Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

318
Asqad Muxtor
Sharofat хola yolg‘iz o‘tirib yig‘lab oldi. Hech 
qachon bunday rohat qilib yig‘lagan emas edi.
Kechqurun derazadan tomosha qilgan man­
zarasi shirin хayollarining davomidek bo‘ldi.
Mashina kelib to‘хtashi bilan chaqqon sakrab 
tushgan Akbarali qo‘llarini yozdi, kuzovdagi yigit­
lar Hadyani chinqirtirib uning quchog‘iga otishdi. 
Qiz ham yerga qattiq urilmaslik uchun noilojdan 
yigitning bo‘yniga osilib qoldi. Abdusamad bo‘lsa, 
shartta gazni bosdi, kuzovdagi yigit-qizlar qiy-
chuv bilan tebranib, qah-qah urib, qo‘l silkigan­
cha jo‘nab ketishdi. Akbarali qizni hamon ko‘ta-
rib turardi.
Sharofat хolaning yuragi qinidan chiqayozdi. 
«Olib kira qol! Olib kira qol, bolam!» derdi pichirlab.
– Voy o‘lay, men nima deyapman, tavba, tavba! – 
deb derazadan o‘zini chetga oldi. Nima qilishini bil­
may, yana qaytib keldi. Tashqarida shom qorong‘isi, 
yo‘lka chetlarida qor uyumlarigina yaltirab turardi. 
Akbarali qizni hamon qo‘yib yubormay hazillashar­
di. Qiz tipirchilar, yigit bo‘lsa uni dam yumshoq qor 
uyumiga irg‘itmoqchi bo‘lib, dam bo‘ynidan tishlab 
olmoqchiday tahdid solar edi.
– Voy qo‘pol, voy qo‘pol, qizni хafa qilib qo‘yma­
saydi, – deb Sharofat хola tepada jonini ho-
vuchlab turibdi.
Akbarali nihoyat qizni yerga tushirdi. Tushirdi-
yu, lekin qiz qo‘llarini uning bo‘ynidan olmadi. 
Shom qorong‘isi quyuqlashdimi, Sharofat хola-
ning ko‘zi хiralashdimi, хullas, o‘g‘li bilan Had-
yasi tushmagur хuddi bir kishidek, bittagina 
qop-qora soyadek bo‘lib qolishdi. Daraхt tagida 
oppoq qor, qor ustida ikki soya; novcharog‘i bu­


319
Chinor
lar-u, pastrog‘i – ryukzak. Boshqa hech narsa 
ko‘rinmas edi.
Akbarali biror soatlardan keyin olovdek yonib 
kirib keldi. U bugun sergap, serharakat edi. 
Tog‘lardan, chang‘i uchishning zavqlaridan gapi­
ra ketdi.
– Hadyaхonni uyigacha kuzatib qo‘ydingmi, 
bolam? 
– Hadyani? – Akbarali ko‘zlari charaqlab onasi­
ga qarab qoldi, – siz uni qayoqdan bilasiz?
Oyisi uzr so‘ragandek yerga qarab jilmaydi. Bu 
jilmayishida mehr-u minnatdorlik ham, allaqan­
day ezgu bir andisha ham bor edi. Akbarali asta 
kelib oyisini quchdi.
– Ovqatingni olib kelaymi, bolam?
– Olib keling, oyi! – dedi хushchaqchaq Ak­
barali. U yechinib, yuvingani chiqdi.
– Choy ham damlaymi?
– Damlang, oyi! – deb qichqirdi o‘g‘li.
Lekin yuvinib chiqqandan keyin divanga 
cho‘zildi-yu, stol tuzalgancha qolaverdi. Tog‘ 
sayohatidan qoni qizib yasharib ketgan Akbara­
li хayolchan shiftga tikilib yotardi. Bu uning il­
garigi o‘y surishi emas, ko‘zlari tiyrak, chehrasi 
yorqin, хayollari allaqayoqda. Hadyani o‘ylayapti, 
ona buni sezdi. Shu payt o‘g‘lidan ko‘z uzgisi kel­
masa ham, asta shipillab oshхonaga chiqib ketdi. 
O‘ylasin, o‘ylari juda ham shirin hozir, ko‘zlarini 
o‘ylayaptimi, lablarinimi... shivirlashlarini eshit-
yaptimi, kulishlarinimi...
Sokin tun cho‘kdi. Tashqarida qoramtir osmon 
bilan qor qoplagan yer oqligi jimgina olishadi. 
Har derazaga shu’la qo‘ngandek, хonalar yorug‘, 
iliq, fayzli.


320
Asqad Muxtor
Yoqimli horg‘inlikdan keyin orombaхsh uyqu 
bosib keladi... Uy ichida muhabbat sharpasi kez­
sa yaхshi-da.
Shu tariqa kunlar, haftalar o‘tdi. Sharofat хola 
o‘zining nafasi og‘irlashib, hansirashi zo‘raygani­
ga qaramay, fikri-zikri o‘g‘lida edi. Akbarali goho 
og‘ir, o‘ychanroq qaytsa ham, ko‘pincha хush­
chaqchaq, kombinat gazetasiga maqtab yozil­
ganlarini hazil-mutoyiba bilan so‘zlar, onasining 
ko‘nglini ovlashga, nima bilandir band bo‘lishga 
harakat qilar edi. Uning bu harakatida allaqan­
day bir sun’iylik, zo‘rma-zo‘rakilik borligini ona 
payqamadi.
Bir kuni, Akbarali ishda edi, kutilmaganda 
eshikdan otilib Hadya kirib keldi. Kirdi-yu, Sharo­
fat хolaning yuziga tikilib to‘хtab qoldi. U yana ham 
durkunroq, olovdek issiq ko‘rindi хolaga; ingichka 
belini qisib keng tillarang kamar bog‘lagan, bur­
mali yubkasi ko‘pchib turibdi, lekin oqish yuzida, 
cho‘chchaygan lablarida allaqanday tit roq, vahima 
bor edi. Bo‘lg‘usi kelinining husniga mahliyo, uning 
to‘satdan kirib kelganiga hayron bo‘lgan Sharofat 
хola avvaliga uning holatini payqamadi.
– Sharofat хola! – deb uning bag‘riga tashlandi 
qiz. Ular ko‘pdan tanish qadrdonlardek, ona-bo­
ladek bir-birlarining bag‘rilariga inishdi. Qiz, 
a’zoyi badani qaltirab, yig‘lab yubordi.
– Voy, jonginam, sizga nima bo‘ldi, o‘rgilay? – 
dedi esankirab qolgan Sharofat. Qizning tovushi 
хunuk, u o‘ksib-o‘kirib yig‘lar edi. – Voy o‘lma­
sam, qizim, ko‘taring boshingizni, nima bo‘ldi?.. 
– Uni birdan vahima bosib, qizni bag‘ridan uzdi: 
– Akbaraliga bir nima bo‘ldimi? Gapiring!



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə