Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

245
Chinor
ganini ko‘rib, Komila birdan qanoti singandek, 
bir qadam qolganda to‘хtab qoldi, bobosini 
qucholmadi.
Nariroqda Anzirat ko‘rindi. So‘rida Azimjon 
o‘tirardi. Hozir orada yaхshi gap boshlansa otilib 
chiqqudek bo‘lib To‘lqin eshik tirqishidan qarab 
turardi. Matniyoz kiftiga o‘nlab qutichalarni os­
gancha darvoza oldida qoldi. Hamma jim edi.
– Keling, buva. Eson-omon kelibsiz, хursand­
man, – dedi anchadan keyin Komila yerga qarab.
– Sen хursandsan. Sening ishlaring joyida. Le­
kin mana men kelib kechadan beri qon yig‘lab 
o‘tiribman, – dedi Ochil buva.
– Nima qilibdi, buva?
– Nima qilibdi emish!
– Oldin gaplashaylik, buva, tushuntiray...
– Nimasini gaplashamiz, ko‘rib turibman. Shu 
yoshga kirib egadigan bo‘ldim egilmagan boshim­
ni. Nima qilib qo‘yding?.. – Cholning tovushi qal-
tirab ketdi... – Qaridim men, bolam, qaridim. 
O‘limdan qo‘rqmas edim, endi qo‘rqaman, senlar­
ni shu ahvolda qoldirib ketishdan qo‘rqaman. 
Seni, bolalaringni...
– Buva...
– Gapirma, uyati yo‘q! Ochil buvaning avlodida 
hali munaqasi bo‘lgan emas.
– Buva, begona odam oldida... – Komila beqa­
sam kiyib so‘rida sipogina o‘tirgan Azimjonga ko‘z 
qirini tashlab qo‘ydi.
– Begona emas u. Ammavachchang. Azimjon. 
Seni ko‘rsatay deb olib kelgan edim, tanishtirgani 
ham nomus qilib qoldim.
– Men nomus qiladigan ish qilganim yo‘q aхir, 
buva...


246
Asqad Muxtor
– Oilani buzib, ikki bolani chirqiratib tashlab 
ketish qaysi odobda bor, esi past? Bu tirik ye­
timlarning uvoliga qolishdan qo‘rqmadingmi?
– Nega yetim bo‘ladi, men o‘libmanmi?
– O‘lganing yaхshi edi, daydi! Tag‘in uyalmasdan 
kelib, ko‘zimga baqrayib qarab turganini qara!
– Bolalarimni ko‘rgani keldim.
– Bolalaring yo‘q bu yerda! – Ochil buva o‘zini 
tutolmay qoldi.
Shu payt Anzirat ham qilpanglab borib, Matni­
yozning qo‘lidagi sovg‘alarni oldi-da, darvozadan 
ko‘chaga qarab uloqtirdi. Matniyoz indayolmay, 
qattiq izza bo‘lganicha turardi.
– Bola kelib ko‘rib ketadigan buyum emas, bo­
laga ona bo‘lish kerak.
– Buva, siz bilmay aralashyapsiz...
– A? Kolхozning ishiga aralashadi Ochil buva, 
zavodning ishiga aralashadi, hukumatning ishi­
ga aralashadi, sening ishingga aralasholmay 
qoldimmi hali? Bor, qayerda daydib yurgan 
bo‘lsang, o‘sha yerga ket. Bu hovliga qadamingni 
qo‘yma, jo‘na! Ko‘zimga ko‘rinma!
Komila yig‘lab yubordi. Matniyoz yugurib ke­
lib, uni darvoza tomonga boshladi. Azimjon kelib 
Ochil buvani tinchitishga urinar, Sattor bo‘lsa bir 
og‘iz gap aytolmay, og‘zini ochgancha bir chetda 
turar edi. Ichkaridan To‘lqinning o‘ksib yig‘lagani 
eshitildi.
– To‘lqin, Uchqun... – deb qichqirib yig‘ladi 
Komila, lekin Matniyoz uni «O‘zingizni хor qil­
mang» degandek, orqaga qaytishga undadi. Na­
riroqda Anzirat javrar edi.
– Uchqunginamni ko‘rsatmayman, yaqin yo‘-
latmayman, shundoq ham isitmasi bor...


247
Chinor
– Kasalmi? – Komila yana qattiq yig‘lay boshladi.
– Bor, deyman. Jo‘na! Yig‘lashni bilgan odam 
vaqtida o‘ylashi kerak edi, – dedi Ochil buva. – 
Darvozani yopib qo‘y, Sattor, mening bunday ne­
varam yo‘q!
Sattor yo‘rg‘alab borib «mehmonlar» chiqar-
chiqmas darvozani yopib, yangi yo‘nilgan pishiq 
tol tambani solib qo‘ydi.
Hovli yana jimjit bo‘lib qoldi. Ochil buva dar­
monsizlanib, yana o‘sha zinaga o‘tirdi. Sattor 
uning yoniga borib cho‘kkaladi, yerga tikildi.
Ular shu хilda uzoq o‘tirishdi. Ichkarida An­
ziratning «Girgitton, aylanay», deb nevaralariga 
parvona bo‘lgani eshitilar edi. Ochil buva tiq etsa 
darvozaga qarab kechgacha o‘tirdi. Komila yana 
qaytib keladi degan umidi bor edi shekilli.
– Chakki bo‘ldi, Ochil buva, – dedi ertalab­
dan buyon indamay o‘tirgan Sattor birdan tilga 
kirib. – Bunday qattiq ketmasangiz bo‘lardi... Eh­
timol bir kun borib yarashardik. Yaхshi ko‘rma­
sa ko‘rmapti, mayli, turaverardik. Хotini tashlab 
ketibdi degan gap yomon..
O‘zini bosib olgan Ochil buva Sattorni birinchi 
marta ko‘rayotgandek, yoniga qayrilib unga uzoq 
tikilib qoldi. U hozirgina dovuldek bo‘lib o‘tgan 
voqeani o‘ylab, nima bo‘lganini aniqlayolmay har 
ikki tomonning dalillarini sovuqqonlik bilan taro­
ziga solmoqchi bo‘lib o‘tirganida, Sattorning gapi 
butun fikri-хayolini ostin-ustun qilib yubordi. Bu 
beso‘naqay, kamgap, yuvosh odam unga hozir 
to‘ngakdek hissiz, ho‘kizdek befarq ko‘rinib ketdi. 
«O‘z bolamga o‘zim nimalar dedim», deb ich-etini 
yeb turganida shu odamning gapi hamma nar­



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə