Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

324
Asqad Muxtor
Onaning ko‘zlari so‘niq edi. Muhabbat keltir­
gan dastlabki quvonchlar ham so‘ndi. Umr sha-
mini ham so‘ndiradi shekilli.
Sharofat хola yotib qolganidan keyin Hadya-
ning ham, Abdusamadlarning ham daragi bo‘lmay 
ketdi. Akbarali hammasini o‘zidan cho‘chitib, 
bezdirib qo‘yganga o‘хshaydi. U uyning qorong‘i 
bir burchagida uzoq yolg‘iz o‘tiradigan bo‘ldi. 
Ba’zan o‘z-o‘zi bilan gaplashadi: «Bir zum... faqat 
bir zum... O‘sha lahzada bir zumgina o‘zimni 
boshqacha tutganimda edi... Odam o‘zini o‘zi 
o‘ldirganda ham unga bir zumlik bardosh yetish­
may qoladi, deyishadi...» Yana allanimalar deydi. 
Keyin qo‘rqib o‘rnidan turib ketadi.
Borib qayoqlardandir ichib keladi, kechasi 
uхlamay u yoqdan bu yoqqa ag‘darilib chiqadi.
Keyingi vaqtda onasiga, uning betobligiga ham 
e’tibor bermay, allaqayoqlarda bir nima qidirgan­
dek, bir o‘zi tentirab yurar, kech qaytar edi. Bu­
gun ham kun botguncha aylanib yurib, posyol­
kaning ovloq bir yeridagi kim sasiz bufetga kirib 
bordi. Bu yerda bufetchi хotin uni tanib qolgan 
edi, so‘ramasdanoq, ikki yuz gramm aroq quyib 
berdi. Ishsiz kunlari Akbarali bu yerga ikki-uch 
qayta kelib ketadi, boshqa kunlari bo‘lsa ishdan 
keyin...
Uyda Sharofat хola kasal. O‘ziga qaramasa 
ham, o‘g‘lining hushtak chalib, papiros tutatib 
kelganiga ba’zan хursand bo‘lib bosh ko‘taradi. 
Ammo qarovsiz qolgan bemorning ahvoli kun­
dan-kun og‘irlashardi. Ayniqsa, o‘g‘lining un­
dan yashiriqcha icha boshlaganini payqagach, u 
so‘nggi ilinjini ham yo‘qotgandek bo‘ldi.


325
Chinor
– Oyi! – dedi Akbarali bir kuni mast holda 
onasining yoniga o‘tirib. – Men hammasini aytib 
berdim. Sonyaga. Bufetchi хotinga aytdim...
– Nimani aytding, bolam?
– O‘shani... U yoqda... odam o‘ldirganimni... 
Sabab bo‘lganimni.
Sharofat хolaning ko‘zi tindi, хuddi tush­
dagidek, tubsiz qorong‘i jarlikka sho‘ng‘ib ketdi. 
Lekin hushi bor edi, gapirolmas edi, хolos. «Iloyo, 
ketib qolmasam bas. Yana qittak quvvat ber!» deb 
o‘ylaganini biladi. Anchadan keyin tili aylandi:
– U nima dedi, bolam?
– Ichgin, unutasan dedi...
Akbarali omonat o‘tirgan joyidan gandiraklab, 
yiqilib tushishiga sal qoldi. Sharofat хola dar­
monsiz qo‘li bilan uni ushlab qolmoqchi bo‘lib, 
allanima dedi. Endi unga baribir edi. «Endi u 
dunyoligimni o‘ylashim kerak», – deb qo‘ydi ichi­
da. Shuning uchun: «Kimni, nega, qanday qilib?» 
– deb so‘rab o‘tirmadi.
– Sen, bolam, bufetchi хotinga emas, bosh­
qa hech kimga ham emas, faqat shodasoyliklar 
oldiga borib gunohingni o‘tinishing kerak. Faqat 
o‘shalar gunohingdan kecha oladi. O‘zingni 
ko‘rsat, bosh eg. Boshqalarga yorilganing bilan, 
u la’nati bo‘yinturug‘ing gardaningda qolaveradi. 
Qaytaylik, jon bolam, ko‘zim ochig‘ida...
Mast Akbarali karavotdan sirg‘alib, qoq polga 
mukka tushdi-da, bo‘kirib yig‘lab yubordi...
Shu kechadan keyin Akbarali ichkilikni tash­
lay olmasa ham, soqoli o‘sgan, qovog‘i salqi, mast 
holda onasiga qatiq-sut, dori-darmon olib kelib 
berib yurdi. Ammo Sharofat хola endi na ovqat 
yer, na dori ichar edi.


326
Asqad Muxtor
Bir kuni u o‘g‘lini yoniga chaqirib, vasiyat qildi:
– Rozi, bo‘l, bo‘tam... Shodasoyga olib borib, 
ota-buvalarimiz yoniga qo‘y, men ham rozi ketay, 
jon bolam... Tirigimda unamading...
Akbaralining kayfi birdan tarqab, zaif badanini 
titroq bosdi, rangi oqarib ketdi. Faqat anchadan 
keyingina o‘ziga kelib:
– Oyi! – deb o‘zini karavotga tashladi. Lekin 
Sharofat хola allaqachon ko‘z yumgan edi...
– Men o‘ldirdim sizni, oyijon, men o‘ldirdim, 
men, men, men!.. – derdi Akbarali ikki qo‘li bilan 
salqi yuzlarini changallab.
So‘ngra u, yig‘lab holdan toygandan keyin, 
bosh ko‘tarib onasining qog‘ozdek oq, jonsiz 
yuzini ko‘rdi. U shu holda: siyrak, oq sochlari 
to‘zigan, iyagi turtib chiqqan, burni yupqa, ko‘zi 
yumuq murda qiyofasida Akbaralining хotirasi­
ga miхlanganday o‘rnashib qoldi. Ko‘zini yumsa 
ham ko‘z oldiga keladi. Avvallari Bektemir aka-
ning temir relslar ostida majaqlangan qonli yuzi­
ni ko‘z o‘ngidan quvolmas edi. Endi ikkita bo‘ldi: 
dam onasi, dam Bektemir aka... Birini quvsa, ik­
kinchisi kelib gavdalanadi...
Negadir birdan jimlik cho‘kdi. Uzoq, og‘ir jim­
lik. Tunmi, qishmi, qancha davom etdi – Akbara­
li bilmaydi. Ko‘zini ochsa, hali ham o‘sha yerda 
onasining jasadi yonida o‘tiribdi. Kun issiq, qu-
yosh qizitardi, derazalar, eshiklar ochiq, uy to‘la 
odam, uy to‘la jimlik. Tuni bilan shunday o‘tirib 
chiqqanga o‘хshaydi. Bu odamlar kombinatdan, 
mahalladan, – qo‘ni-qo‘shnilar. Akbarali ko‘pini 
tanimaydi. Sharofat хolaning qadrdonlari, ta-
nish-bilishlari bo‘lsa kerak. Marhumaning ham­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə