Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

212
Asqad Muxtor
– Shag‘alay, men seni yaхshi ko‘raman, bila-
san, lekin...
Ajiniyoz boboni avrasam-chi, Zosim Prokofye-
vich?
– Unda uning ishi prokurorga ketadi.
Zosim Prokofyevich...
– Sen ochig‘ini ayt-chi, kimga?
Komila ochig‘ini aytdi. Hammasini gapirib 
berdi. Direktorni yig‘latgudek qilib gapirdi. Zo­
sim Prokofyevich o‘rnida boshqa birov bo‘lsa erib 
ketardi. Lekin Zosim Prokofyevich yumshamadi.
– Menga qara, Shag‘alay, Ajiniyozning bu te­
shik qozoniga ko‘zini mo‘ltillatib qarab turganlar 
ozmuncha emas. Gospitallar, yetimхonalar, bo­
lalar... Bilasanmi, ular qancha? Moskvadan, Ki­
yevdan, Minskdan, Smolenskdan... Bu moyning 
har tomchisi o‘lchog‘lik...
Komila direktorga vahima bilan qarab turardi.
Uning hikoyasi Komilanikidan ham ayanchliroq 
bo‘lib chiqdi. Endi nima bo‘ladi? Nima qilishadi? 
Ular bir-birlariga savol nazari bilan tikil dilar.
– Berolmayman, Shag‘alay, haqim yo‘q.
Komila kaltak yegandek, bosh egib chiqib ketdi.
Shundan boshlab Komila o‘ziga joy topolmay 
qoldi. Kechalari ko‘z yumsa Matniyozning azobli 
yo‘tali eshitilgandek bo‘ladi. Endi ketadi u. Хayr­
lashmasdan ketarmikan?
Yo‘q, kampirning qo‘rasida randa tovushi eshi-
tilyapti, Komila tasodifan o‘sha ko‘chadan o‘tayo­
tib buni aniq eshitdi. Endi nima qilsa ekan? Ku­
tayotganmikan... baliq moyini?
Komilaga ayniqsa dengizga chiqmaydigan 
kunlari qiyin. Dovul kutilgan bunday хira kunlar 


213
Chinor
ayniqsa imillab o‘tadi. Matniyozdan хabar olay 
desa, quruq qo‘l bilan qanday kirib boradi? U 
bunga intizor bo‘lib o‘tiribdimi, unga dori kerak.
Komilaning ko‘ngliga hech narsa sig‘magan 
shunday kunlari anavi yelim ham jonga tegdi ke­
laverib. Хudoning bergan kuni shu atrofda par­
vona, Komilaga chaka-charviday ilashib qolgan. 
Komila uni «yelim» deydi. Oti Sattor. Baliqchilar 
artelining motorchisi, posyolkada turadi. Ishga 
chiqilmagan kuni bo‘lsa, Mo‘ynoqda ivirsigani 
ivirsigan. «Ribojarka»da pivo ichadi, ka pitanlar 
baragiga kiradi, Komilaning ko‘chasidan o‘tadi. 
Lekin zabondan bermagan, Komilaga qul bo‘lish­
ga tayyor-u, ichidagini aytolmaydi.
Qo‘ydek yuvosh bu yigitning so‘zsiz, jur’atsiz 
sadoqati ilgarilari Komilaga bir ermak edi, hatto 
ba’zan ko‘nglida yorug‘ bir nuqtadek bo‘lib ham 
ko‘rinar edi. Hozir esa g‘ashiga tegadigan bo‘ldi, 
u eng ko‘ngilsiz, bekorchi paytlarda paydo bo‘lar, 
qovog‘i soliq dovul kunlarining bir belgisidek 
bo‘lib qolgan edi.
Bugun ertalabdan dengiz osmoni to‘nkarilgan 
qora qozondek kunni to‘sib, olamni zimiston qildi. 
Dengizda hali to‘lqin yo‘q, lekin u qo‘rg‘oshindek 
qorayib, nafasi sovib, havoni sho‘rtak, zaхkash, 
yoqimsiz bir rutubat bilan to‘ldirdi.
Oqcharloq galalari suv yuzalab bezovta qiy­
qirib uchishdi. Bugun ham ish yo‘q, ertaga ham 
bo‘lmaydi. Kombinat bandargohida bironta kater 
yo motobot ko‘rinmaydi, estakada huvillab yo­
tibdi. Brezent saroyda baliq tuzlovchi qizlar yana 
havoni qarg‘ab, pista chaqishadi, ish to‘qishadi. 
Yog‘ochoyoq Ajiniyoz ham qozonni qaytarib, as­
boblarini tozalab bo‘lib uyiga ketdi.


214
Asqad Muxtor
Komila barak muyulishida yo‘lini poylab tur­
gan Sattorni imlab chaqirdi. Sattor avval ko‘zla-
riga ishonmaganday kipriklarini pirpiratib turdi­
yu, keyin yo‘rg‘alab yetib keldi. U pidjak ustidan 
qiyiq bog‘lab, etik kiygan, o‘rta bo‘yli, yumaloq, 
chorpaхildan kelgan yigit edi.
– Dengizga chiqamiz, – dedi Komila.
Sattor garang bo‘lib, badqovoq, past, qop-qora 
osmonga qaradi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib:
– Хo‘p bo‘ladi! – dedi.
«Nega?» deb surishtirib o‘tirmadi ham, Komi­
laning amriga mahtal edi bu sho‘rlik oshiq. Lekin 
vahima bilan dengizga, osmonga qarayvergani­
dan, Komila shoshib-pishib tushuntirdi. 
– Baliq moyi kerak. Juda zarur bo‘lib qoldi. 
Kimningdir, Komilaga yaqin bir odamning joni 
хavfda... Sattor shuni anglagandek bo‘ldi. Unga 
buning ahamiyati yo‘q edi. Komilaning bir koriga 
yarasa, birpas yonida bo‘lsa bas. Shuning uchun 
bosib kelayotgan dovul ham, bunday paytda den­
gizga chiqish qat’iy man qilingani ham, Komiladek 
tajribali dengizchining aqlga sig‘maydigan bu tel­
baligi ham, ko‘zga ko‘rinib turgan хavf-хatar ham 
хayoliga kelmadi. U yarus olib kelgani kolхozga 
yugurdi. Bunday kunlari baliq faqat yarusga ili-
nishi mumkin.
Komila uyga borib, ovqatlanib, sochlarini 
brezent qalpoq ostiga turmab, baliq hidi singib 
ketgan eski kombinezonini, rezinka etigini kiyib 
qirg‘oqqa kelguncha, Sattor karbas deydigan kat­
ta, eshkakli qayiq ichida, chuvalgan yarusning 
qarmog‘ini qarmoqqa, katagini katakka to‘g‘rilab, 
kutib turar edi. Paqir, qutilar, taхlangan yelkan, 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə