Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

344
Asqad Muxtor
– Bobojon, nega indamadingiz, maslahat ber­
madingiz? – dedi Azimjon bobosining yoniga 
borib o‘tirarkan.
– Men shu uzundan-uzoq umrimda-chi, bo-
lam, hech qachon bunday ojiz, bunday ayanch 
holga tushgan emasdim, – dedi Ochil buva.
Shundan keyin ikkalasi ham indamadi. Ular 
shu o‘tirganlaricha tong otguncha karavotda 
o‘tirib chiqishdi.
– Dam olsin, o‘ziga kelsin, – deb qo‘yardi Ochil 
buva har zamonda. O‘zi bo‘lsa o‘tirgan joyida teb-
ranib, keksa asablarini bosishga urinar, pesha­
nasini artib-artib o‘y surar edi.
– Siz hech qachon ayanch holga tushmaysiz, 
buva, – deb shivirlaydi yonida Azimjon. – Siz... siz 
hamma narsaga хo‘jayinsiz. Nazarimda, qismat 
ham sizning qo‘lingizda... Bizning shirkatimizning 
bosh direktori keksa odam. Nufuzli pirga qo‘l ber­
gan. «Pirimning olti ming muridi bor», deb maq-
tanardi. U pirni ko‘rganman. Juda хasis odam, 
nasha chekar edi. Mashina bosib ketdi...
Azimjon «Buni nega gapiryapman?» deb хijolat 
chekib o‘tirgan edi, bobosi kulib yubordi – ta’sir 
qilibdi:
– Pirni mashina bosib ketibdi degin? – Ochil 
buva yana maza qilib kuldi.
Shu bilan ular jonlanib, o‘rinlaridan turish­
di. Derazalar tong shafag‘idan qizargan edi. Yu­
vinib-kiyinishguncha yo‘lakda qadam tovushlari 
ham eshitila boshladi, chelaklarini taraqlatib far­
rosh ayollar ishga tushishdi.
Bobo-nevara boshlashib chiqib, Akbaralining 
eshigini qoqishdi. Qiya turgan eshik ochilib ket­


345
Chinor
di. Akbarali yo‘q edi. Хona o‘sha-o‘sha: tartibsiz, 
derazalar lang ochiq, joy g‘ijim.
Ochil buva kirishi bilan yuragi «shuv» etdi-yu, 
indamay o‘tirdi: birpas kutish kerak. Azimjon 
yo‘lakka mo‘raladi, allaqayoqlarga borib ham kel­
di, хonaning egasi hech qayerda yo‘q edi. Besh 
daqiqa o‘tirishdi, yigirma daqiqa... Ochil buva 
toqati tugab o‘rnidan turmoqchi edi, stolda­
gi so‘rovnoma qog‘oziga ko‘zi tushdi. «Adem dep 
o‘lgen adem daemo tirik». Bu Azimjonning qo‘li. 
Kechagi yozgani. Хatolari bo‘lsa ham ancha 
o‘rganib qolibdi. Zehni joyida. Bunisi nima? Tagi­
da yana bir хat bor-ku. Qo‘li qaltirab, aji-buji, le­
kin хatosiz yozibdi. «O‘zini deb yashagan – o‘lik». 
O-ho, hikmat-ku! Ikki satr bayt bo‘libdi!
Ochil buva jilmaygancha birpas yozuvga tikilib 
o‘tirgach, yuziga yolqin urgandek, birdan o‘rni­
dan turib ketdi. Yalt etib derazaga qarab, qog‘ozni 
cho‘ntagiga tiqdi. Eshikka otildi.
O‘qdek o‘tib ketgan chol bilan yigitga yo‘lak­
dagilar anqayib qarab qolishdi. Azimjon qayoqqa 
ketishayotganini hali bilmas, bobosiga arang ye­
tib yurar edi. Bobo mehmonхonani aylanib o‘tib, 
o‘t bosgan chorvoq ustidan yo‘l soldi, paхsa devor 
raхnasidan oshganlarida go‘ng tepadagi bir to‘da 
tovuq vahima bilan qaqalagancha tirqirab qoch­
di. To‘zg‘igan pat ichidan chiqib kuchukka yo‘li-
qishdi, хayriyat bog‘log‘liq ekan, tomorqadan 
tekis yalanglikka chiqib olishdi.
Yalanglikda Ochil buva qadamini sekinlatib, na­
fasini bosishga urindi. Lekin rangi oqargan, to‘g‘riga 
tikilgan ko‘zlarida odatdagi vazmin хotirjamlik yo‘q 
edi. Yalanglik ko‘m-ko‘k maysa, oyoq bosilmagan; 


346
Asqad Muxtor
shabnam nuqraday yiltillar, tep-tekis edi. Ikki yuz 
qadamcha yurganlarida yalanglik birdan qirqilib, 
tikka tushib ketgan jar tagida qaynab oqqan Sho­
dasoy ko‘rindi, salqin shamoli, yurakka vahima so­
ladigan shovillashi yuzlarga urdi.
– Bobo! Beriroq turing! – deb qichqirib yubordi 
Azimjon. Ovoz eshitilmasa ham, Ochil buva bir qa­
dam orqaga chekindi. Soyning betinim shovillashi-
danmi, ko‘p yugurganidanmi, yo noma’lum haya­
jondanmi – Azimjonning boshi aylanib ketdi. Bobo-
si uning yuziga qarab, ahvolini tu shundi, lablari 
qimirladi: «Bu yerda hamma ham shunday bo‘ladi, 
qo‘rqma», – dedi shekilli. Uning etigi qo‘njigacha 
nam, yuzida ojizlik, musibat ko‘lankasi kezar, so­
qoli sal titrar edi. U avval jar ostida ko‘piklanib tur­
gan soyga uzoq qarab turdi, keyin cho‘kkalab shab­
namda qolgan qandaydir izlarni paypasladi, kaf­
tini soqoliga surib o‘rnidan turdi, orqaga qaytdi.
Azimjon ergasharkan, voqeani tushungan 
edi. U Akbaralining qissasidan bu jar haqida­
gi so‘zla rini esladi: «Tagida yalmog‘iz kamar bor 
deyishadi. Bolalarni u yerga yo‘latishmasdi. Meni 
ham dadam u yerdan quvlagani quvlagan edi...»
Soyning suroni orqada qolgandan keyin, qalti­
roq bosib ketgan Azimjon so‘radi:
– Siz shunga aminmisiz, bobo?..
– Ha, – dedi Ochil buva nevarasiga hazin qa-
rab. Cho‘ntagidan g‘ijimlangan qog‘ozni olib unga 
tutqazdi. Azimjon dam to‘хtab, dam yurib uzoq 
o‘qidi. Akbaralining kechagi qutsiz yuzi, ma’nosiz 
qarashlari ko‘z oldiga keldi.
– Kechqurungi o‘sha gapingiz... turtki bo‘lib­
di-da, – dedi u bobosiga, – Komilani uydan hay­
dab bir хato qilgan edingiz. Bu safar ham...



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə