Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

AKBARALI G‘OZIYEV
(1931–1960) konchi do‘stlarini halokatdan 
qutqarish yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Akbarali endi hech narsaga hayron bo‘lmay­
digan bo‘lib qolgan. Hayron bo‘lish, o‘ylash qobili­
yatini yo‘qotgan, bir mo‘jiza yuz berib, otasi bilan 
onasi tirilib kelib, hozir ro‘parasida paydo bo‘lsa 
ham, hayratda qolmas edi chog‘i. U bir qo‘li bilan 
хarsangga suyangancha qotib qoldi, ko‘zi tindi. 
Anchadan keyin zarhal harflar ko‘z o‘ngida yana 
paydo bo‘ldi: «Akba... Akbarali G‘oziyev... halok 
bo‘ldi».
U yana ko‘zini yumdi. Miyasining qaysi bir bur­
chidadir kichkinagina umid, bir o‘y sarg‘aygan 


339
Chinor
bargday zo‘rg‘a ilinib, qiltillab turar edi: «Ko‘zimga 
ko‘rinyapti, hozir ko‘z ochaman-u, mening otim 
o‘rnida Bektemir akaning oti paydo bo‘ladi!..»
Yo‘q, yana o‘zining oti paydo bo‘ldi. U harflarni 
paypaslab ko‘rdi, ularni qaltiroq barmoqlari bilan 
qo‘porib tashlashga ham urindi. Tilla rang harflar 
tovlanib turardi. Keyin Akbarali tars yorilib keta­
yotgan chakkasini ushladi. Shu payt barmoqlari­
ga boqsa – qon, tirnog‘i qayrilib ketibdi.
Qon yuqini ko‘rib hushi yorishgandek bo‘ldi, 
bu qon allanimalarni esiga soldi. Qon, zaх... 
qorong‘i shtreklar. Dahshatli shovqin, achchiq 
yovvoyi tovush, ingrash...
Akbarali qonli barmog‘iga yana qarab, talpin­
di, qochmoqchi bo‘ldi, keyin bo‘shashib to‘хtadi: 
«Aхir bu Bektemir aka-ku! Bektemir aka halok 
bo‘ldi! Odamlarni deb... majaqlanib ketdi!»
U qovjiragan maysaga o‘tirib yig‘ladi. Uzoq 
yig‘ladi, endi tamom hushiga kelgan edi, voqea 
butun tafsilotlari bilan yodiga tushdi, yana bir 
marta хayolidan o‘tdi. Hatto o‘z ko‘zi bilan ko‘rma­
gan tafsilotlar ham ko‘rinib ketdi ko‘ziga. Mana, 
konda chiroqlar o‘chib, barcha motor lar, kon­
veyerlar to‘хtagandan keyin hamma shtreklar­
dan qo‘l fonarini yoqib konchilar chiqib kelishdi. 
O‘n, o‘ttiz, yetmish, yuz kishi... Ular transfor­
mator yonida temir tom bosgan yolg‘iz murdani 
topadilar, qurshab oladilar, kaskalarini yechadi-
lar. Qorongida uzoq sukut. Yuzlab odamlar hayo-
tini saqlab qolgan bu mardning kim ekanligini 
hech kim aytolmaydi, yuzi tanib bo‘lmaydigan 
darajada majaqlanib ketgan... Keyin kostyum... 
kostyum cho‘ntagidan ruxsatnoma shaхsiy gu­
vohnoma chiqadi.


340
Asqad Muxtor
Akbarali Bektemir akaning baхtiyor kulib tur­
gan yuzini ko‘z oldiga keltirdi, u konchi kiyimini 
kiyganda qanday quvonib ketgan edi: «Yarashdi, 
yarashdi, Bektemir aka!» «Ha, yaqinda o‘zimga 
ham tegadi!..»
Guvohnoma: Akbarali G‘oziyev. Hamma yer­
da hayratomuz, musibatli tantana. Namoyishlar. 
Akbaralining nomi tildan tushmaydi. Qariyalar 
duoda, tirik qolgan konchilarning bolalari uning 
fidokorligiga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazadilar. 
Haykal, muzey... Konchilar qishlog‘i «Akbarobod» 
deb ataladi. «Akbar» desa onalarning ko‘ziga yosh 
keladi. Akbarali ezgu nom...
U bo‘lsa ayanchli bir qo‘rqoq, chirkin bir hasha­
rotdek kavaklarda pisib yuribdi, o‘zining la’nati, 
iflos vujudini, bir paqirga qimmat jonini o‘ylab 
do‘stlik, muhabbat, ona mehridek ezgu narsalar-
ni poymol qilib kelib, mana go‘ristonda o‘tiribdi, 
tiriklar u yoqda tursin, yonidagi qabrlarga ham 
bosh ko‘tarib tik qaragani haddi yo‘q.
«Odamlarning soddaligi! Odamlarning sofli­
gi... aziz armonlari. Yo‘q, bular meni bu dunyo­
ga sig‘dirmaydi. Men qayoqqa borishim kerak? 
Bektemir aka! Notanish odam... Qora yerda men 
yotsam bo‘lmasmidi! – Akbarali qabr toshidan 
boshini ko‘tardi. – Men yana o‘zimni o‘ylayap­
man. Nahotki shundan boshqaga yaramasam?.. 
Yarar edim, o‘sha bir zum daqiqadan o‘tib olsam, 
albatta yarar edim. Lekin endi... endi kech. Bir 
zumlik хato. Bir nafas tubanlik... uni endi butun 
hayotimni berib ham tuzatib bo‘lmaydi. Akbarali 
o‘zining haykaliga qaradi. – Хayr... Bektemir aka».
Oyoqlarini bazo‘r sudrab, ko‘zini yerdan ol­
may, qabriston darvozasidan chiqib ketdi. Meh­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə