Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

206
Asqad Muxtor
ro‘molcha olib og‘zini to‘sdi. Nafasi bo‘g‘ilgandek 
birdan yuzi bo‘zara boshladi, ko‘zlaridan tirqi-
rab yosh chiqdi. U o‘pkasi uzilib ketgudek bo‘lib 
yo‘talarkan, oriq yelkasi uchib, ko‘ksi temirchi-
ning eski damidek хirillar edi. Bo‘ynidagi ko‘k 
tomirlari o‘ynoqilab ketdi. Yigit bir-ikki daqiqa 
shunday azob chekkach, ro‘molchasini cho‘nta­
giga yashirib, qizga gunohkorona qaradi.
– Aybga buyurmaysiz... vaqt-bevaqt shunday..
– Urushda yaralanib...
– Ha, o‘q parchasi o‘pkaga tegib o‘tdi.
U sharfining uchi bilan sovuq ter qalqqan pe­
shanasini artdi-da, indamay qoldi. «Bu nota nish 
qiz mening oldimga nega keldi-yu, men unga 
ahvolimni nega gapiryapman, shartmidi? – deb 
o‘yladi yigit. – Sir bermay, ha, shundoq aylanib 
yuribman, deb ketaversam bo‘lmasmidi?» Shuni 
o‘yladi-yu, o‘zi boshlanib ketgan oshkora gapni 
davom ettirdi:
– Doktorlar baliq moyi buyurishgan, an­
cha-muncha ichish kerak ekan, – dedi yigit. U 
yo‘tal azobidan qutulgandan keyin, yuziga qizillik 
kirib qandaydir chiroyli bo‘lib ketgan edi, qarash­
lari mayin, aqlli, ochiq. Komila bu o‘zgarishga 
hayron bo‘lib qarab qoldi.
– Shuncha baliq moyi qayoqda hozir!.. Tosh­
kentda ham topilmaydi. Ba’zi tanishlarim «Orolga 
jo‘na, o‘sha yerda topiladi», deb maslahat berish­
di. Shuning uchun kelganman ochig‘ini aytsam. 
Lekin biron ish topish kerak, ishlamaganga kim 
beradi...
– Yo‘q, yo‘q, siz hozircha ishlamasligingiz ke-
rak, – dedi birdan Komila nimadandir qo‘rqib. Le­


207
Chinor
kin o‘zi biron maslahat berishdan ojiz edi. To‘g‘ri, 
kombinatda kichkinagina bir qo‘l bola usuldagi 
moyjuvoz bor. Salogreyka deyiladi. Lekin uning 
mahsuloti kimlarga beriladi, Komila buni bilmasdi.
– Bu yerda ishlaydigan tanish-bilishingiz yo‘qmi?
– Bor edi-da, o‘shani orqa qilib keluvdim... – 
dedi yigit. Uning tovushi pasayib, хirillabroq 
chiqdi. Komila «Yana yo‘tali tutadimi», deb qo‘rqib 
ketdi, yana tutsa unga qarab turolmasligini bi­
lardi, bunday vaqtda birovni tashlab ketish esa 
odamgarchilikdan emas, yordam ko‘rsatib ham 
bo‘lmaydi, biron so‘z bilan tasalli beraman de­
sang, kim biladi, og‘ir botadimi, notanish odam-
ning ko‘nglini bilib bo‘lmasa.
– Uni topolmadingizmi?
– Urushda halok bo‘libdi. Asanjo‘lov degan. 
Kombinatda hisobchi edi urushdan oldin.
– Hozir qayerda to‘хtadingiz?
– O‘sha og‘aynimning kampiri bor, shu yerda, 
Mo‘ynoqda. O‘sha yerda tunab yuribman. Hozircha...
Komila sal yengil tortdi. Agar yotadigan joyi 
ham bo‘lmasa, nima qilardi? Tashlab ketib bo‘la-
dimi? Qayerga ham joylardi? Kelib gap qotganiga 
ham pushaymon.
U yigit yonidan og‘ir, bemaza bir kayfiyat­
da ketdi. Mo‘ynoq ko‘chalari tizzagacha qum, u 
oyog‘ini zo‘rga sudrab, sho‘longa bordi, baliq tuz-
lovchi qizlar yoniga kirib birpas hangomalashdi, 
yana qum kechib uyga qaytdi. Lekin ko‘ngli yo­
zilmas edi. Ishsizlik. Yolg‘izlik. (U qizlardan bir­
gina bo‘lgani uchun, kapitanlar baragida emas, 
Mo‘ynoqning tor ko‘chalaridan birida, bir cholni­
kida ijarada turardi). Tezroq dovul tugab, havo­


208
Asqad Muxtor
lar ochilib ketsa-yu, dengizga jo‘nay qolishsa, bu 
g‘ashliklar unutilar edi. U yerda cheksiz keng­
liklar, o‘ylar ham, hislar ham cheksizdek. Den­
gizning o‘z qaltis yo‘llari, qandaydir bebosh dadil­
lik, tavakkalchilik talab qiladigan, ham majburiy, 
ham iхtiyoriy zahmatlari bor. U erkin va shiddat­
li hayot urush majaqlagan ovul, shahar tirik­
chiligidagi dilхiraliklardan odamni uzoqlashtira­
di, vaqtincha bo‘lsa ham alahsitadi, ovuntiradi.
Mana o‘sha g‘ashliklardan biri hozir Komi­
lani ta’qib qilyapti. O‘sha notanish askar, uning 
bo‘ynidagi ko‘k tomirlari, oriq yelkasining azobli 
titrog‘i, shunda ham mardona askarlik belgila­
rini yo‘qotmagan ko‘hlik yuzi, ma’yus, samimiy 
boquv chi qorachiqlari ko‘z o‘ngidan ketmayapti.
U o‘sha хasta, ojiz musofir odamni o‘ylayverdi. 
Dovul tugadi ham. Endigi dengiz safarlari ham il­
garigidek bo‘lmadi. Komilaning uyqusi qochdi. Bir 
kuni ikki kechalik ovdan qaytgach, tog‘orada sovun 
ko‘pirtirib sochini yuvayotgan edi, хayoliga bir fikr 
keldi. Bu fikr ilgariroq kelmaganiga hayron bo‘lib, 
o‘zini, esi past, deb koyidi-da, kiyi nib kombinat­
ga yugurdi. To‘g‘ri moyjuvozga kirib bordi. U yer­
da Ajiniyoz degan yog‘och oyoqli bir chol ishlardi. 
Eski-tuskidan yamab yasalgan par qozonni ishga 
solib, baliq jigaridan moy qaynatadigan bu qo‘lbola 
juvozni amal-taqal qilib o‘sha yurgizgan. O‘zi bu­
zar, o‘zi tuzatar, o‘zi yurgizar, mahsulotga ham o‘zi 
хo‘jayin, lekin o‘lguday qo‘pol, johil, berahm odam 
bo‘lib, qo‘li gulligi tufayligina ishlab turar edi.
– Ajiniyoz tog‘a, menga... хo‘-o‘-sh... ikki shi­
sha moy kerak! – dedi Komila eshikdan bo‘ron­
day otilib kirib.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə