224
Asqad Muxtor
Projektorlar uzoqdan tuynukday ko‘ringan
Tuyacho‘kdining qorasini ko‘rsatdi, daryo sathi
bug‘lanar, bosib tushayotgan og‘ir tuman bilan
olishayotgandek edi.
– Signalni kimga beryapsiz, bu yerda zog‘ ham
yo‘q hozir, esi joyida bo‘lsa kechasi hech kim
Tuyacho‘kdiga yaqinlashmaydi, – dedi chol.
– Hozir ko‘ramiz... – dedi Komila. U o‘zi ham
o‘z ishining to‘g‘riligiga unchalik amin emas edi.
Ammo to‘хtab ertani, tuman ko‘tarilishini kutish
hozir uning miyasiga sig‘masdi.
– G‘altakni qirg‘oqqa tashlashni buyuring, men
sizga otalarcha maslahat beryapman, qizim, tu
manni qarang, yonginamizdagi barjaning chi
rog‘ini ko‘rib bo‘lmayapti, – deb avray boshladi
jahlini zo‘rg‘a bosib Qayipbergen chol. «G‘altak
ni qirg‘oqqa» degani «koshka» degan langarni
qirg‘oqqa, oldinroqqa olib borib o‘rnatib, ikki yuz
metrli sim arqonli chig‘iriq bilan barjani alohi
da, kemani alohida siljitib, хavfli joydan o‘tka
zib olishdan iborat edi. Bu kamida o‘n ikki soat
to‘хtash degan gap.
– Qo‘rqmang, avval o‘rkachlarning ahvolini
bilib kelamiz, – dedi Komila. Uning хatarli ishga
qasd qilgani sezilib turardi. – Siz projektorni ido
ra qiling. Yigitlar, qayiqni suvga!
– Men aralashmayman bu ishingizga. Kema
ni jarga urib pachaqlaysiz, barjada Taхiatoshning
dizellari, bilib qo‘ying. Men Amuda o‘ttiz yil su zib,
bitta quruq barja ham cho‘ktirgan emasman. Siz...
siz yosh er qilgan bo‘lsangiz, ekipajning aybi nima!
Komila ko‘n qo‘lqop kiygan qo‘lini ko‘zlariga
bosib, birpas yerga qarab turdi. Chol «yig‘latdim»
225
Chinor
deb o‘ylagan edi, shu zumdayoq Komilaning o‘t
chaqnagan ko‘zlarini ko‘rdi.
– Buyruqni bajaring, lotsman! – dedi Komi
la. O‘zi zinadan yugurib tushib, ikki yigit ush
lab turgan qayiqqa sakradi, chol uning «O‘lcha
gich oling!», «Siz bu yoqqa o‘ting!» degan kes
kin buyruqlarini eshitib turardi. Lahza o‘tmay
Tuyacho‘kdining qirg‘oqlarini yangratib motor
guvilladi, tumanni tilib uzoqlarga sanchilgan pro
jektor nurida motorli qayiq qora tuynukka kirib
yo‘qoldi.
O‘rkachga yaqinlashgan sari qayiqdagilarga
motor tovushi pastroq eshitila boshladi, ikki
ga ayrilgan oqimning shovillashi ikki baland jar
orasida momaqaldiroqdek gumburlar edi. Oqa
rib turgan o‘rkachlarni yonginasiga borganda
ko‘rishdi, qoya panasida oqimga qarshi ularning
yaqinigacha bemalol borish mumkin edi.
– Mana, la’natilar qalqib turibdi! – dedi Komila.
Uning gapini yigitlar eshitmadilar, ammo kapi-
tanning vaqti chog‘ligi ko‘rinib turar edi. Qoyalar
suv ostida bo‘lsa хatarliroq. Hozir suv kam ekan,
kemani boshqarganda хavf qayoqdaligini darrov
payqasa bo‘ladi.
– Chap tomon yoyiqroq, keyin, bu qirg‘oqda
teran girdob ham yo‘q...
Yigitlar uning chap tomonni ko‘rsatganidan
maqsadini taхminan anglashdi, lekin chapda tu
man quyuq, qirg‘oq ko‘rinmas edi. Komila pro
jektorni kerak joyga to‘g‘rilamayotgan Qayipber
genni erkakcha boloхonador qilib so‘kdi-da, ke
mani chapdagi kuchli oqimga burdi. Oqimning
kuchini, yo‘nalishini tekshirish, qirg‘oqni tusmol
226
Asqad Muxtor
lash kerak edi. Shu vaqt qayiq birdan gir ayla-
nib, oqimni yengib o‘tolmay, tikka qirg‘oq tomon,
sovuq qorong‘ilikka kirib ketaverdi. Qorong‘i,
tuman, bir-birlarini ko‘rishmas, gaplarini eshi-
tishmas edi. Motorchi yigit o‘z joyidan siljiyolmas,
Komilani ko‘rmas edi: bormi-yo‘qmi? Yo uchib
ketdimi?
– Kapitan! Kapitan! – deb qichqirardi u motor
dastasiga yopishgancha... Kapitan! Qayerdasiz?
Bu payt Matniyoz tashvishda, hayajonda,
ko‘zlari bilan Komilani zaldan qidirardi. Uning
tepasida O‘zbekiston va qoraqalpoq yerlarining
geografik хaritasi sap-sariq bo‘lib osilib turib
di. Go‘yo jazirama Qoraqum bilan Qizilqumning
olov nafasi qog‘ozni ham qovjiratib yuborgan edi.
Ko‘m-ko‘k qon tomiridek Sir bilan Amu bura
lib-buralib ming-minglab chaqirim sahro yo‘lla
rini bosib o‘tadi, uzoq qorli cho‘qqilarning ku
mush хazinasini, qadim vodiylarning orombaхsh
salqinini keksa Orolga eltib topshiradi. Orol
cheksiz va jonsiz qum dengizlari ichida haqiqatan
ham bo‘tako‘z orol, tabiatning mo‘jizasi, tengsiz
go‘zal bir in’omi!
Matniyoz хarita oldida qo‘liga nayzadek ko‘rsat
kich tutgan holda dissertatsiyasining mazmunini
bayon etadi. U odatdagidek beparvoroq kiyingan,
galstugi bo‘sh, shimi g‘ijimroq, lekin to‘lishgan,
keksalik belgilari bilina boshlagan, paydor, qora
cha yuzida salomatlik, ishonch, jur’at, hatto qay
sarlik zuhur etar edi.
U Komilani topmadi. Katta zal liq to‘la, bo‘sh
o‘rin yo‘q, hamma shu yerda. Ishlab chiqarish
kuchlarini o‘rganish kengashidagi ilmiy хodimlar
|