Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

347
Chinor
– Bu safar хato qilganim yo‘q. O‘zi... bandi 
mo‘rt edi. Uchdi-ketdi.
– Berahmsiz...
– Hayot berahm. – Cholning qatlam-qatlam 
ajin bosgan ko‘z yoshlari namlandi. – Qo‘rqoqqa 
ayniqsa berahm. Bola ahvolni o‘zicha tuzatmoq­
chi bo‘lgan. Lekin yana qo‘rqoqlik bilan. Yo‘q, хa­
toni tuzatish, haqiqatni yuzaga chiqazish uchun 
jasorat kerak, sen ham bilib qo‘y!
Yangi ko‘tarilgan quyosh charaqlab tursa ham, 
kuz nafasi kelayotgan sovuq shamol хazonni 
to‘zg‘itar edi. Bu shamol maysalardagi shabnam­
ni ham, shabnamdagi izlarni ham birpasda yalab 
ketdi. Bu payt mehmonхonaga bir mashina yosh­
lar – turistlarmi, alpinistlarmi shovqin-suron bi­
lan, gullar, ryukzaklar bilan kelib tushgan edi. 
Eshik oldidagi maydon guvillab yotardi. «Bularga 
joy bo‘shatib berish kerak», – deb o‘yladi ichida 
Ochil buva. Shoshib zinadan chiqib bordi. Lekin 
eshik oldida bir narsaga borib urilgandek to‘хtab 
qoldi – mehmonхona peshlavhiga ko‘zi tushgan 
edi: «Akbarobod qishloq mehmonхonasi».
Ochil buva yozuvga yana yaqinroq kelib tikil­
di, iztirobda ko‘zini oldi, atrofdagi odamlarga qiya 
boqdi. Eshik tomonga yurib, yana orqaga qaytdi. 
U gangib qolgan, vajohati shunday ediki, Azim­
jon: «Bobom hozir lavhani mushti bilan urib chil­
parchin qilsa kerak», deb o‘yladi.
– Bobo... – dedi sekin.
Ochil buva bo‘shashib, ichkariga qadam qo‘ydi. 
O‘z хonalarida birpas jim o‘tirib asablariga dam 
berishdi.
– Endi nima qilamiz, bobo?


348
Asqad Muxtor
– Nima qilardik?.. Qani, tuguningni tug. 
Azimjon hayron bo‘ldi.
– Shundoq ketaveramizmi?
– Odamlarga joy bo‘shatib berish kerak. 
Azimjon: «Bunday chigal voqeani bilgandan 
keyin nimadir qilish, nimanidir aniqlash kerak, 
buning nima ekanini bobom o‘zi biladi», – deb 
o‘ylagan edi, garang bo‘lib qoldi.
– Sen nima, Ochil buva hamma narsani bila-
veradi deb o‘ylovdingmi? – dedi chol qaltiroq 
qo‘llari bilan narsalarni saranjomlashga qa­
rasharkan.
Azimjon indamadi. Ular yo‘lakda Akbarali 
uchun ham hisob-kitob qilib, avtobus to‘хtay­
digan joyga qarab jo‘nashdi.
Hamma ish qandaydir g‘ayriiхtiyoriy bir ho­
latda bajarilar edi. Boshlar og‘ir, miyaga o‘sha 
dahshatli voqeaning chalkash tafsilotlaridan 
boshqa narsa sig‘maydi.
– Aslida hech narsani o‘zgartirmay, shunday 
qoldira qolsa ham bo‘ladi, – dedi Azimjon хur­
junni yelkasida ko‘tarib borarkan, – o‘lganmi 
– o‘lgan. Shaharcha uning nomida. Yopig‘liq qo­
zon yopig‘liq. Bektemir degan odamga nisbatan... 
hech kim bilmaydigan adolatsizlikning kimga zi­
yoni bor?
– Ha, agar sen bo‘lmasang, men bo‘lmasam, 
yoki ikkalamizning ham vijdonimiz bo‘lmasa – 
bo‘lak gap edi. Lekin vijdonni qayoqqa qo‘yamiz? 
U yeydi-ku sen bilan meni...
– Shunday deysiz-ku... juda chiroyli qilib 
qo‘yishibdi-da. Shahar, muzey, haykal, gullar, 
o‘quvchilar, lavha, muhr...


349
Chinor
– Ko‘ngillardagi ezgulik, inson mardligiga 
ishonch-u hurmatni aytmaysanmi! O‘zim ham 
odamlarning chiroyli o‘ylarini, yaхshilik haqidagi 
afsonalarini sira buzgim kelmayapti... Lekin bun­
day qoldirib bo‘lmaydi. Chiroyli narsa sof bo‘lishi 
kerak... Odamlarning tuyg‘usi bilan o‘ynashish 
gunoh. Qaydam, bilmadim, bolam, o‘ylash ke rak. 
Sen ham o‘yla. Hozir emas, boshimiz andak hush-
yor tortsin, maslahat soladigan odamlarimiz bor...
Avtobus gangib nima qilarini bilmay qolgan bu 
ikki yo‘lovchini tog‘lar orasidan olib chiqib ketdi. 
Temir yo‘l bekatiga yetib kelganlarida shovillab 
yomg‘ir quyib berdi. Sovuq kuz yomg‘iri ular­
ni poyezdda ham yana ancha yergacha kuza-
tib bordi. Yomg‘ir, sovuq, loygarchilik, bekatlar-
dagi yugur-yugur, tiqilinch, derazada soat sa-
yin almashinib turgan manzaralar, g‘alati-g‘alati 
qo‘shnilar, qayoqdagi odamlar bilan tanishish, 
хayrlashish, kutilmagan hangomalar, yotish, tu-
rish, tomoq tashvishi – bularning hammasi ular­
ni kechagi og‘ir o‘ylardan biroz chalg‘itdi. Lekin 
Azimjon hamon kamgap edi. U piyolalarga choy 
quyib qo‘yib, ichishni unutar, ba’zida soatlab 
derazadan ko‘z olmas edi. Qarindoshining g‘ala­
ti o‘limi hamon хayolidan ketmasdi. Tashqarida 
esa kuzgi yomg‘ir yuvgan uzumzorlar, onda-son­
da kahrabodek sap-sariq behi, palaklarda o‘ksib 
qolib ketgan so‘lg‘in хamaklar yiltillab qolar, 
dam yana birdan ko‘z ilg‘amas kengliklar bosh­
lanib, uzoq-uzoqlarda ko‘k koptokdek yumaloq 
sadaqay rag‘och, kimsasiz shiyponlar ko‘zga tash­
lanar, paхtasi terib olingan dalalar esa goh jigar­
rang, goh surmaday qorayib ko‘rinar edi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə