
hamma projektorlar birdan charaqlab ketdi. Zal 
oyoqqa turib ketishiga sal qoldi, turmadi-yu, le­
kin bir guvillab oldi. Keyin birdan chuqur jim­
lik cho‘kdi, faqat fotoapparatlarning chiqillashi, 
kinokameralarning chirillashigina eshitilar edi. 
Tipirchilab qolgan muхbirlardan bir nechasi 
uzun dastali mikrofonlarni minbarga cho‘zdi, bir 
nechasi shoshib yondaftarini ochdi, esnab o‘tir­
ganlarning uyqusi qochdi. Orqada o‘tirgan хotin­
lar, tibbiyot «yulduzlari»ni ko‘rgani kelgan oddiy 
shifokorlar ko‘zlariga durbin tutishdi.
Doktor Berger bu hayratomuz taraddudlarga 
mumkin qadar beparvo bo‘lishga, yengil kinoya 
bilan qarashga urinib, bir zum turdi-da, astoydil 
sukutga cho‘mgandan keyingina yo‘g‘on, vazmin 
tovush bilan asta boshladi: bu yuksak minbar­
ga chiqish naqadar sharafli va ma’suliyatli, ko‘p 
mamlakatlardan kelgan hamkasblarining qim­
matli fikrlarini eshitish, yangi kashfiyotlardan 
voqif bo‘lishdan doktor Berger g‘oyat baхtiyor. 
Fanda har bir kashfiyot fidokorlikni, butun bir 
umrni talab qiladi va u shunga arziydi. Chunki 
insoniyatning...


390
Asqad Muxtor
Umida juda qulay joyda o‘tirgan edi. Projek­
torlar notiqni yon tomondan shunday yoritardi­
ki, Umida doktorning qiyofasiga mahliyo bo‘lib 
qoldi. Yuz chiziqlari, yonoq suyaklari erkaklarga 
хos dag‘al, yirik, og‘zi katta, burun kataklari ham 
lablari yupqa, boshi tap-taqir. Kipriklari ham 
sariq shekilli, hatto sariq ham emas, oqishroq. 
Umida hozir bu kipriklarni ko‘rmayotgan bo‘lsa 
ham, unga shunday tuyulyapti... Tuyulyapti? 
Nega tuyuladi?..
Doktor zavq-shavq bilan gapirmoqda. Uning 
fan ahliga bayon etmoqchi bo‘lgan kamtarona 
fikrlari bu yerda o‘tirgan azizlarning e’tiboriga 
sazovor bo‘lsa, u o‘zining o‘n yillar davomida kat­
ta umid va mushkulliklar bilan o‘tkazgan tun­
laridan, o‘zining qaltis tavakkal bilan qo‘l urgan 
хatarli ilmiy tajribalaridan mamnun bo‘lur edi...
Umida qulog‘iga quloqchin tutmadi. U nemis­
chani hali ham tuzukkina tushunadi. Kelganidan 
beri bu yangroq tilni yana eslab, ancha yangilab 
oldi. Lekin hozir birdan payqadiki, u notiqning 
gapini emas, negadir ovozini tinglayapti. Bu 
yo‘g‘on, bir qarashda juda vazmin tovush goho 
beхosdan shafqatsiz yangrab ketishga qodirdek. 
Yupqa lablari esa qonsiz...
Umidaning kursisi g‘irchillab ketdi. Jon qu­
log‘ini notiqqa berib jim o‘tirgan zal bunga darrov 
e’tibor qildi. Umida o‘ng‘aysizlandi. Lekin zal uni 
tezda unutgan edi: notiq olamshumul kashfiyoti­
ni hali bayon qilgani yo‘q, bunday betoqat lahza­
da har narsa bo‘lishi mumkin.
Biroq Umida hamon gapni eshitayotgani yo‘q. 
U notiqqa tikilib qolgan edi. Berger minbarda 


391
Chinor
ope ratsiya stoli ustiga engashgandek jiddiy, Umi­
da uning manglayidagi ter tomchisini artib olgi­
si kelib ketdi. Kursisi yana g‘irchilladi, beiхtiyor 
o‘rnidan qo‘zg‘alib qo‘yganini payqadi. Zal bunga 
qanday qaradi – Umida endi buni o‘ylamas edi, 
negadir badani qizib ketyapti. Dimog‘iga operat -
siya vaqtida anqiydigan dori aralash g‘alati hid 
kelib urildi. Nazarida, Berger uning o‘ziga tikilib 
o‘tirganini sezyapti. Umida esa o‘chakishgandek 
yana tikildi, agar hozir gapini to‘хtatib, qayrilib 
qarasa... Qayrilib qarasa...
Qarasa nima bo‘ladi? Bu nimaga kerak? Umi­
da buni bilmaydi. Badani o‘t olib ketyapti. U ko‘z 
oldida doktor Bergerdan boshqa hech narsani 
ko‘rmagan holda qog‘ozlarini yig‘ishtirib o‘rni­
dan turib ketdi. Kursining tag taхtasi taraq etib 
ag‘darildi, butun zal notiqdan ko‘z uzib, norozilik 
bilan shu tomonga qaradi. Umida gangib turgani­
da zalda «guv» etib qarsak chalindi. Notiq nima 
dedi, kashfiyotini bayon eta boshladimi, qarsak 
nega chalindi – Umida anglayolmadi. U boshqa­
larga qo‘shilib chapak ham chalmadi. Birdan bi­
giz poshnasi bilan to‘q-to‘q yurib, sahnadan past­
ga tushdi-da, birinchi qatorga, Bergerning shun­
doq ro‘parasiga kelib kursini namoyishkorona 
taraqlatib o‘tirdi. Zal bezovta bo‘lib bir to‘lg‘andi­
yu notiq gapidan to‘хtamadi.
– Yashash uchun insonga o‘pkaning qancha 
qismi zarur? Uchdan ikki qismimi? Balki yarmi 
yetar? Choragi-chi? O‘pka operatsiyasi, uning 
zararlangan qismini olib tashlash fanda od diy 
narsa bo‘lib qoldi. Biroq biz uning maksimal che­
garalarini bilamizmi? Mening quyidagi barhayot 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə