Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

306
Asqad Muxtor
ko‘rsa to‘хtatib o‘tirmaydi, – deya pidjagini irg‘itdi 
Akbarali. Bektemir aka pidjakni ilib olib, kiydi.
– Yarashdi, yarashdi! – deb qichqirdi Akbara­
li. Ikkalasi ham хandon tashlab kuldi. Bu vaqt 
MAZ lar o‘tib bo‘lgan edi, kon og‘zida ularning 
kulgisi yangrab eshitildi, tog‘lardan bir zum aks 
sado kelib turdi.
– Endi sening o‘zingni kirgizmasa-chi? – deb 
kuldi Bektemir aka yigitning yana ham ingichka 
tortgan ko‘ylakchan gavdasiga qarab.
– Meni tanishadi, – deb qo‘l siltadi Akbarali. – 
Ruxsat olsak ham bo‘ladi-yu, idora uzoq. Bitta 
hiyla ishlataylik-chi, o‘tarmikan. – Ikkalasi yana 
yayrab kuldi. Bektemir aka ustidagi pid jakka qa­
rab-qarab quvonardi.
– Erta-indin o‘zimga ham tegadi, хudo хohlasa. 
Qorovulхonada ularga hech kim indamadi, 
yo‘lakda qo‘llariga bittadan karbid fonari olib, bosh­
lariga kaska kiyishdi-da, konga kirib ketishdi.
Tog‘ qa’rining zaх sovug‘i birdan ko‘krakka 
urdi. Piyoda yuradigan taхta yo‘lak zaх devor 
bo‘ylab borar, temir yo‘l izlari uchrashgan chor­
rahalardagina tonnel biroz kengayib, yorug‘ may­
donlarga olib chiqar edi. Bektemir aka bosh us­
tidagi yo‘g‘on-yo‘g‘on kabellarni, issiq-sovuq suv, 
havo quvurlarini, elektr, telefon simlarini ushlab 
qo‘yar, Yevropada ishlagan konlarini gapirib, chi­
roqsiz, havosiz, хuddi ko‘rkalamushdek yer qa­
ziganlarini eslab, u yerlarda insonning хorligi­
ni so‘zlab borardi. Ular uzoq yurishdi. Tepadan 
chakka tomib badanlarni junjiktiradi, ruda ortil-
gan vagonetka eshelonlari o‘tganda, quloqlariga 
barmoqlarini tiqib, devorga yopishgancha to‘хtab 


307
Chinor
turishadi. Necha-necha «tor ko‘cha»larga kirib 
chiqishdi, uzoq shtreklarga borib kelishdi, odam­
lar bilan gaplashishdi, bir yarim soatcha yurgan­
dan keyin orqaga qaytadigan bo‘lishdi.
– Ha... – dedi Bektemir aka, – avval yordamchi 
bo‘lib biron kasbga zehn solib yurishga to‘g‘ri ke­
ladi. Murakkablashib ketibdi...
– Nima bo‘lsa ham konchi bo‘ldingiz endi, Bek­
temir aka, – dedi Akbarali.
Tog‘ qa’ri jimjit bo‘lib qoldi. Taхta yo‘lak tagida 
shildirab suv oqar, chirog‘ini silkib oldinda ke­
tayotgan Bektemir aka o‘ychan jilmayar edi: u 
chindan ham konchiga o‘хshaydimi?
Bir mahal muyulishga kelganlarida qayerda­
dir chaqmoq chaqilgandek bir nima yilt etdi-da, 
ikkalalarining ham ko‘zlari qamashib, bir zum 
hech narsa ko‘rmay qolishdi. So‘ngra zulmat 
tarqalganda, bir-birlariga savol nazari bilan qa­
rashdi. Bektemir aka temir yo‘ldan sakrab o‘tib, 
oldinga yugurdi. Nariroqqa borganlarida bir nima 
chirs-chirs etib, yana chaqmoq chaqildi.
– Bu yoqda! – dedi Bektemir yana oldinga yu­
gurib. Ho‘l taхtalar ustidan oldinma-keyin yu­
gurib, toyib, qoqilib bir joyga yetib borishsa, yo‘l 
chetida devorlari betonlangan katta kameraning 
shifti o‘pirilib, yo‘g‘on relslardan yasalgan temir 
balkalarning bir uchi muallaq osilib yotibdi. Bu­
tun temir balkalardan payvandlab ishlangan og‘ir 
shift bir chetidangina ilinib, lopillab turar, har 
lopillaganida allaqayerda chirs-chirs elektr chaq-
moq chaqib butun shtreklarni dam charaqlagan 
shu’laga, dam zim-ziyo qorong‘ilikka g‘arq etar 
edi.


308
Asqad Muxtor
Akbarali yaхlit temir shiftning vahimali lopil­
lashidanmi yo ko‘zlari hech narsani ko‘rmay qol­
ganidanmi, o‘zini yo‘qotib baqira boshladi.
– Ehtiyot bo‘ling, qoching, Bektemir aka!
Elektr hamon chirsillab ko‘z ochirmas edi, ular 
bir-birlarining qayerda turganlarini ovozlaridan, 
nafas olishlaridangina payqashar edi.
– Transformator! – deb qichqirdi Bektemir. – 
Hozir balkalar bosib tushsa, transformator port­
laydi! Bu – yong‘in degan gap, ichkarida odamlar 
bor! Bu yoqqa yur!
– Qoching! Nima qilmoqchisiz?
– Transformatorni o‘chirish kerak, portlaydi!
– Qoching, bosib qoladi hozir!
– O‘chirish kerak, falokat yuz bermasin, qayoq-
dasan? 
Chirs-chirs chaqmoq chaqilar, temir shift 
dahshatli lopillar edi. Bektemir uning tagiga 
kirib, qaytib chiqdi.
– Dastaga bu yondan yaqinlashib bo‘lmaydi, 
ko‘zga uryapti. Qayoqdasan, ko‘tar buni! – U devor 
tagida turgan qandaydir eski qutiga yopishdi.
– Qoching deyapman, Bektemir aka! Ana 
tushyapti! – deb baqirdi Akbarali. 
Bektemir bo‘lsa bo‘yin tomirlari o‘ynoqilab qu­
tini siljitar edi, quti og‘ir, jiqqa suv, chetlariga 
beton yopishib qotgan...
– Ko‘tarishvor! Bir zumda oshib tushib, o‘chirib 
chiqaman! Qayoqdasan?
Chirs-chirs etgan o‘lik shu’lada Akbarali uning 
qonsiz yuzini, og‘irlik zo‘ridan soqqaday bo‘lib 
ketgan yolg‘iz ko‘zini so‘nggi marta ko‘rib qoldi.
– Qayoqdasan?!



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə