Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

230
Asqad Muxtor
beri uni halokatdan qutqazib qolish haqida o‘ylab 
kelyapti, siz esa. Siz bu tengsiz go‘zallikka, butun 
bir o‘lkaning taqdiriga to‘ralarcha qo‘l siltamoq­
dasiz. Ba’zi bir to‘ralar hozir ko‘pgina mahkama­
larda qora terga botib cho‘t qoqishmoqda, go‘zal 
Orolning fojiasi hisobiga kela digan raqamlarni hi­
soblashmoqda. Ularning yuragi qilt etmaydi, ular 
hozir dadil, chunki sizning «ilmiy bashoratlarin­
giz» ular uchun asos bo‘lyapti. Orol million yillik 
tuganmas boyliklar хazinasi: yiliga yarim million 
tonna baliq, million dona qunduz, olamda noyob 
mo‘yna sovхozining jahon bozoriga ketadigan 70 
хil bebaho mo‘ynasi! Buni sanab bitirish qiyin. 
Sizning maqolangizdan keyin esa Orol halokatli 
ravishda chekinib quriy boshladi, uning bano­
ras ko‘zgusi 20 ming kvadrat kilometr kichraydi. 
Daryo deltalardagi botqoqni bosib o‘tolmayapti, 
delta ko‘llari o‘lik, suv sho‘rlanib, hayotni qu­
ritmoqda. «Gidroproyekt» hozir Amu bilan Sir­
dan foydalanish bosh rejasini tuzgan. Bu rejada 
Orolning taqdiri haqida bir og‘iz so‘z yo‘q. Bu ham 
sizning maqolangizning oqibati, professor!
Matniyoz bir necha bor «Professor!» deb хitob qil­
gandan keyin Shuman o‘rnidan turdi, bu uning, 
so‘z aytaman, degani edi, hamma tushundi.
– Bunday, hamkasaba, – dedi u salmoqla-
nib, – siz meni qo‘ya turing. Siz dissertatsiyan­
gizni yoqlang. Butun хalqimiz kommunizmning 
moddiy asosini vujudga keltiraman deb jonboz­
lik qilayotganda, siz akademiya minbariga chiqib 
tabiat go‘zalligi haqida lirika o‘qing, qirq milliard 
kubometr suvni Orolning botqoq qozonida qay­
natib, bug‘ qilib osmonga uchiraylik, deng; res­


231
Chinor
publika sug‘orish va irrigatsiya ishlarini, yangi 
yerlar o‘zlashtirishni to‘хtataylik, deng...
Uning bu sovuqqon, salmoqli kinoyasiga Mat­
niyoz indamadi, odob doirasida bo‘lmasa ham, 
so‘zini bo‘ldi:
– Bu demagogiya deyiladi, hurmatli professor. 
Хalqimizning nima bilan bandligini men ham 
bilaman. Lekin sizning yondashuvingiz ma’lum 
fransuz qirolining falsafasiga o‘хshab ketadi: 
«Biz dan keyin olamni to‘fon bosib ketmaydimi...»
Zal yana sal jonlanib kulib qo‘ydi.
– Men norozilik bildiraman, hurmatli ilmiy 
kengash! – dedi Shuman o‘rnidan turib. Endi 
u haligiday sovuqqon emas edi. Uning vajohati 
Matniyozni cho‘chitdi. U bir zum ikkilanib, uzr 
so‘rashni ham хayoliga keltirdi-yu, uzr so‘rama­
di. Ammo negadir sal umidsizlik sezdi ko‘nglida. 
Zalga qaradi. Yo‘lak uzun, uzoqdagi eshik tomon 
g‘ira-shira edi. Vaqt qancha bo‘ldi ekan? Komila 
hamon yo‘q. Nega kelmadi, qayoqda qoldi? Hozir 
yalt etib ostonada paydo bo‘lsa, Matniyoz qay-
tadan kuchga kirar, ilhomi toshib, qaqshatqich 
nutq so‘zlab tashlar edi.
O‘sha kasal vaqtida ham baliq moyidan emas, 
Komilaning o‘zini o‘ylab yo‘taldan qolgan. Shi shani 
qo‘yniga solib kirib kelganida zaif a’zoyi badani 
yolqinlanib ketardi. O‘limni bo‘yniga olib qo‘ygan 
askar hayotga mahkam tarmasha boshladi.
– Qayoqdan olyapsiz?
– Voy, ombordan...
Matniyoz ishonmay qo‘ydi. Qizning ko‘zlari 
boshqacha edi. Keyin u Komilaning uning uchun 
o‘limga tik borib, har dovulda yolg‘iz dengizga 


232
Asqad Muxtor
chiqayotganini payqab qoldi. Bu muhabbat edi. 
Muhabbat... Unga esa... mumkin emas. Uning haqi 
yo‘q, Matniyoz yig‘ladi. Qochish kerak. Komilani 
qutqazish kerak. U yosh. U unutadi. O‘tib ketadi...
Kampir yigitning ahvolidan garang edi.
Shunday qilib, o‘shanda Matniyoz g‘oyib bo‘ldi. 
U jangda ham bunday og‘ir vazifani bajarmagan 
edi. Bu qiynoq o‘pka kasalining qiynog‘idan ham 
dahshatliroq bo‘ldi... Komila qolib ketdi. O‘sha 
Komila...
O‘sha Komila hozir uniki. Lekin u nega kel­
madi? Zal to‘lqinlanadi. Matniyoz bu to‘lqinlarni, 
qarshiliklarni yorib o‘tib, unga intilishi kerak. U 
yana minbarga chiqdi...
Bu payt Komila ham Amu to‘lqinlarini yorib 
unga intilmoqda edi. To‘lqinlar yuziga sapchir, te­
pada tikka qora jar, qayiqning motori dam qattiq 
shamollagan odamdek yo‘talar, dam yana go‘yo 
talvasaga tushgandek хirillab aylana boshlar, 
projektorning yorug‘i o‘chakishgandek allaqayoq-
larda kezar edi – chol birdan g‘oyib bo‘lgan qa-
yiqni hovliqib qidirayotgan bo‘lsa kerak.
Anchadan keyin bir amallab yoruqqa chiqib olish­
di. Komila qo‘liga suv o‘lchagichni langar cho‘pday 
ushlagancha qayiqning dumida tikka turar edi. 
Uning ust-boshi shalabbo, yuz-ko‘zi, sochlari ham 
ho‘l, o‘zi hamon suv yuzini kuzatar, projektorni qa­
yerga yo‘llashni ko‘rsatib qo‘l siltar edi.
Komilani, g‘arq bo‘ldimi, deb hali bir zum yu-
ragi shuv etib ketgan motorchi yigit hozir quvon­
ganidan unga qarab nuqul iljayardi:
– Cho‘milib oldingizmi deyman, o‘rtoq kapitan? 
– Uning yuzi qo‘rqqanidanmi, projektor nuridan­
mi, oppoq oqargan edi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə