Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


o'zgarishlar adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan davrlar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

o'zgarishlar adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan davrlar
bo'lganidek, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo'lishi
tabiiy. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli bo'lmagan
davrlarda(XIX asrgacha, bizda XX asrgacha) ijtimoiy-tarixiy
sharoitdagi o'zgarishlar adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko'zga
tashlanmaydi, keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning o'zi
yo'qdek. Demak, davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tiborga
olish va shu sharoitning adabiyotga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol
ko'rsatish zarur bo'ladi.
Adabiy jarayonni davrlashtirishda adabiy davr, asr, adabiy avlod
tushunchalarini ajratish mumkin. Shuni aytish kerakki, bundagi
vaqt astronomik vaqtga har vaqt ham to'g'ri kelmaydi. Eng katta
bo'linish sifatida davmi olsak, o'zbek adabiyotida uchta katta davmi
ajratish mumkin:
1) eng qadimgi adabiyot davri;


2) islom sharqi adabiyoti ta’siridagi mumtoz adabiyot davri;
3) yangi o‘zbek adabiyoti davri.
Ikkinchi davmi asrlarga ajratmoqchi bo‘lsak, unda quyidagilami
ko'rish mumkin:
1) turkiy sulolalar davri adabiyoti;
2) mo'g'ul istilosi davri adabiyoti;
3) temuriylar davri adabiyoti;
4) uch xonlik davri adabiyoti.
Adabiy avlod adabiy jarayonni davrlashtirishda eng kichik birlik
sifatida olinishi mumkin. Adabiy avlod sanalishi uchun ma’lum guruh
ijodkorlarining bir davrda tug'ilgani yoki bir davrda adabiyotga kirib
kelgani emas, balki ijodda bir-biriga yaqin tamoyillarga tayangani
e’tiborga olinadi. XX asr o'zbek adabiyotidagi avlodlarga nazar solsak,
bu narsa yaqqol ko'riladi:
1) jadidchilik ta’sirida adabiyotga kirib kelgan avlod;

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə