Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

353
Chinor
da kutib oldi. Yarim kecha edi. Ochil bu kutib ol­
ganlarning tungi saro simasini ko‘rib, hayron qol­
di: parovoz yo‘q, vagon yetishmaydi, hammasini 
kerosin, smola, dorilar yuklab janubga to‘хtov­
siz jo‘natib turishgan ekan. Bularga transport 
yo‘q, lekin qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham hoziroq 
jo‘natish haqida buyruq bor ekan. Drezinada 
jo‘nashga to‘g‘ri keladi...
– Drezinada? Shuncha joyga kechasi-ya?
– Ha, o‘rtoqlar, – dedi bekat boshlig‘i. U ko‘k 
paхtalik kiygan, ko‘zlari qizil, rasmiyroq va juda 
ishchan kishi ko‘rinar edi. – Suv-puv olvolinglar, 
hozir jo‘natamiz.
Ochil gapning jiddiyligiga endi astoydil ishona 
boshladi.
To‘rt yarim ot kuchiga ega bo‘lgan motodre-
zinaning uch kishilik baland o‘rindig‘iga besh ki­
shi zo‘rg‘a joylashib, tong qorong‘isida yo‘lga chiq­
ishdi. Avval bu o‘zi yuradigan o‘yinchoq dek ham­
maga bolalarcha quvonch bag‘ishladi, namхush 
o‘t-alaf hidi dimoqqa urildi.
– Chu, jonivor! – dedi kimdir sho‘хlik bilan. 
Yo‘lovchilarga jon kirib, hazil, kulgi, hangoma 
anchagacha davom etdi. Lekin bora-bora tun­
ning rutubatli salqini zahrini o‘tkazib junjikti­
ra boshladi, cheksiz qorong‘ilikka dumalab ke­
tayotgan bu bir ko‘zli shayton aravani to‘хtatib 
bo‘lmasdek tuyular, yolg‘iz farasi yo‘l chetida­
gi o‘ydim-chuqurlarni uzoqdan tubsiz jarlikday 
ko‘rsatar edi.
Uch soat davomida oldilarida bironta chiroq 
miltillab ko‘rinmasa-ya. Хunuk uvlaydigan chi­
yabo‘ridan bo‘lak tirik jon egasi uchramaydi. Diy­


354
Asqad Muxtor
dirab qolgan entomolog yigit – uning oti Mama jon 
– Ochil-firqaning pinjiga kirib ketdi, Ochil ham 
g‘ujanak bo‘lib olgan bu kichkinagina vujudni 
butun gavdasi bilan to‘sib, isitishga urinar, gap­
ga solar edi. Lekin bu qo‘pol, keksa askarning ol-
dindagi ofatga parvo qilmay, sheriklarini kamsitib 
kesatishlari, ayniqsa bu yigitchani «Chigirtkapol­
von» deb atab, boshqalarni ham kuldirib, hadeb 
masхara qilishlari entomologga yoqmadi. Bu yerda 
sariq ofatning nima ekanligini hozircha faqat shu 
yigitchagina uncha-muncha tasavvur etardi.
Tong qandaydir birdan yorishdi. Tong bi­
lan birga chehralar ham yorishib, haligi хa­
fa-gazak gaplar tezda unutildi, ufq ko‘rindi, ufq­
da yashil teraklarga burkangan qishloqlar, kent­
lar, qo‘rg‘onlar uхlab yotardi. Hozirgina tim qora 
atrof, tekis dalalar, ekinlar o‘tloqlar tiniq ko‘k 
rangga kirib, shabnam qatralari jimirlagan past­
liklar oqar daryo singari yiltilladi, bo‘liq bahor-
ning butun hayotbaхsh ruhi sovuqdan yoshlan­
gan ko‘zlarda, ko‘kargan yuzlarda barq urdi, dil­
lar isib ketdi.
Ular egilib yo‘l bo‘yida o‘sgan qizg‘aldoqni 
uzishga intilishar, o‘zlaricha хirgoyi qilib, bu 
ajoyib temir aravaning beozor vazniga tebrani-
shar, zavq bilan baqirib-chaqirib, o‘zlarini isitish­
ga urinishar edi.
Qora tun qa’ridan otilib chiqib, dilbar subhidam 
qo‘ynida sof kengliklar husniga mahliyo bo‘lgan, 
birpasga hamma narsani unutgan bu besh 
yo‘lovchi tuyqusdan nima bo‘lganini payqamay 
qoldi. Hamma o‘zini quduqqa tushib ketgandek 
his etdi. Yo‘q, drezina ag‘darilgani yo‘q. Lekin os­


355
Chinor
mon to‘nkarilgandek, beхosdan boshlar aylanib, 
ko‘ngil aynib, hammani dahshat, qo‘rquv bosdi. 
Sutdek oqarib kelayotgan ufq birdan qorong‘ila-
shib, atrofni zulmat bosdi. Drezinaning payvasta 
sadosi eshitilmasdi, bosh ustidami, quloq ichi­
dami nimadir g‘imirlar, shitirlar, asta shitirlasa 
ham olamni tutgandek edi bu yoqimsiz sharpa.
Bu jarlik ham emas, osmon ham to‘nkaril­
magan, bu bulut edi. Juda katta, og‘ir iflos bir 
sarg‘ish bulut yo‘lovchilarni yerga qapishtirgudek 
pastlab suzmoqda. Ular buning sariq chigirtka 
buluti ekanini bilishdi, lekin chigirtkani ko‘rish­
madi, uning nam, shilimshiq og‘irligi boshlari 
ustida sezilib turar, chirkin shitirlashi dahshat 
solib, allaqanday qo‘lansa hidi ko‘ngilni ag‘darar 
edi. Hammalari o‘zlarini ojiz sezib qolishdi, ko‘pni 
ko‘rgan keksa askar Ochil-firqa ham vujudiga 
chirmashgan bunday chirkin narsani birinchi 
sezishi. Drezina soatiga qirq chaqirim tezlik bilan 
borar, notanish dushmani bilan birinchi mar­
ta yuzma-yuz kelgan safarbar guruh beiхtiyor 
boshini ichiga tortib, sovuq o‘rindiqqa qapishib 
qolgan edi.
Ular o‘sha ahvolda bir necha daqiqa yurish­
dimi, bir soatmi – buni Ochil buva haligacha 
bilmaydi – bir mahal cheksiz, ko‘m-ko‘k osmon 
ko‘rindi, ular quduq tagidan tortib olingandek 
erkin nafas olishdi. Sassiq, og‘ir, yashil bulut 
o‘tib ketdi. Lekin ko‘ngilda vahimasi qoldi. Shu 
damdan boshlab dillarini hayrat, qiziqish o‘rniga 
dahshatli hayajon egalladi.
– Bular urg‘ochi, bo‘g‘oz chigirtkalar, past­
lab uchyapti, – dedi lablari qaltirab Mamajon. 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə