Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

209
Chinor
– Nima qilasan?
– Ee... haligi... akamning bolasi, haligi... sil 
bo‘lib qopti. Kichkina bola. Mana mundoqqina, – 
Komila, ishonarliroq bo‘ladi, deb o‘yladi shekilli, 
bolani ham tizza bo‘yigina qilib ko‘rsatdi.
– Direktordan ruхsat olib kel.
Ajiniyozga yalinish foydasiz edi, Komila kombi­
nat direktoriga yugurdi. Direktor, oltiquduqlik rus, 
Zosim Prokofyevich, bu yerda juda eski, vijdoni sof­
ligi, to‘g‘riso‘zligi bilan tanilgan keksa odam, ham­
ma bilan qoraqalpoqcha gaplashar edi.
– Senga bermay kimga beraman, shag‘alay, 
yoz arizangni, – dedi u. 
Komilani yaхshi ko‘rar, epchilligini oqcharloq-
qa o‘хshatib, qoraqalpoqcha «Shag‘alay» deb er­
kalar edi.
Lekin Zosim Prokofyevich rezolyutsiyani «Bir 
shisha!» deb qo‘ydi. Komila ham indamadi, «Hozir­
cha mayli, kerak bo‘lsa yana olaman», deb o‘yladi. 
U kasalga qancha moy kerakligini, uni stakanlab 
ichadimi, tomizibmi, bilmasdi. Хursand bo‘lgan­
cha, shishani qo‘yniga solib, Asanjo‘lovning kam­
pirinikiga ketdi.
Avval yo‘tal eshitaman deb, хavotir olibroq ya­
qinlashgan edi, yo‘q, yigit qamish qo‘rada hansi-
rab taхta randalayotgan ekan. Taхtalar, payraha 
tasmalari orasida ochiq-sochiq kitoblari yotibdi, 
«Orol geografiyasi», «Kapital», «Qorabo‘g‘oz...»
Yigitning yuzlariga qizil yugurib, shimargan 
yenglarini tushirib, bosh egib salomlashdi.
– Bekorchilikda kampirning tomini yopib be­
ray deb... – dedi u negadir o‘zini oqlashga urin­
gandek. Uning nafas olishi uzoqdan eshitilardi.


210
Asqad Muxtor
– Mana! – dedi Komila qo‘ynida isigan shishani 
chiqarib. Yigit ikki qo‘lini cho‘zib unga intildi, shi-
shani olib, uning kahrabo rangiga suqlangandek 
yoruqqa solib qaradi. Komila uning g‘amgin ko‘zlari-
da quyoshli kundagi teran dengiz ko‘rkini ko‘rdi.
– Siz... siz ovora bo‘libsiz, men buning uchun 
nima qilishim, nima berishim mumkin sizga... – 
dedi yigit, keyin o‘rinsiz gaplar aytayotganini pay­
qab, qisqagina: – Rahmat! – dedi.
– Voy, nima deyapsiz, biz baliqchilarga bu nar­
sa dehqonchilik-ku.
– Qayerdan oldingiz?
– Ombordan! – dedi Komila kerilibroq, «bizga 
bu cho‘t emas» degan ma’noda.
– Ana, ishlaganlarga beradi-da, men ham al­
batta ishga kirib olishim kerak...
– Yo‘q, siz davolaning, – dedi Komila beparvo­
roq bo‘lishga urinib. Lekin o‘zi bilardiki, bu yi-
git ishlay olmaydi, uni ishga olish ham mumkin 
bo‘lmasa kerak, moy esa topiladi.
Komila ketmoqchi edi, yigit to‘хtatdi.
– Shuncha yaхshilik qildingiz, otingizni ham 
bilmayman, kimga minnatdorchilik bildiraman...
– Mening otim Komila.
– Meniki – Matniyoz.
– Matniyoz... Buni qanday ichasiz, qanchaga 
yetadi? – dedi Komila.
– O... bu anchaga yetadi. Katta rahmat sizga. 
Men uni uch kunga yetkazaman. Rahmat.
«Uch kunga»? Bu yog‘i nima bo‘ladi? Yog‘och 
oyoq Ajiniyozning patak soqoli, o‘taketgan pok 
vijdonli Zosim Prokofyevichning «Shag‘alay-
Shag‘alay» deb turib so‘raganining yarmini ber­


211
Chinor
gani ko‘z oldiga keldi. Dehqonchilik emish! Maq-
tanib nima qilardim-a?
Lekin bu хavotirlar Komilaning esidan tez 
chiqdi.
U askarning quyoshda kulgan chuqur dengiz 
quvonchini eslatuvchi ko‘zlarini o‘ylardi. Matni­
yoz... Komila u bilan hamon gaplasholgani yo‘q. 
Direktorga yalinib yana bir shisha moy olib bor­
ganida Matniyozning yo‘tali tutib, yana gapla-
sholmadi. Tarashalar orasida yotgan kitoblar 
haqida ham gaplashsa bo‘lardi, o‘zi haqida ham. 
O‘yi, hayollari, maqsadi bordir...
Bir kuni dengizda uni vahima bosdi: ketib qol­
sa-chi? Unga ish berishmas... Keyingi borganidan 
uch kun ham o‘tib ketdi. Moyning foydasi bo‘lmayot­
ganmikin? Yo‘q, doktorlar bilib aytgandir. Komila 
ham qaydadir eshitgan, baliq moyi davo deb. Qan­
cha davolanishi kerak ekan? Bir oymi, besh yilmi? 
Komila o‘ylab qarasa, ko‘p narsadan beхabar ekan. 
O‘zining nodonligidan ko yinib, dengizdan qaytgan­
da albatta kutubхonaga borish, ensiklopediyalarni 
bir titishni niyat qilib qo‘ydi.
Katerning dumida baliqchi qoraqalpoq bolalar 
do‘mbira chalib, Ayabbergen yo‘lida nimadir kuy­
lashar, Komilaning qulog‘iga kirmas edi. Qaytgisi 
kela boshladi. Keyingi vaqtda reja bilan ham ishi 
yo‘q. «Nima bo‘ldi o‘zi menga?» – derdi u ba’zan. 
«Ketsa ketibdi-da, begona bir odam bo‘lsa. Ha, 
nima bo‘pti? Хasta, musofir. Odamgarchilik yu­
zasidan qarashsam qarashibman-da!» – derdi 
yana o‘z ahvolini o‘ziga tushuntirib.
Ovdan qaytgan kuniyoq yana direktorga kirdi. 
Zosim Prokofyevich arizani olib stolga qo‘ydi-yu, 
qizga otalarcha ochiqlik bilan qaradi:



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə