Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari//



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari//
Til va adabiyot ta’limi.—1995.—№5—6.— B. 48—52.
4. 
Karimov E.
XX asr boshida Turkistonda adabiy mushtarakliklar / / 0 ‘zbek
tili va adabiyoti.—1994.—№4—6.—B. 16—23.
5. 
Turdiyev Sh.
A.Qodiriy va tatar adabiyoti / / 0 ‘zbek tili va adabiyoti.—
1994.—№ 6 —32—38.
6. She’riyatda Fitrat va Cho‘lpon an’analari / / Guliston. —1995.—№2.—B.46—
47.
7. 
Al-Amin 
B.
Milliy adabiyotning ikki ildizi / / Sharq yulduzi.—1998.—№5.—
B. 156-158.
8. Quronov D.
Jahon adabiyotiga yo‘l / / Jahon adabiyoti.—1997.—№6.— B.
168-172.


Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari. M etod va uslub
tushunchalari haqida. Adabiy yo‘nalish tushunchasi.
Awalo shuni aytish kerakki, biz «hayotni badiiy aks ettirish 
prinsiplari»(G.Pospelov) tarzida ishlatayotgan tushuncha adabiyot 
nazariyasi va estetikaga oid ishlarda «ijod tipi» (L.Timofeev), «badiiy 
tafakkur shakli» (I.Sulton), «badiiy tafakkur usuli» (Y.Borev) kabi 
qator atam alar bilan yuritiladi. Lo‘nda qilib aytsak, bu o ‘rinda gap 
adabiy asarlarni ularda yaratilgan badiiy voqelikning real voqelikka 
munosabatiga ko‘ra ikkita katta guruhga (realistik va norealistik) ajratish 
ustida boradi. Shunisi ham borki, guruhga ajratish prinsi plarida ham 
muayyan farqlar mavjud. Xususan, L.Timofeev bunda quyidagicha 
fikrga tayanadi: «... biz realistlar deb ataydigan yozuvchilaming ijodida 
oldingi planga biz aks ettirish deb atagan ibtido, ya’ni voqelikdagi 
hodisalami ular hayotda qanday bo‘lsa o ‘shandayligicha ko‘rsatishga 
intilish yetakchilik qiladi; shunisi bilan ular yozuvchining voqelikka 
bevosita monandlikdan chekinishiga imkon beruvchi qayta yaratish 
ibtidosi ustivorlik qilgan obrazlardan farqlanadi» (Тимофеев Л.И. 
Основы теории литературы.— М., 1966.— С. 101). K o‘ramizki, 
L.Timofeev ijod jarayonida «aks ettirish» va «qayta yaratish» amallari 
nisbatidan kelib chiqadi-da, ijodning realistik va romantik tiplari 
haqida so‘z yuritadi. 
Biroq, bizningcha, «voqelikni aslidagicha 
tasvirlashga intilish» talabi realistik adabiyot imkoniyatlarini toraytirib 
yuborishi, deylik, uning badiiy arsenaliga shartli obrazu vositalaming 
kirib kelishiga to ‘sqinlik qilishi tabiiy (realistik adabiyotning hozirgi 
holati buning aksini ko‘rsatayotir) bo‘lur edi. Boz ustiga, har qanday 
badiiy asarda «aks ettirish» va «qayta yaratish» amallarining natijasi


namoyon bo'lishini L.Timofeevning o'zi ham e’tirof etadi. Zero, 
badiiy ijod estetik faoliyat ekan, faoliyat predmeti (hayot materiali) 
ijodiy qayta ishlanib qayta yaratilganidagina chinakam san’at asari 
dunyoga keladi.
0 ‘ylashimizcha, mazkur masalada G.Pospelov tutgan mavqe 
realizmni birm uncha kengroq tushunish imkonini berishi bilan 
diqqatga molikdir. Sababki, G.Pospelov realistik adabiyot tabiatini 
asarda yaratilgan xarakterlardan kelib chiqib tushuntiradi. Olimning 
fikricha, realistik asarda: «... yozuvchi o'z qahram onlarini o'zlari 
yashagan davr va muhit ijtimoiy munosabatlari asosida shakllangan 
ijtimoiy xarakterlari xususiyatlariga, ularning ichki m antiqiga 
muvofiq tarzda harakat qilish(istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga 
majbur qiladi». Buning aksi o'laroq, hayotni badiiy aks ettirishning 
norealistik («normativ») prinsipiga tayanilgan asarda esa: «... yozuvchi 
o 'z personajlarini o 'z xarakterlarining real, tarixan konkret 
xususiyatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda emas, balki o'sha 
xarakterlarning yozuvchi qarashlari va ideallari asosida hissiy idrok 
etilgan, tarixiy konkretlilikdan uzilgan mohiyatiga muvofiq tarzda 
harakat qilish (istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi» 
(П о с п е л о в Г .Н . П р о б л е м ы и с т о р и ч е с к о г о р а з в и т и я
литературы.—М .,1972.—С .258—270). E’tiborli jihati shundaki, 
bu xil yondashuvda badiiy voqelikdagi epik tafsilotlaru detallarning 
har vaqt ham hayotiy (ya’ni real voqelikdagiga m onand) bo'lishi 
talab qilinmaydi. Zero, bu o 'rin d a bosh mezon - personajlam ing 
konkret ijtimoiy sharoitda shakllangan xarakterlari ichki mantiqidan 
kelib chiqqan holda harakat qilishidir.
D em ak, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsi pi 
xarakterlarning ularni shakllantirgan ijtimoiy-tarixiy sharoitga, 
ko'proq shu sharoit bilan belgilanuvchi xarakter mantiqiga muvofiq 
harakat qilishlarini taqozo qiladi. Masalan, Razzoq so'fi xonadonida 
voyaga yetgan, xarakter xususiyatlari shu m uhit to m o n id an
belgilangan Zebi romanda o 'z xarakter mantiqiga muvofiq harakat


qiladi: uning mingboshiga unashilganidan so‘ng, kelin bo‘lib tushgach 
yoki suddagi xatti-harakatlari shunday deyishga asos beradi. Xuddi 
shu gapni A .Qodiriyning R a’nosiga nisbatan ham aytishimiz 
mumkin (buni o ‘zingiz asoslashga urinib ko‘ring). Norealistik asarda 
esa qahram on 
0
‘zining konkret sharoitda shakllangan xarakteri 
m antiqidan kelib chiqib harakat qilmaydi, balki yozuvchining 
qarashlari va idealiga mos tarzda harakatlantiriladi (masalan, 
Farhod).
H a y o tn i b a d iiy aks e ttir is h ta m o y illa ri 3 0 -4 0 - y illa r 
adabiyotshunosligida «metod» deb yuritilib, unga ko‘ra badiiy 
adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy m etodlar mavjud 
deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g‘oyaviy 
mazmuni bilan bog‘liq b o ‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy 
idrok etish va baholash prinsi plari tushunila boshlangan. Ya’ni 
metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e’tiborini 
voqelikning u yoki bu qirralariga 
qaratishi, tipiklashtirishi va 
baholashida 
namoyon b o ‘luvchi hodisa sanalgan. Anglashiladiki, 
atamadagi keyingi m a’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga 
aylanishini ilmiy asoslash jarayonida sodir b o ‘lgandir. Shunday 
b o ‘lsa-da, atam aning keyingi m a’noda qo ‘llanishi badiiy ijoddagi 
ikki lliulliili 
u n s u i - 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə