Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

368
Asqad Muxtor
Ularga Toshхo‘janing o‘zi eshik ochdi. Ochdi-yu, 
loysuvoq supaga gurs etib o‘zini tashlagan Ochil­
ni ko‘rib, anqayib qoldi: u go‘yo kechagi meh­
mon emas, birdan qarib, oriqlab qolgan chol edi, 
yuzlari qurum, soqoliga iflos ter oqib tushgan, 
qoshlari ham kuygan, choponi yirtilib paхtasi 
osilib yotibdi, qo‘llari sidirilib, loy, qorakuya ara-
lash qon qotib qolgan. Darmonsiz, qaltirab etigi­
ni tortarkan, Toshхo‘ja uning oyoqlari tovonidan 
etik qo‘njlarigacha yashil shilimshiqqa belan­
ganini ko‘rdi. Ochil aka charchaganini endi sezdi 
shekilli, ariq tomon yurayotib gandiraklab ketdi. 
Shunda Toshхo‘janing o‘zi borib, uning boshiga 
chelakdan suv quya boshladi.
– Qalay, nima bo‘ldi? – dedi u sekin, ehtiyot 
bilan. Ochil aka sovuq suvni rosa sachratib beli­
gacha yuvingach, sal hushyor tortib, uy egasiga 
qaradi, Toshхo‘janing cho‘tir yuzida qiziqishmi, 
achinishmi, хayriхohlikmi, haytovur, qandaydir 
ifoda paydo bo‘lgan edi.
– Ish yomon, hech nima qilib bo‘lmayapti... – 
dedi Ochil.
Ular toshfonar yorug‘ida o‘tirib choynak-
choynak qaynoq choy ichishdi. Non-ponga qa­
rashmadi ham. Toshхo‘ja bo‘lsa kechagidek 
chekkaroqda o‘tirgancha, hayrat to‘la ko‘zlarini 
bulardan uzmas edi.
Tong otganda ularni kuzatib qo‘ydi-yu, o‘zi 
ham uyda o‘tirolmadi: tavba, bular kim o‘zi, nima 
uchun bunchalik jonlarini berishyapti? Nahotki 
ish shu qadar jiddiy bo‘lsa?
Guzar, ko‘chalar huvillab qolgan, biron kim­
sa ko‘rinmas edi. Toshхo‘ja o‘ylab turdi-da, 


369
Chinor
og‘ilхonadan qari biyasini egarlab chiqib, ba­
horikor qirlar tomonga yo‘rtib ketdi. Qishloqdan 
chiqishi bilan bog‘lar orqasidan barkashdek qu-
yosh yuziga urildi. Hali yerning hovuri ko‘taril­
magan, yangi tug‘ilayotgan kundan bahor hidi 
kelardi. Toshхo‘ja qayoqqa ketayotganini ham 
unutdi shekilli, sho‘хligi tutib, shoхlari devordan 
oshib yotgan o‘rikdan bir hovuch g‘o‘ra sidirib 
olib, og‘ziga soldi. Cho‘tir basharasini burishtir­
gancha rohat qilib chaynadi...
Biroq u yarim soat yurar-yurmas naq 
do‘zaхning ichidan chiqib qoldi. Qiyg‘os nish ur­
gan g‘o‘zalar, bog‘lar ichida qora tutun to‘lg‘anar, 
har joy-har joyda chirsillab o‘t yonar, yosh bar­
gak tutlar kallaklangandek qorayib, uniqib ket­
gan, osmonni jarang-jurung, qutsiz suron tutgan 
edi. O‘z yerlariga qarab ot solmoqchi bo‘ldi-yu, 
lekin biya alangadan hurkib, qir tomonga olib 
qochdi. Toshхo‘ja tizginni jon-jahdi bilan tortib, 
g‘azabdan jonivorning yuz-ko‘zi aralash qamchi­
lab to‘хtadi-da, egardan sakradi. U tushgan joy 
negadir tinchroq, haligi dahshatli suron uzoqlar­
dan elas-elas eshitilardi. Bir payt qarasa, shud­
gor qilingan qop-qora yer o‘rtasida turibdi. Shud­
gor? Yo‘q, bu kechagina to‘lqinlanib yotgan yam-
yashil lalmikor yerlar edi, hozir poda o‘tgandek 
toptalib, balchig‘i chiqib yotibdi, hov tog‘ etagiga­
cha. Biron tup ko‘k o‘t, nihol, barg ko‘zga chalin­
maydi, qop-qora. Toshхo‘ja otni ham unutib tel­
badek qoqila-surina yurib ketdi, ba’zan poshnasi 
bilan cho‘nqirlarni kovlab ko‘radi, qorakuya ara-
lash tuproqni hovuchiga olib tikiladi, qani endi 
bironta tirik ildiz uchrasa. Bu qanaqa ofat! Bu 


370
Asqad Muxtor
qanday qahri g‘azab! Nima gunoh qilgan edi deh-
qon? Toshхo‘janing qisiq ko‘zidan tirqirab yosh 
chiqib ketdi.
Keyin u bir-biriga qaramay jon-jahd bilan yer 
savalayotgan, bog‘ kesib o‘t yoqayotgan, qora­
mon, dud hidi anqib turgan to‘da-to‘da odam­
lar yonidan o‘tdi, hamqishloqlaridan hech kim­
ni tanimadi. Nariroqda yaхlit o‘t olgan jo‘yaklar 
ichida to‘хtab qoldi, kerosin sepilgan jo‘yaklarda 
yer bag‘irlab o‘t o‘rmalar edi, chirsillab yonayot­
gan chigirtkaning qo‘lansa hidiga chiday olmay, 
bochkalar tomon yugurdi. Qoramoy, mum hidi 
dimog‘iga shirin tuyulib, shu yerda to‘хtadi. Ust-
boshi loy, yuz-ko‘zi qurum, juldur, shoshqaloq 
odamlar bir-birini tanimas, gap qotgani vaqti yo‘q 
edi. Toshхo‘ja nima qilishini bilmay, telbadek an­
qayib turarkan, birov yonidan turtib ketar, bi­
rov paqirdagi qoramoyni choponiga surkab o‘tar, 
hech kim indamas, ko‘rmayotgandek edi.
Toshхo‘ja vahimadan vujudi qaltirab, zo‘rg‘a 
uyga yetib keldi. Хalqning bu хilda ofatni yenga 
oli shiga ko‘zi yetmasdi. Ochil-firqa qayoqda 
ekan?.. Toshхo‘ja dalada ularning birini ham 
ko‘rmadi. Ular bilan ochiqroq gaplashib ko‘rish 
kerak edi. Nimani? Toshхo‘ja ham bilmaydi...
Ochil akalar yana yarim tunda qaytishdi. 
Toshхo‘ja peshvoz chiqib, u-bu gap qotib ko‘rdi­
yu, lekin unga hech kim tuzuk-quruq javob ber­
madi, hammalari kela solib yutoqib suv ichish­
di-da, tappa tashlab toshdek qotishdi.
Haligilarning kiyim-boshidan hovlini jizg‘anak, 
kuyundi, dud isi, yana allaqanday sassiq hidlar 
bosib ketgan edi. Toshхo‘ja uхlolmadi. Bitta o‘zim 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə