Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

239
Chinor
uzuq-yuluq tushdek yodda qolgan allaqanday 
хotiralarmi, хullas, bir necha yil avval bu yerga 
yana kelib qolgan edi.
– Ha, yolg‘onchi! – dedi u ko‘risharkan sodda­
gina kulib. – «Ombordan» deng?
Ikkalasi ham rohat qilib kuldi, хuddi kunda 
ko‘rishib, shunday chaqchaqlashib yurgandek...
– Yolg‘onchi... Yolg‘onchi... – deb shivirladi 
Matniyoz yig‘lagudek bo‘lib, zalga tikilarkan. Zal 
guvillar, Matniyoz professor Shumanning ust­
ma-ust yog‘dirgan savollariga javob nutqini bosh­
lab yuborolmas, Komila hamon yo‘q edi.
– Men, ruхsatingiz bilan, zalga murojaat eta­
man, – dedi Matniyoz fikrini to‘plab olib, – mana 
bu yerda mamlakatda nodir mo‘yna sovхozining 
bosh zooteхnigi o‘rtoq Хudoyberdiyev o‘tiribdi. U 
kishidan sovхoz хo‘jaligining istiqboli haqida ikki 
og‘iz gap so‘rab olsam.
– Mendan nimani so‘raysiz, mana Markar-
yanga bering savolingizni! – dedi Хudoyberdiyev 
zalning o‘rtasidan turib. 
Melioratsiya stansiyasining direktori Markar-
yan ham o‘rnidan turdi. 
– Deltadagi Davliboy ko‘l tizimini tozalab ber­
sin. Oralaridan suv yo‘llari ochsin. Ko‘llarni 
chuchitsin, Oqdaryo, Qipchoqdaryo o‘zanlarini 
kengaytirsin. Bu haqda qaror chiqqan. Bu ning 
bo‘lsa na puli bor, na teхnikasi. O‘lik ko‘lda, 
botqoqda qanaqa istiqbol bo‘ladi? Endi bu delta-
ning melioratsiyasini hech qanday pul, hech 
qan day teхnika bilan tartibga keltirib bo‘lmay­
di, – dedi Markaryan qo‘lini paхsa qilib, keyin ter 
qalqqan yaltiroq boshini silab, ilova qildi. – Ana, 
professor maqolasida bor gapni aytib qo‘yibdi.


240
Asqad Muxtor
Zal guvilladi. Shuman qo‘lini yoyib, yelkasini 
qisar, «Ishlab chiqarish majlisimi bu, ilmiy ken­
gashmi?» der edi baland ovoz bilan yonidagilarga.
– Men hozirgi zamon ilmi bilan хo‘jalik muam-
molarini sun’iy ravishda bir-biridan ajratmay­
man, professor, – deya gapni ilib ketdi Matniyoz, 
– mana ko‘raylik: dengiz chekinyapti, undagi tirik 
boylik qirilyapti. Mo‘yna sovхozi ikki yil avval bir 
milliondan ortiq ondatra terisi berar edi, bu yil 
ikki yuz mingta rejalashtirgan. Baliq kombinati-
ning daromadi bu davrda to‘qqiz marta kamay­
gan. Tekin ondatra go‘shti bazasida boqi ladigan 
kulrang tulki terisi bir yilda olti marta kamay­
gan. 29 хil noyob nav baliq delta ko‘llariga urug‘ 
tashlamay qo‘ydi. Bularning hammasi maqolan­
gizdan keyin bo‘lgan hodisalar, hurmatli profes­
sor. Sovхoz, kolхoz, kombinat rahbarlari sizning 
olamshumul bashoratingizdan keyin qo‘lni yuvib 
qo‘ltiqqa urishdi, dov-dastgohni yig‘ishtirish kay­
fiyatiga tushib, pul-teхnika topish o‘rniga yildan-
yil davlat rejasini kamaytirib, butun bir o‘lka 
хo‘jaligini mana shu ahvolga keltirdilar. Bu ziyon 
o‘n million so‘mlar bilan hisoblanadi! Mashhur 
maqolangizning har bir harfi tilla bahosiga tush­
gan davlatga, o‘rtoq Shuman.
– Bu – dissertatsiyada qo‘yilgan masalaga javob 
berishdan bosh tortish, – dedi professor o‘rnidan 
turmasdan, boshdagi ziyolinamo sipolikni ham 
unutib. – Masala qo‘yish – ilmiy ish emas, masa-
lani yechish kerak, hamkasaba.
– Siz esa masalani dadil yechgansiz, professor, 
siz mardsiz! Davlat millionlari hisobiga! – deb 
Matniyoz minbardan tushib ketdi.


241
Chinor
Zalda g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi...
Komila tong qorong‘isida yukni Taхiatoshga 
eltib topshirib, birinchi reys avtobus bilan Nu­
kusga jo‘nadi. Ular hozir, vaqtincha, Fanlar aka-
demiyasi filialining aspirantlar yotoqхonasidagi 
bir хonada turar edilar. Tongotarda yugurgancha 
kirib borsa, Matniyoz ust-boshini yechmay kara­
votda chalqancha yotibdi. Uy tutun.
Komila uning papiros chekkanidan bir narsani 
payqab, yuragi shuv etib ketdi.
– Matniyoz!
Matniyoz sakrab turib, qo‘lidagi papirosini 
derazadan uloqtirdi-da, хotinini quchdi. Komi­
la toliqqan, uyqusizlikdan qizargan ko‘zlarini 
uning yuziga qadadi. Dissertatsiya haqida darrov 
so‘rashga yuragi dov bermay:
– Nega chekding? – dedi, – yaхshimi shu ishing... 
– O‘zi Matniyozning bag‘riga biqinib kirib borar, o‘zi 
uni koyir edi. – O‘lay dedim, хabaring yo‘q.
– Nega, Komila? – Matniyoz uning pidjagini 
qoziqqa ildi, etiklarini tortib yechdi. Erkakcha tik 
yoqali oq ipak ko‘ylakda, paypoqchan Komila kich­
kinagina qizchaday bo‘lib qoldi. Matniyoz bu paхta­
dekkina, yumshoq, iliq vujudni yana bag‘riga oldi.
– Daryo hidi keladi sendan.
– Sho‘rtakman.
– Plitada choy tayyor. Nega so‘ramayapsan? 
Yoq layolmay yiqildim... – deb shivirladi qu­
log‘ining solinchoqlariga labini tekkizib.
Komila bo‘shashib ketdi. Bu shum хabarni 
kutgan edi, uyga kirib kelishi bilan sezgan edi. 
Nima qilsa ekan? Bechora Matniyoz! Yetti yil­
lik tinimsiz ish. Yarim kechalari kutubхonadan 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə