Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


aksincha, ortda qolishi ham mumkin. Masalan, XIX asrdagi chor



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

aksincha, ortda qolishi ham mumkin. Masalan, XIX asrdagi chor
Rossiyasi ko‘plab Yevropa davlatlaridan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy
taraqqiyotda ancha ortda qolgan edi, yarim quldorlik tuzumiga
asoslangan davlat edi. Biroq ayni shu asr rus adabiyoti ko‘plab
iste’dodlarni, jahon miqyosida tan olingan Tolstoy, Dostoyevskiy
singari buyuk yozuvchilami yetishtirdi. Yoki, aksincha, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotda ancha oldinlab ketgan Amerika adabiyotining
jahon badiiy tafakkurida hodisa sanaluvchi u qadar katta iste’dodlami
berolmaganini ham qayd etish zarur. Demak, badiiy adabiyot
taraqqiyoti ko‘p jihatdan ijtimoiy sharoit bilan bo‘liq rivojlanadi va,
ayni paytda, nisbiy mustaqillikka ham egadir.
Badiiy adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omillaridan biri
sifatida an’ana va yangilik munosabati olinadi. Har bir davr o‘zidan
oldingi davr adabiyotida mavjud eng yaxshi jihatlami o'ziga singdiradi
va o‘zidan unga nimadir qo‘shishga intiladiki, shu asosda taraqqiyot
jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik,
an’analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi o‘ziga xoslik, milliy
qiyofaning yo'qotilmasligini kafolatlaydi. Boy an’anaga tayangan
adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari, tabiiyki, boshqalarga nisbatan
yuqori boMadi. Masalan, xalqimizning boy adabiy-madaniy an’analari
XX asr boshlaridan kuzatiluvchi yangi o‘zbek adabiyotning
shakllanish jarayoni tez kechishini ta’minladi: adabiyotimiz juda qisqa
fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning ko‘pini ijodiy
o‘zlashtirdi, o‘zining badiiy arsenalini boyitdi. Aytaylik, roman g‘arb
adabiyotiga xos janr ekanligi, uning o‘zbek adabiyotida o‘zlashishi
20-yillarga to‘g‘ri kelishi ma’lum. Biroq g‘arbona shakl milliy

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə