Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

221
Chinor
Matniyozning yo‘tali ilgarigidek emas, yengil­
roq edi, biroz et bitib, rang ham kirgan. Lekin 
u Komilaning qarashidan cho‘chib ketgandek, 
kamgap bo‘lib qoldi. Komila bu safar ham uzoq-
roq gaplasholmay ketishga majbur bo‘ldi.
Qish chiqib, dovulli kunlar kamayib qoldi. 
Komila ilgari o‘lgudek zerikarli bo‘ladigan o‘sha 
zaх havoli, хira, izg‘irinli kunlarni qo‘msay bosh­
ladi. Badjahl Ajiniyoz bilan endi til biriktirib, ish­
ni yo‘lga qo‘yganida dovullar siyraklashib ketdi. 
Moyjuvoz uchun baliq ovlash esa faqat dovul kun­
larigina bo‘lishi mumkin, boshqa kunlari Komila 
reysda. Komilaning kechasi pichirlagan iltijolari-
ga binoan yana bir necha izg‘irinli kun bo‘ldi. 
Ammo keyinroq Sattor gapga kirmay qo‘ydi. Av­
val u chandiq bilagini hammaga ko‘rsatib: «Komi­
la tishladi», – deb maqtanib yurdi, Komila bun­
ga e’tibor bermadi, Sattor unga kerak edi, Sattor 
ham har safar bir necha pud marmarday baliqqa 
qiziqib, yana bir-ikki marta dovulda dengizga 
birga chiqdi. Keyin yurak oldirib qo‘yib, bu qal­
tis oshiqlikdan voz kechdi. Komila so‘nggi vaqtda 
kombinatdan motobot olib, dengizga yolg‘iz ham 
chiqadigan bo‘ldi. Jindak-jindak moy keltirganda 
Matniyoz undan har safar qiziqib so‘rardi, ammo 
so‘nggi marta qovoq solib, qo‘pollik bilan so‘radi:
– Qayoqdan olyapsiz, ochig‘ini ayting?
Komila darrov javob bermadi-da, bosh egib ke­
lib, uning bilagidan ushladi, yerdan ko‘zini olmay 
turib:
– Ombordan, – dedi sekin. – Siz tuzalishingiz 
kerak, Matniyoz... Bo‘lmasa...
– Nima «bo‘lmasa?»


222
Asqad Muxtor
Komila birdan piqillab yig‘lagancha yugurib 
chiqib ketdi.
Keyin u dovul kuni kechqurun yolg‘iz o‘zi den­
gizga chiqib, bir o‘limdan qolib, ust-boshi sha-
labbo ho‘l, sochi to‘zg‘igan holda kechasi Ajiniyoz 
cholni qo‘yarda-qo‘ymay uyg‘otib, yarim shisha­
gina moyni zo‘rg‘a eplashtirib, tongda kampirni­
kiga keldi. Kirsa Matniyoz yo‘q. Matniyoz ketib 
qolgan edi. Qayoqqa g‘oyib bo‘lganligi noma’lum.
Komila hamma narsani birdan payqadi-yu, shu 
ko‘yicha achchiq shamolda tentirab qirg‘oq tomon 
yurdi. Etigi qumga botar, sug‘urib olishga darmo­
ni yo‘q, sochlari to‘zg‘igan, nega kimsasiz sohilga 
qarab ketayotganini o‘zi bilmas edi. Ketdi! Ketdi... 
Komilaning diliga ilgaridan qutqu solib yurgan nar­
sa shu edi. Ko‘ngli sezib yurardi-ya! Nega ahmoq 
bo‘lib unga sir berdi? Nega ahmoq bo‘lib uning 
uchun har dovul kuni ikki shisha moyga jonini tik­
di? Sharmandalik! Sharmandalik! Qochib ketibdi! 
Komila o‘z qadriga yig‘lardi. Umri bino bo‘lib bunday 
alamli, bunday azobli damlarni kechirgan emas. 
«Ajab bo‘ldi, ajab! – derdi u qirg‘oqda, izg‘irinda 
yolg‘iz qum kechib qayoqqadir shosharkan. – Ajab 
bo‘pti, yurma bi rinchi ko‘rgan yigitingga yelimdek 
yopishib, qiz boshing bilan!»
Shunday deb o‘zini koyirdi-yu, Matniyozni 
unu tolmasdi. Kechalari uyqu yo‘q, dam o‘zini ko-
yiydi, dam yorug‘ dunyoni qarg‘iydi, dam Matni­
yozni... Manzilini ham qol dirmabdi, Хorazmdan 
so‘ratdi ham, yo‘q...
O‘sha kunlardagi telbaligini o‘ylasa, hozir ham 
yuragi o‘ynab, yuziga qon tepadi. Matniyoz, nima 
qilding?


223
Chinor
– Qirg‘oqqa yondash! Qirg‘oqqa!
Komilaning хayoli bo‘lindi. Bu Qayipbergen 
cholning hovliqqan ovozi edi. Komilaning jahli 
chiqdi. Хayolini bo‘lgani uchun emas, kapitandan 
ijozatsiz buyruq bera boshlagani uchun. Qorong‘i 
tushib, daryo yuzini tuman qoplagan edi. Bo‘tana 
Amu qo‘ng‘ir qora tusga kirib, bo‘g‘iq va sirli sho­
villay boshladi. Komila payqadiki, Tuyacho‘kdi 
yaqin. Chakki bo‘libdi-da, bu falokat shayton 
bo‘g‘izi qoq tunga to‘g‘ri kelibdi.
Ammo hozir Komilani jahannam ham to‘хta­
tolmaydi. Oldinda Matniyoz... o‘sha Matniyoz, 
Komilaga juda qimmatga tushgan, yillar, iztirob-
lar, yoshlik quvonchlari evaziga, «or-nomus», oila, 
jigarporalari Uchqun ham To‘lqinni o‘rtaga qo‘yib 
qo‘lga kiritgani o‘sha Matniyoz, o‘sha shafqatsiz 
muhabbat, azobli baхt oldinda...
Tuyacho‘kdi – Amuning eng tor joyi bo‘lib, ikki 
qirg‘og‘i qip-qizil, baland, tikka jar, o‘zanning 
o‘rta bir yerida esa, o‘chakishgandek ikki qoya­
tosh, tuyaning ikki o‘rkachi singari suvdan qalqib 
turadi. Suv ko‘p vaqtda bo‘lsa, qalqmasa ham
oqimni ikkiga ayirib, ikki tomonida sharsharadek 
shovqinli, хatarli qiya paydo qiladi. «Qiya» degani 
qirg‘oqqa urib, jar tagida girdob, o‘pqon paydo 
qiladigan makkor oqim.
Hozir-ku bular ko‘rinayotgani yo‘q, hozir 
qorong‘i, uning ustiga nafasni bo‘g‘adigan alla-
qan day quyuq, og‘ir tuman.
– To‘xta! – deb buyurdi kapitan, lotsmanning 
buyrug‘ini rad etib. Chol g‘azabdan titrab-qaq-
shab Komilaga qaradi: «Bu nima qilganingiz?!»
– Katta projektorlar yoqilsin! – dedi kapitan 
javob o‘rniga, uzun-uzun signal berdi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə