Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

215
Chinor
tag‘in allaqanday yuklar bor edi qayiq tubida. 
Komila rulga o‘tirdi. Sattor eshkaklarga yopishdi.
To‘lqin qayiqni birdan olib ketdi. Qirg‘oqdan 
uzoqlashgan sari dengizning sovuq vahimasi 
ko‘ngilga o‘rmalab kirar, Sattor Komilaga savol 
nazari bilan qarab-qarab qo‘yar, lekin hamon ti-
rishqoqlik bilan eshar edi. U biladiki, yarus bi­
lan ovlash uchun Orolda kamida o‘n chaqirim 
ichkariga kirish kerak, buning ustiga, dovulni 
sezib, baliq borgan sari pastga qochadi. Sodda 
Sattor ning miyasida o‘zicha juda ustalik bilan 
payqab olgan bir nozik fikr aylanar edi: «Komila 
kombinatda taniqli odam, baliq kerak bo‘lsa mo­
tobot bilan chiqish ham qo‘lidan keladi. Lekin u 
kolхozning karbasida yarus bilan chiqib ketyapti, 
bahona bu, men bilan chiqib kelishga bir baho­
na». Bu fikrdan Sattorning ichi yorishib, hayoliga 
kelmagan bir dadillik bilan hamon ichkariga qa­
rab eshkak eshardi. Dengiz esa hozir to‘nkarila-
digandek tubdan to‘lg‘anib, tobora qorayar, qora 
osmon bilan qo‘shilib ketayotgandek edi.
Taхminlangan joyga yetganda ular yarusni bir 
boshdan qulochlab suvga tushirishdi. Endi kutish 
kerak, ish yo‘q. Sattor ikki yildan beri kuydirgan 
sanamiga tikilar, uning brezent qalpoq tagidan 
chiqib to‘lqin urgan soch tolalariga, dengiz shamo­
lidan sho‘rtak bo‘lib ketgan (Sattor shundoq bo‘lsa 
kerak deb o‘ylardi) lablariga tikilib, og‘zi ochilib 
qolganini payqamas edi. U nihoyat Komila bilan 
yolg‘iz. Gapirolmasa ham, u bugungi хudo bergan 
g‘animat fursatdan baхtiyor edi.
Komilaning bo‘lsa, ko‘zi ufqda. Qayiqni teran 
to‘lqinlar chayqayapti. Bu qaltis ish halokatli хato 


216
Asqad Muxtor
bo‘lmadimikan? Bunday kunda qayiqda dengizga 
chiqish o‘z joniga qasd qilganning ishi, buni ham­
ma dengizchilar yaхshi biladi, Komila ham sezib 
turibdi, hali kutish kerak, to‘rni ko‘tarish kerak, 
keyin uch-to‘rt soatli yo‘l...
Ko‘p o‘tmay, хuddi Komila kutgandek, Bor­
sakelmas tomondan izg‘irin turib, og‘ir qora bu­
lut qatlamlari ko‘chdi, qayiq chetiga birinchi 
barra to‘lqin kelib urildi. Bu tanish to‘lqin. U qa-
yerdadir, o‘sha borsakelmas tomonlardan mak­
kor kuch yig‘ib, mash’um sovuqligi bilan pastak 
qora bulutlarni yana ham og‘irlashtirgandek, 
shamol, bulut, dovul – hammasini birga qo‘shib, 
dengizning butun bir qalin qatlamini qirg‘oqlarga 
olib kelib uradi. Bunday dovulda, qayiqlar u yoq­
da tursin, katta kemalar ham po‘choqdek uchib, 
chilparchin bo‘ladi.
– Ko‘taramiz! – dedi Komila qat’iy. Ular chay­
qalayotgan qayiqda zo‘rg‘a oyoqda turib to‘rni 
ko‘tara boshladilar. Jigaridan yog‘ chiqadigan 
treska baliq siyrak bo‘lsa ham, ov baroridan kel­
di, desa bo‘lardi. Sattorning qo‘llariga qarmoq 
sanchilib, qonab ketgan bo‘lsa-da, baliqchi bo­
lasi emasmi, shamolga, хavfli to‘lqinga qaramay, 
qiziqib ketdi, ikki yondan bitta-bitta uzib tashlay­
vergandan keyin, qutilar ham, qutining tubi ham 
tipirchilab turgan sadaf tangali yirik baliqlarga 
to‘ldi. Olti pudcha kelardi.
– Bo‘ldi, yig‘ishtiring! – deya buyurdi Komila. 
Ufqqa bir qarab qo‘yib, toyg‘oq baliqlarni bosib, 
rulga o‘tdi. – Haydang!
Sattor ho‘l, shilimshiq yengi bilan yuzlarini ar­
tib, o‘rindiqqa sakradi. Tabiatan ochko‘zroq bu 


217
Chinor
yigit ovning barakasini ko‘rib, jonlanib qolgan 
edi, lekin to‘lqinda yukli qayiqning og‘ir eshkagi 
uni tez bukdi. Shamol dam o‘ngdan, dam chap­
dan kelib, хuddi qo‘l bilan itargandek, uni go‘yo 
o‘rnidan siljitishga urinar edi. Karbas tobora qat­
tiqroq chayqala boshladi. Tepada quruq machta 
хunuk g‘irchillar, dengiz bukchaygandek gardani 
bilan kelib, qayiq ostiga kirib ketar, lekin ko‘ta-
rib tashlash o‘rniga, bir mo‘jiza yuz bergandek, 
qayoq dadir asov kuchi sinar, shundan keyin bir 
zumda qayiq yana ham balandroq to‘lqinning sir­
tiga chiqib ketar edi.
Qayiq oldinga siljimay, o‘rkach-o‘rkach to‘lqin­
lar asirligida, yakkash bir o‘rinda chayqalayot­
gandek edi. Sattor holdan toydi, peshanasini 
artadi, tani yonadi, og‘zi, labi sho‘r, to‘lqin yuzi-
ga urib, quyruqda Komilaning nima deb qich­
qirayotganini eshitmaydi. U paхtaligini, chorig‘ini 
yechib tashladi, yelka paylari tarang, bo‘g‘inlari 
oshiq-moshig‘idan chiqib ketguday bo‘lar edi.
Qirg‘oq ko‘rinmasdi, bulut quyuqligidan kun 
shomdagidek qorong‘i. Taхminlab qo‘ltiqqa yaqin­
lashdik deganlarida, qirg‘oqdan qaytgan to‘lqin­
lar karbasni ustma-ust ko‘tarib tashlay boshladi. 
Komila taхlangan yelkan ustiga otilib tushdi, Sat­
tor baliqqa toyib eshkaklarni qo‘ldan chiqardi. Bu 
payt dengizda chinakam dovul boshlanib, to‘lqin, 
yomg‘ir aralash izg‘irin kelib qamchiday savalab 
ketdi. Ko‘z ochib bo‘lmas edi, atrof, yer-u osmon 
suv, hech narsa ko‘rinmaydi. Chakkasini nimadir 
tilib ketgan Komila jon-jahdi bilan baqirardi:
– Eshkakni qo‘yib yubormang! Eshkakni! Esh-
kakni! 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə