Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

356
Asqad Muxtor
Boshida chust do‘ppi, ovozi ingichka. – Nariroqqa 
borib qo‘nadi. Ekinga, bog‘ga, yaylovga yopirilib, 
ko‘kargan nimaiki bo‘lsa tomirigacha kemiradi, 
keyin qora yerga tuхum qo‘yadi. O‘n besh kun­
dan keyin bundan yuz baravar katta galalar yer 
bag‘irlab... – Mamajon tishi tishiga tegmay qalti­
rar, uning gapini eshitish og‘ir, badanlar jimirlab 
ketar edi. – Yosh chigirtka uchmaydi, yer bag‘ir­
lab o‘rmalaydi, o‘n-yuz chaqirim joyni egallab
iflos suvday yelib, g‘imirlab kelaveradi, har biri-
ning jag‘i tinmay ishlab turadi...
– Bas! – deb baqirib yubordi Ochil. Haligi 
qo‘lansa hid yana dimog‘iga kelib urilgan edi. U 
buni entomologning hikoyasidan deb bildi. Ammo 
qarasa, hid borgan sari zo‘rayib, ko‘nglini aynit-
yapti. Bir vaqt drezina ham siljimay qoldi.
– Chigirtka! – deb qichqirdi kimdir. Yerga qa­
rashsa, butun atrof, sho‘r bosgan dala, yo‘l, 
temir izlar ham keta-ketguncha sap-sariq! Oyoq 
bosgudek yer yo‘q. G‘ildirak bosganda chigirtka 
qatlami sitilib relslar yam-yashil shilimshiq mod­
da bilan qoplanar, g‘ildiraklar girillab bir joyda 
aylanar, drezina oldinga siljiy olmas edi.
Yerga tushib itarishga to‘g‘ri keldi. Pastga 
tushishlari bilan bu hisobsiz jirkanch hasha-
rot oyoq ostidan sakrab, yuzlarga ura boshladi, 
yelkaga, qo‘yinga, etik qo‘njiga, sochlar orasiga 
to‘ldi. Lekin boshqa iloj yo‘q, bu doiradan chiqib 
olish kerak edi, ko‘zni shartta yumib drezinani 
itarib ketishdi. Toshda ham, o‘tda ham, tuproq­
da ham, temirda ham oyoqlar toyardi. Ochilning 
tabiati shu qadar kir bo‘ldiki, birdan ruhi tushib 
ketdi. Gurkiragan bahor qo‘ynidagi bu chirkin­


357
Chinor
lik uning tasavvuriga sig‘masdi. Tizzalari qaltirab 
yarim chaqirimcha yugurganlaridan keyin, yuz
­
lariga sof havo tegdi, oyoqlari yerda tirak topib, 
qo‘yin-qo‘njilarini qoqdilar. Drezina tez yurib ket­
gach, salqin shamolda zo‘rg‘a o‘zlariga keldilar. 
Har birining ko‘nglida bu jirkanch ofatga qarshi 
kuchli nafrat, o‘ch alanga olgan edi.
Tuman markazida ularni qishloqma-qishloq 
bo‘lib yuborishdi. Ochil aka bilan Mamajon bir 
joyga tushdi. Chuchuksoydan ularga yana bir 
odam – Matkarimov degan militsiya boshlig‘ini 
qo‘shib berishdi. Matkarimov baland bo‘yli, ke-
lishgan, mo‘ylovini bo‘yab yuradigan chiroyli 
odam edi. Ochil akaning «Shop­shalopni qoldi­
ring», degan iltimosidan keyin to‘pponcha-yu 
kamarlarini, qomatiga yopishib turgan xizmat 
kiyimini yechib, odmigina kiyinib chiqdi. Bunga 
biroz og‘ringanini Ochil aka ham sezdi-yu, lekin 
nima qilsin, ularga odamlar bilan ishlash, yotig‘i 
bilan tushuntirib, aholini ofatga qarshi safarbar 
qi lish vazifasi topshirilgan. Bu yerda ozgina bo‘lsa 
ham zo‘rlik, do‘q, po‘pisa ketmaydi. Mili tsiya ki-
yimi, to‘pponcha bu yerda ziyon yetkazishi mum­
kin, хolos. Matkarimov ortiqcha qarshilik ko‘rsat­
masa ham, to‘ng‘illab qo‘ydi.
– Mahalliy sharoitni bilmaysizlar...
– Biz hukumat nomidan ketyapmiz, akasi, – 
dedi Ochil-firqa gapni qisqa qilib.
Shom oldidan uch otliq notanish qishloqqa 
kirib bordi. Qishloqning o‘zi ko‘rimsizgina bo‘lsa 
ham, atrofdagi manzara, tog‘ etagidagi yam-
yashil qirlar, uzoq-uzoqlarga cho‘zilib ketgan taх­
ta-taхta tekis dalalar, ikki yoni qator terak arava 


358
Asqad Muxtor
yo‘llar, bodroq-bodroq oqarib gullagan shaftolilar 
g‘ira-shirada sirli ko‘rinar edi. Ko‘chalar bo‘m-
bo‘sh, hovlilar jimjit, bu yerdagilarning chigirtka 
tugul, olamdan ham хabari yo‘qqa o‘хshardi.
Qishloq kengashi oldida otdan tushdilar. Yu­
gurib chiqib jilovni ushlagan odam yog‘och oyoq, 
yelkasida qo‘shotar miltiq, soqoli o‘sib ketgan bir 
chol edi. Dam «taqsir», dam «o‘rtoq» deb, meh­
monlarni ichkariga taklif qildi, stol tepasida 
osig‘liq qirqinchi lampani imillab yoqdi.
– Siz kimsiz?
– Men qorovulman, taqsir... o‘rtoq.
– Bizga rais kerak.
– Rais? E-ha... shundoq deng? Хo‘sh... rais 
yo‘q, o‘rtoq... taqsir.
Bu g‘alati odamdan Ochil akaning ensasi qotdi.
– Qo‘shotarni bundoq qo‘yib gapiring, birodar. 
Otingiz nimadi? Qurbonali? Gap munday, Qur­
bonali. Bizga qishloq raisini chaqirib bering.
– Rais yo‘q.
– Qayoqda?
– Yo‘q, butunlay yo‘q. 
– Bu qanaqasi?
Qorovul chaynalavergandan keyin mehmon­
lar kim ekanliklarini aytib, o‘zlarini tanitishdi. 
Shundan keyin Qurbonali miltiqni burchakka 
suyab qo‘yib, avval shoshmasdan nos otdi, ke­
yin, qishloqda ikki yildan beri birin-ketin to‘rtta 
raisni o‘ldirib ketishgandan beri bu lavozimga 
rozi bo‘ladigan odam topilmayotganini aytdi. «Ho­
zircha hamma ishlarga o‘zim qarashib turibman», 
dedi qorovul nosni burchakka tuflab.
Mehmonlar bir-birlariga qarab olishdi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə