Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


xitoblami eslasak, mushtaraklik yana ham bo'rtib ko'zga tashlanadi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

xitoblami eslasak, mushtaraklik yana ham bo'rtib ko'zga tashlanadi.
E’tiborli jihati shundaki, Yevropadagi ma’rifatchilik adabiyoti
bilan jadid adabiyotining o'xshashlik jihatlari badiiy shakl bobidagi
izlanishlarda ham ko'zga tashlanadi. Masalan, fransuz adibi
Monteskening «Fors xatlari», ingliz yozuvchisi Goldsmitning «Dunyo
fuqarosi yoki xitoylik kishi xatlari» nomli asarlarida Evropa voqeligi
chet elliklar — birida fors, ikkinchisida xitoylik kishi nigohi orqali
beriladi. Bu xil badiiy-kompozitsion usulga murojaat qilinishining
sabablarini qo'ya turaylik-da, Fitratning «Munozara», «Hind
sayyohi» asarlarida ham shu yo'ldan borilganini eslaylik. Yoki
«Munozara»ning dialog shaklida qurilganini olaylik. Qadimgi yunon
faylasuflari foydalangan bu shakl XYIII asrda ma’rifatchilar
tomonidan tiriltirilgan, Didro, Lessing, Gerderlarning falsafiy-
publitsistik asarlari (hatto Didroning «Ramo jiyan» romani)dan
ayrimlari ayni shu shaklda yozilgan edi. Tabiiyki, mazkur masala
maxsus o'rganilsa, bulardan boshqa ham mushtarak o'rinlar topilishi,
ehtimol.
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti
bilan jadid adabiyoti orasida qator o'xshashliklar mavjud. Buning
sababi esa har ikki adabiyotni yuzaga keltirgan ijtimoiy-tarixiy omillar,
har ikki harakat ko'zlagan maqsadlardagi o'xshashlik bilan izohlanadi.
Badiiy adabiyotning taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan ko'p
jihatdan bog'liq bo'lgani holda, uni faqat shu sharoit bilan bog'lab
tushunish, tashqi ta’sir ahamiyatini mutlaqlashtirish ham to'g'ri


boMmaydi. Deylik, badiiy adabiyot muayyan tarixiy bosqichlarda
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan oldinlab ketishi yoki,

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə