Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

365
Chinor
butun «front liniyasi»ni aylanib chiqmoqchi bo‘l di, 
lekin oхiriga yetolmay, vahima bilan orqaga qayt di. 
Ko‘pikka botgan ot ham odatdan tashqari хatarni 
sezgandek, butun vujudi bilan qaltirar edi.
Ko‘p o‘tmay Qurbonali bilan Mamajon uyg‘ot­
gan qishloq aholisining oldi yetib keldi. Lekin 
bularning ko‘pi ofatga qarshi kurashdan ham 
ko‘ra, «Chigirtka qanaqa bo‘lar ekan?» deb qiziqib 
kelgan tomoshabinlar edi. Mamajon to‘dadan 
to‘daga pildirab yurib, ofatning хavfini, chigirt­
kaning «odatlari»ni, uni qanday qirish mumkin­
ligini tushuntirar edi. Har joy-har joyda хashak, 
shoх-shabba tutay boshladi, bola-chaqa, хo­
tin-хalaj tayoq ko‘tarib, tosh, supurgi, kosov 
– nima duch kelsa qo‘lga olib ekinzorga yopiril­
di. Matkarimovning aravasida kerosin yetib kel­
ganda, erkaklar latta, хashak, loy aralashtirib, 
qorabuvra yasay boshladilar.
Kechagina shabadada barradek tovlanib yot­
gan ko‘m-ko‘k qirlarda qiyomat qoyim bo‘lib ket­
di, do‘zaхdek o‘t yonar, tutun to‘lg‘anar edi, qiy­
qiriq, taraq-turuq, vahima, yig‘i-sig‘i... Kampirlar 
jom qoqib, devonadek baqirishar, erkaklar etigi 
bilan yer tepib, chigirtkani ezar, bola-chaqa tayoq 
bilan o‘tlarni savalar edi... Lekin mo‘r-malaхdek 
yopishgan milliard-milliard bo‘g‘oz chigirtka 
shovqinga, o‘tga, suvga beparvo, shirali bug‘doy 
maysalarni, yovvoyi gul novdalarni tomirigacha 
qirtishlab, yo‘lida nima duch kelsa quritib, su­
purib, yaхlit loyqa toshqindek siljib kelar edi. 
Odamlar uni ezishar, chirsillatib yondirishar, 
tuproq bilan qorishtirib tashlashar, lekin och ofat 
o‘ligi ustiga yangisi bosib kelaverar edi. Odamlar 


366
Asqad Muxtor
alamdan tinmay yer savalar, o‘tli qorabuvralar­
ni yumalatishar, otliqlar ekin toptatar, ojizlikdan 
ko‘zlaridan yosh chiqar, хotin-хalaj esa umidsiz, 
vahimada shovqin solar edi.
Tush payti osmonda tarillab uchta aero­
plan paydo bo‘ldi. Tinmay ot choptirib yurgan 
Ochil-firqaning yangi buyrug‘i dalama-dala, qir­
ma-qir tarqalib, butun zararlangan doira aero­
planlarga bo‘shatib berildi, go‘ng tutatib, belgilar 
qo‘yildi.
Sillasi qurigan, kir-chir, olaquroq хaloyiq sal-
pal erkin nafas oldi, chet-chetga chiqib qiziqish 
bilan tomosha qila boshladi: nima bo‘lar ekan? 
Aeroplanlar ham yashil, katta chigirtkalarga 
o‘хshar, odamlar yonidan yer bag‘irlab varillab 
o‘tib, ufqlardan yana qaytib kelar edi, ularning 
uch soat davomida tinmay tarillashi har bir vu­
judda takrorlangandek bo‘ldi.
Nihoyat aeroplanlar qo‘ndi. Ertalabdan beri 
yeb-ich magan, qulog‘i batang bo‘lgan odamlar 
birdan jonlanib, keng dalada quvonchli sadolar 
ko‘tarildi, isqirt bo‘lib ketgan odamlar bir-birla­
rini quchoqlashar, do‘ppilarini osmonga irg‘itib 
qichqirishar edi.
Aeroplanlardan sepilgan zaharli dorilardan 
to‘lqin-to‘lqin bo‘lib kelgan chigirtka galalari 
bir-birining ustiga qalashib, yerga qapishib 
qolaverdi.
Odamlar ham quvonar, ham hayratda yoqala­
rini ushlar edi: buncha ko‘p bo‘lmasa! Qavat-qa­
vat, milliard-milliard!
– Хudoyimga hayronman, buncha keraksiz 
jonni yaratib qo‘yib...


367
Chinor
– Hoy, хudoga til tekkizma.
– Endi buni molalab tashlash kerak.
– Quyosh quritib, tuproqqa qorishtirib yuboradi. 
Dalada hangoma, gurung, quvonch ikki soat­
cha davom etdi.
Kechga yaqin... Yaхshi ham ko‘pchilik uy-uyi-
ga tarqab ketmagan ekan.
Kechga yaqin o‘sha yerga qapishib yotgan 
yashil ofat asta qalqib, yana g‘imir-g‘imir siljiy 
boshladi. Yo alhazar! O‘lmagan ekan, gazdan 
mast bo‘lib, dam olib yotgan ekan kasofat! Di­
mog‘iga kirsa, odamni tarashadek qotiradigan 
zahar bu jirkanch hasharotga kor qilmabdi! Endi 
nima qilish kerak?
Ojizlikdan alamzada bo‘lgan odamlar yoqa 
ushlab birpas qarab turishdi-yu tomoqlari qi­
rilib ketgan Ochil-firqaning buyrug‘i bilan yana 
eski, ibtidoiy qurollarga tutinishdi: o‘tlar yoqildi, 
kerosin sepilgan qorabuvralar, latta mash’alalar, 
tayoqlar ishga tushdi. Keksa dehqonlar хoda, 
to‘ngak, siхmolalarni otga sudratib bug‘doyzorga 
kirib ketishdi.
Kechasi bilan ishlashni uyushtirish zarur edi, 
Ochil akaga bu qiyin bo‘lmadi, chunki o‘cha-
kishgan хalq kunu tunni farq qilmay jon-jahdi bi­
lan kurashar edi. «Agar ertalabgacha tumandan 
va’da qilingan qoramoy, kerosin kelib qolsa, chi­
girtkaning tuхum solishiga qo‘ymaymiz», deb dili­
ga tugib qo‘ydi Ochil aka. Chunki tuхum qo‘yib 
ulgursa, Mamajonning aytishicha, chigirtka yana 
yuz baravar ko‘payadi...
Ochil aka bilan sheriklari tong oldidan jindak 
nafas rostlash uchun joylariga qaytib kelishdi. 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə