G abduraxmanova


Invazion kasalliklami nomlash



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Invazion kasalliklami nomlash. 
Parazitologiya sohasida yaqin 
yillargacha parazitar kasalliklarga ilmiy asoslangan nom berilmagan edi. 
Bu esa parazitar kasalliklaming nomini atashda chalkashliklarga sabab 
bo‘lib, tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘dirar edi. Shu sababli 
K.I.Skryabin va R. S. Shuls zoologiya qoidalariga asoslangan holda 
invaznon kasalliklarga yangi nom taklif qilishib, uni ilmiy asoslab 
berdilar.
Invazion, parazitar kasalliklaming nomini atash uchun shu 
kasallikni qo‘zg‘atadigan parazitlar avlodining nomiga «oz» yoki «yoz» 
qo‘shimchasini qo'shish kerak. Masalan, Haemonchus avlodi vakillari 
qo‘zg‘atadigan kasallik 
gemonxoz
yoki Fasciola avlodi vakillari 
qo‘zg‘atadigan kasallik 
fastsiolyoz
deb ataladi.
Agarda kasallikni qo‘zg‘ayotgan parazitlar birgina avlod vakillari 
bo'lsa, bunday kasalliklar birlik bilan ataladi. Masalan, Hypoderma 
bovis va Hypoderma lineata gipodermatoz kasalini yoki Opisthorchis 
felineus - opistorxozni qo'zgaydi.
Parazitologiya fanida kasallik qo‘zg‘atuvchilaming qaysi sinfga, 
turkumga, kenja turkumga, oilaga kirishiga ko‘ra invazion kasalliklarga 
umumiy nom beriladi.
Lekin u ko‘plik bilan ataladi. Masalan, Trematoda sin f vakillari 
qo‘zg‘aydigan kasalliklaming umumiy nomi 
trematodozlar,
Spirurata 
kenja turkumlari qo‘zg‘aydiganlari - 
spiruratozlar,
Echinostomatidae 
oilasi vakillari qo‘zg‘aydigan kasalliklar esa 
exinostomatidozlar
deyiladi. Hozirgi vaqtda parazitar kasalliklaming umumlashtirilgan 
nomini hamma parazitologlar hamda veterinariya vrachlari yaxshi
45


0
‘zlashtirib olganlar. Shu asosda parazitar kasalliklami aniqlash, 
davolash va kurash chora tadbirlarini tashkil etish taklif qilinadi.
Invaziya bilan infektsiya o‘rtasid ag p boglanish. 1901-yilda 
LLMechnlkov gelmintlar migratsiya davrida hayvon organizmiga o ‘zlari 
bilan birga turli mikroblami olib kirislii to cgrisidagi fikmi aytgan edi. 
Qator ilmiy tekshirishlar natijasida bu mikroblaming hayvon 
organizmida to ‘liq yoki qisman voyaga yetib, unga zarar yetkazishi 
aniqlangan. Bu to ‘g ‘rida akad. К. I. Skryabin «Invaziya infeksiyaga 
darvoza ochadi», deb ta ’riflagan edi. Invaziya ta’sirida infektsion 
jarayonlaming kechishi ham o ‘zgaradi. Paraskaridlar bilan zararlangan 
chorva mollarida soqov kasali ogcir o ‘tadi, alfartioz yoki delafondioz 
bilan zararlangan toylarda esa salmonellyoz kasalining klinik belgilari 
rivojlanadi.
Askaridiy yoki geterakis bilan zararlangan tovqlarda yuqumli 
kasalliklar juda og‘ir o‘tadi Strongilidlar bilan invaziyalangan otlarda 
piroplazmoz, nuttallioz kasalliklari og‘ir kechadi. Fastsiolyoz bilan inva­
ziyalangan qo‘ylarda anaerob mikroblar qoczg batadigan kasalliklaming 
og‘ir kechishi ko‘p davlatlarda tasdiqlangan. Fastsiolyoz bilan zararlan- 
magan qo'ylarda, anaeroblardan Glostridium oedematicus uzoq vaqt 
yashirin qolib, faqatgina fastsiolyoz bilan bir vaqtda zararlangandagina 
bakteriya rivojlanib og‘ir kechadigan infektsion kasallikni qo‘zgaydi.
Cho‘chqalardagi inflyuentsa kasalligining virusi so‘g cho‘chqalarga 
askaridaning yoki metastrongilidlarning tuxumi orqali o‘tishi mumkin.
Invazion kasalliklam ing o‘tishiga tashqi m ubitning ta ’siri. 
Tashqi muhitning tarkibiy qismiga tuproq, suv, havo, hayvonot va 
o ‘simliklar dunyosi kiradi. Ular parazitlarga egalari orqali ta’sir qiladi. 
Hayvonning yashashini ta’minlaydigan sharoit 
tashh muhit om illari
deb 
ataladi. Ular o cz navbatida abiotik (temperatura, namlik, quyosh nurlari, 
atmosfera bosimi va boshqalar) va biotik (hayvonlar, o'simliklar) 
omillarga bo'linadi.
Tashqi muhit omillari invazion kasalliklaming paydo bo‘lishi, 
kechishi va davom etishiga kuchli ta’sir qiladi. Masalan, MDH ning 
janubiy hududlaridagi qoramollarda piraplazmoz, teylerioz kasalliklari, 
qo‘ylarda esa piroplazmidozlar keng tarqalgan. Leknin ushbu kasalliklar 
shimoliy hududlarda yo‘q, chunki oraliq xo£jayinlarinmg rivojlanishi 
uchun sharoit yo‘q.
Parazitlaming kasallik qo‘zg‘atish kuchi (patogenlik xususiyati) 
tabiiy zonalarga bog‘Iiq holda o ‘zgarib turadi. Masalan, qoramollaming 
anaplazmoz kasalligi o ‘rta mintaqaga qaraganda janubiy mintaqalarda
46


og‘ir o ‘tadi. Kasallangan hayvonlarning ko‘pchiligi nobud boMadi. 
Gelmintozlar tog'li, togoldi hamda sug‘oriIadigan mintaqalarda ko‘p, 
chunki bu mintaqalarda invazion elementlaming rivojlanishi, oraliq 
xo‘jayinlam ing yashashi uchun sharoit juda yaxshi.
Yogingarchilik ko‘p bo'lgan yillarda mollyuskalar yaxshi rivoj­
lanadi, bu esa trematodozlar qo‘ zg‘ atuvchi lari ning keng tarqalishiga 
sabab boMadi. Invazion kasalliklar epizootologiyasi mintaqalarga, 
iqlimga bog'lik bo‘lganligi sababli ularni o'rganish, kurash tadbirlarini 
tashkil etish bilan o ‘lka parazitologiyasi shug‘ullanadi.
Invazion kasalliklam ing epizootologiyasi. Parazitar kasalliklar- 
ning epizootologiyasi invazion kasalliklaming paydo boMish sabablari, 
tarqalish yo‘llari, rivojlanish qonuniyatlari vaoqibatini o‘rganadi.
Invazion kasalliklaming tarqalishi tabiiy sharoitga (iqlim, tuproq, 
havo, suv manbalari, yaylov, umurtqasiz hayvonlarning ko4p-ozligi, 
o ‘simliklar turi va hokazo), hayvonning yoshiga, jinsiga, zotiga, yow oyi 
hayvonlar va ulaming qishloq xo‘jalik hayvonlari bilan boclgan 
munosabatiga, hayvonlaфi boqish, asrash, oziqlantirish, yosh mollarni 
parvarish qilish va boshqa omillarga bogliq.
Shuniig uchun ham qishloq xo‘jalik hayvonlarida har bir invazion 
kasallik mavjud tashqi sharoitiga kocra tarqalishi har xil bo'ladi. 
Invazion kasalliklaming har xil darajada tarqalishi ikkita ko‘rsatkich: 
ekstensiv va intensivligi bilan ifodalanadi.
Invaziyaning ekstensivligi - tekshirilayotgan hayvonlar orasidagi 
kasallangan mollarping 
%
hisobida ko‘rsatilgan soni (masalan, otarda 
25% qo‘y moniezioz bilan kasallangan). U hayvoilaming tirik yoki 
o ‘lganidan keyin aniqlanadi.
Invaziyaning intensivligi - har bir hayvonni kasallantirgan 
qo‘zg‘atuvchining miqdoriy ko‘rsatkichidir. Masalan, 30 bosh ikki oylik 
cho‘chqa bolasining har bittasining ichida o‘rtacha 35 donadan askarida 
borligi aniqlansa, u shu guruhdagi invaziyaning o‘rtacha intensivligi 
hisoblanadi.
Ekstensiv va intensiv ko‘rsatkichlar faqatgina qishloq xo‘jalik va 
m o'ynali hayvonlarga nisbatan ishlatilib qolmasdan, balki oraliq 
xo‘jayin!ari - mollyuskalaming zararlanganligini ham miqdor, ham sifat 
jihatidan aniqlashda ishlatiladi.
Invazion kasalliklaming epizootologiyasini, ayniqsa, qo4zg4atuv- 
chining biologiyasini mazkur o ‘lka va viloyat sharoitlarini hisobga olib 
o (rganish, parazitar kasalliklarga qarshi o‘tkaziladigan choralarni foydali 
amalga oshirishning garovidir.
47


Devastatsiya ta ’limoti. Devastatsiya lotincha-devastatio-qirg‘ in 
qilmoq, qirib tashlamoq ma’nosini anglatadi. Odam, hayvon va o ‘sim- 
liklarda uchraydigan infeksion va invasion kasalliklaming qo‘zg"a- 
tuvchilarini rivojlanishini barcha bosqichlarida mexanik, fizik, kimyoviy 
va biologik usullar bilan yocqotishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. 
Bu ta ’limotdan ko‘zda tutilgan maqsad, barcha xo‘jalik, tuman, viloyat, 
oMka va respublikani gelmintlardan, patogen protozoolardan va parazit 
bo'g'm oyoqlilardan rejali ravishda tozalab, bir vaqtning o ‘zida tabiatda 
parazitlar rivojlana olmaydigan sharoit tug‘dirish, shuningdek, invasion 
kasalliklaming qo‘zg‘atuvchilarini butun rivojlanish jarayonida (tuxum 
va lichinkalarini) turli usullar bilan yo4qotishdir.
Ushbu ta’limot birinchi marta akademik K.I. Skryabin tomonidan 
1944-yilda fanga kiritilgan bo‘lib, gelmintologiy sohasida qilingan katta 
ilmiy ishlardan biri hisoblanadi.
Bunda parazitlarga qarshi faol hujumga o ‘tib, murakkab tadbir- 
lami, y a’ni kimyoviy usulda rejali gelmintsizlantirish, molxona, yer-suv, 
yaylov va gofngni dezinvaziya qilish, kasallik qo‘zg‘atuvchilariga 
biologik zarar ko‘rsatish bilan birgalikda chorva mollarini zoogigiynik 
qoidalariga amal qilingan holda boqish, to‘yimli va sifatli oziqalar bilan 
ta ’minlashni talab qiladi.
Bu ta’limotni qo‘Ilash natijasida Respublikamizda bezgak va rishta 
kasalliklari, MDH mamlakatlarining Shimoliy va Markaziy mintaqa­
larda esa kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilaming exinokokkoz kasalligi 
butunlay tugatilgan.
Shuningdek, Respublikamizning turli mintaqalarida chorva molla- 
rida trixostrongilyatoz kasalliklari keskin kamaydi. Parazitar kasallik- 
larning qo‘zg‘tuvchlarini devastatsiya qilish davlat tomonidan o ‘tkazila- 
digan tadbir bo‘lib, zoo veterinariya, zootexnik mutaxassislar ishtirokida 
amalga oshiriladi.
Devastatsiyani muvaffaqiyatli o4kazishda parazitning yashay ol­
maydigan yalpi tadbirlarini fanga asoslangan holda ishlab chiqish lozim.
0 ‘zbekistonda birinchi navbatda odamlar sogMigiga jiddiy ziyon 
yetkazayotgan gelmintozlardan - teniidoz, qoramol va cho4chqalardagi 
sistiserkoz (finnoz), exinokokkoz va senuroaii devastatsiya qilish 
rejalashtirilgan.
P ara zitlam i m orfologik adaptatsiyalari. Parazit va xo‘jayin bir- 
biri bilan o 4zaro yaqin hamkorlikda yashaydi. Lekin parazitlar xo‘jayini 
organizmiga har tomonlama ta ’sir qiladi. Bu albatta, parazitning turiga, 
organizmdagi yashash joyiga, parazitning miqdoriga, organizmning
48


yoshi va umumiy holatiga, himoya moslamalaming xarakteriga hamda 
tashqi muhit sharoitiga bog‘liq.
X o‘jayin organizmi sharoiti tashqi muhit sharoitlaridan keskin farq 
qiladi. Buni oqibatida evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlaming 
hayot uchun xos moslamalari paydo bolgan. Ko(payishi va rivojlani­
shida o ‘zgarishlar sodir boMgan. Natijada. parazitik hayot uchun mos ay­
rim organlar rivojlanib, ayrim kerak boMmaganlari reduktsiyaga uchragan.
Parazitlikka o‘tishdagi morfologik adaptatsiyalar evolyutsion 
xarakterga ega boMib, uch xil tipga ajratiladi:
1. Morfologik progressiv adaptatsiyalar, parazitik hayot uchun ke­
rak bo‘lgan a’zolami paydo boMishi: turli yopishuv organlari (so‘rg‘ich, 
ilmoq, xitinli tishchalar va boshqalar), ovqat hazm qilish organlarini 
kuchli rivojlanishi, nasldorlik va boshqalar (bitlar, kanalar, parxo‘rlar).
2. Morfologik regress adaptatsiyalar: parazitik hayot uchun kerak 
boMmagan a ’zolami yo‘qolishi (qanotlar, nafas olish organlari, rangni 
yo‘qolishi va boshqalar).
3. Biologik adaptatsiyalar: evolyutsion taraqqiyot natijasida para­
zitlaming rivojlanish siklidagi o‘ziga xoslik, ko‘p nasi qoldirish va 
boshqalar. Bular asosan mexanik ta’sir, xo‘jayinning normal rivojlanishi 
uchun zarur boMgan oziq moddalarini iste’mol qilish, har xil zaharli 
moddalar (toksinlar) ishlab chiqarish, xilma-xil patogenli mikroblar va 
viruslaming xo‘jayin organizmiga kirishi uchun yo‘l ochib berish, 
xo4jayin organizmining darmonsizlanishiga olib keladigan ta’sirlardan 
iborat.
Mexanik ta’sirda parazitlar xocjayinining to'qima va organlarida 
yashab, ulami mexanik jihatdan qattiq shikastlaydi. Yirik va ko4p 
sondagi ichak parazitlari (askaridalar, sestodalar) ichak bo‘shlig‘iga 
tiqilib qolib, ichakdan moddalami o ‘tkazmay qo‘yadi.
Exinokokkning lichinkalik pufaklari o‘pka va jigar hajmining 
kattalashishiga olib keladi, to ‘qimalami qisib qo‘yadi. Senur lichinkalik 
davrida bosh va orqa miyalarda o ‘mashib, shishlar hosil qiladi. Bu 
shishlar miyani morfologik jihatdan buzadi va faolligini izdan chiqaradi. 
Ko‘pgina trematodalar, sestodalar, nematodalar, akantotsefallar, qisqich­
baqasimonlar, kanalar va hasharotlar hosil qilgan shikastlar orqali xo‘ja- 
yin organizmiga xilma-xil zararli mikroblar, viruslar kiradi va boshqa 
turdagi kasalliklaming kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Parazitlarda har xil yopishuv organlaming boMishi ham ulaming 
eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Parazitlar ana shu yopishuv 
organlari yordamida xoejayiniga mustahkam bog‘langan holatda yashay-
49


di. Yopishuv organlar ham parazitizm hodisasi tufayli vujudga kelgan. 
Ular ektoparazitlarda ham, endoparazitlarda ham har xil ko‘rinishda 
uchraydi.
Ilmoqlar parazitlaming eng asosiy yopishuv organi bo‘lib, ular bir 
hujayrali hayvonlardan tortib, hasharotlarda ham uchraydi. B ir hujayrali 
hayvonlardan infuzoriyalar va gregarinalarda bo‘ladi. Parazit chuval- 
changlardan monogeniyalarda ilmoqlar juda ham ko‘p uchrab, ular 
ayniqsa, parazit tanasining orqa uchidagi disklarda 16 tadan joylashgan 
bo'ladi.
Tasmasimon chuvalchanglarda ham ilmoqlar yaxshi rivojlangan, 
ular skoleksning o ‘rta qismida — maxsus «do‘nglik»da bir qator yoki bir 
necha qator b o 'lib o‘mashgan. Ilmoqlaming joylashishi, katta-kichikligi, 
shakli va soniga qarab tasmasimon chuvalchanglaming turlari keskin 
farq qiladi. Shuning uchun sestodalar sinfi tasnifida ilmoqchalar muhim 
sistematik belgi hisoblanadi. Shuningdek, sestodalarning lichinkalarida 
ham ilmoqchalar soni 6 tadan 10 tagacha o'zgarib turadi.
Akantosefallarda ham ilmoqlar kuchli taraqqiy etgan va yagona 
yopishuv organi hisoblanib, ular maxsus xartumlarda joylashgan.
Nematodalarda ilmoqchalar boshqa gelmintlardagiga nisbatan juda 
oz miqdorda uchraydi. Ilmoqchalar asosan xitinli tishchalar ko‘rinishida 
og‘iz bo‘shlig‘i va uning atrofida boMadi.
Bo‘g ‘imoyoqlilarning panjalari uchida joylashgan timoqchalar 
ham yopishuvchi ilmoqlar vazifasini bajaradi (bitlar, burgalarda).
So‘rg‘ichlar ham asosiy yopishuv organlar fiinksiyasini bajaradi. 
Ular, ayniqsa, ektoparazitlarda kuchli rivojlangan. Monogeniyalarda 
uchraydigan so‘rg‘ichlar gavdasining oldingi va orqa uchida joylash­
gan.
Trematodalarda, odatda, 2 ta so‘rg‘ich bo‘lib, ular og‘iz va qorin 
so‘rg‘ichlari deb ataladi. Tasmasimon chuvalchanglaming ko'pchilik 
turlarining bosh qismida asosan 4 tadan so‘rg‘ichlari bo‘ladi.
Tipik so‘rg‘ichlar bo‘g ‘imoyoqlilarda ham uchraydi. Parazit qis- 
qichbaqasimonlarda maksillalar hisobiga vujudga kelgan so‘rg‘ichlami 
ko'rish mumkin.
Parazitlik qilib hayot kechirish natijasida ko‘pchilik hayvonlarning 
ovqat hazm qilish sistemasida ham tub o ‘zgarishlar ro‘y bergan. Shunga 
ko‘ra parazitlaming oziqlanish xususiyatlari erkin yashovchi hayvon­
lardan keskin farq qiladi. H ar xil parazitlar ovqat hazm qilish siste- 
masidagi o ‘zgarishlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha boradi. Chunonchi, qon 
bilan oziqlanuvchi parazitlaming ichagi ju d a ko‘p miqdorda oziqni
so


i|itlnil qilib olishga muvofiqlashgan bo‘lib (masalan, zuluklar, chivinlar, 
paiheholar, kanalar), ichagi morfologiyasiga ko‘ra o ‘zgarmasdan, uning 
dftVOrl elastik cho‘ziluvchan bo‘lgardigidan oziqni qabul qilgan sari 
hitjini kengayadi. Shunga muvofiq ravishda parazitning gavdasi (qorin 
qlsmi) ham kattalashadi. Bir guruh parazitlarda (masalan, zuluklar, 
kanalar, ayrim bo‘g‘imoyoqlilarda) ichaklari shoxlanib, yuzasi kengay- 
j'.nn boMadi va bir vaqtning o‘zida juda kocp miqdordagi oziqni sig‘dira 
oladi. Bunday parazitlar bir marta oziq moddasini g‘amlab olgan holda 
lizoq vaqt (2-3 yilgacha) oziqlanmay yashay oladi. Bundan tashqari, qon 
bilan oziqlanuvchi ba’zi parazitlar (zuluklar) qonning ivib qolmasligi 
uchun unga maxsus bezlardan gemofilin yoki girudin moddasini 
yuboradi.
Boshqa guruh parazitlarda yuqorida qayd etilgan o czgarishlaming 
teskarisi kuzatiladi, ya’ni ularda ovqat hazm qilish organlari qisqarib 
ketgan. Ular oziq moddalami butun gavdasi orqali so‘rib oladi (tasma­
simon chuvalchanglarda). Trematodalarda ham ichak ancha qisqargan 
boMadi.
Bir guruh endoparazitlarda hazm organlarining reduksiyalanib 
ketishiga sabab, bu parazitlar tayyor holdagi suyuq oziq (qon, limfa 
suyuqligi, shiralar) ichida yashashidadir. Ular ham tayyor oziqni 
osmotik usulda qabul qiladi.
Parazitlaming hayot faoliyatidagi dominant funksiyalardan yana 
biri ulaming ko‘payishi, ya’ni avlod qoldirishidir. Parazitlarda germafro- 
ditizm va jinsiy organlari faoliyati nihoyatda kuchaygan boMib, 
serpushtlilik hodisasi yuqori darajada turadi.
M a’lumki, parazitlar xo‘jayinining turli to‘qima va organlarida 
yashaydi. Shunga ko‘ra, ayrim jinsli parazitlar hamma vaqt ham bir-biri 
bilan jinsiy qo‘shilish imkoniyatiga ega emas. Bu holat ulaming nasi 
qoldirishini qiyinlashtiradi va tur sifatida yashashini cheklaydi. Shunday 
noqulaylikni evolyutsion taraqqiyotning o‘zi bartaraf etgan, ya’ni para­
zitlar ayrim jinslilikdan germafroditlikka o ‘tgan. Germafrodit orga- 
nizmlarda esa avlod qoldirish ancha kafolatlangan boMadi. Ko‘pchilik 
parazitlar nihoyatda serpusht boelib, juda ko‘p miqdorda tuxum qo‘yadi. 
I .ekin bu xususiyat quyidagi ikki holat bilan bogMiq.
Birinchidan, parazitlar cheklanmagan oziq moddasi bo‘lganligi 
tufayli, uni cheklanmagan miqdorda iste’mol qiladi. Bu esa ulaming 
jinsiy organlari sistemasini yanada rivojlanishi va faoliyatining kucha- 
yishiga olib keladi.
51


Ikkinchidan, ko‘p nasi qoldirgan parazitlargina tabiiy tanlanish 
davomida tur sifatida saqlanib qolgan. Ko‘p nasi qoldirish, ayniqsa, 
parazit chuvalchanglarda uchraydi.
Nematodalaming erkin yashovchi vakillari odatda o‘n va yuzlab 
tuxum qo'yadi. Lekin parazit turlari nihoyatda serpusht bo‘ladi. Kich- 
kinagina trixinella 10 mingtagacha lichinka tug‘sa, ankilostoma 4—5 
yillik hayoti davomida 25-30 mln. ta tuxum qo‘yadi. Odam askaridasi 
bir kecha-kunduzda 250 ming, 5 -6 oylik hayoti davomida esa 50-60 
mln. dona tuxum qo'yadi.
Serpushtlilik tasmasimon chuvalchanglarda ham kuchli rivojlan­
gan. Masalan, cho'chqa tasmasimon chuvalchangi o‘z hayoti davomida 
200-300 mln. dona tuxum qo‘ysa, shu avlodga kiruvchi qoramol 
tasmasimon chuvalchangi bir kecha-kunduzda 500 mln., bir yilda 440 
mln., 10-15 yillik hayoti davomida esa 10 mlrd. 700 mln. dona tuxum 
qo'yadi.
Ankilostoma]ar bir sutkada 25000, fasciolalar 48000 ta tuxum 
qo'yadi. Ba’zida oddiy termik ishlovni yetarli emasligi parazitar kasal­
liklar tarqalishiga sabab bo‘Iadi(opistorxoz, difillobotrioz va boshqalar).
Parazitlar juda ko‘p miqdorda tuxum qo‘ysada, bu tuxumlarning 
ming ba’zan milliondan bir ulushidangina yangi avlod yetiladi.
Parazitlaming jinsiy mahsulotlari ortib borishi bilan bogMiq holda 
ulaming jinsiy organlar sistemasi ham tobora kattalashib, soni ko'payib 
boradi. Jumladan, trematodalarda gavda hajmining asosiy qismini jinsiy 
organlar sistemasi egallab turadi. Tasmasimon chuvalchanglarda u butun 
proglottidlar yuzasini egallashidan tashqari, har bir proglottidda bitta 
erkak va bitta urg'ochi jinsiy organ sistemasi joylashgan boMadi.
P ara zitlam in g sistem atikasi. Hozirgi vaqtda yer yuzida 2 mln. 
dan ortiq tur hayvonlar mavjud b o is a , shulaming 6 
%
ini parazitlar 
tashkil qiladi, ya’ni bir hujayrali hayvonlarning 6000 dan ortiq turi, 
so‘rg‘ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, monogeniyalaming 2500 turi, 
tasmasimon chuvalchanglar sinfining 3000 ga yaqin turi, tikanboshlilar 
sinfining 500 ta turi, nematodalar sinfining 3000 dan ortiq turi va 
bo‘g‘imoyoqlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning bir qancha o ‘n minglab 
turlari parazitlar hisoblanadi. Shuningdek, hayvoriot dunyosi sistemati- 
kasida parazitlar halqali chuvalchanglar, mollyuskalar va hatto umurt­
qali hayvonlardan - to'garak og‘izlilar sinfi vakillari orasida ham 
uchraydi.
52


Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi va parazitizm haqida
test topshiriqlari
1. Qaysi olim tashabbusi bilan 0 ‘zbekistonda bezgakka qarshi 
kurash olib boradigan stansiyalar va tibbiyot parazitologiyasi insti- 
tuti tashkil etilgan? A - Xodukin. В - Dogel. V - Pavlovskiy. G - Isayev. 
D - Bobojonov.
2. P arazitlam in g asosiy xo(jayini deganda nimani tushunasiz?
A - Parazitning lichinkalik davri yashaydigan xo‘jayinga. В - Boshqa 
hayvonlarga yuqtirish mumkin bo‘lgan parazitni o*zida saqlagan xo‘ja- 
yinga. V - Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashaydigan xo‘jayin- 
ga. G - Parazitning vaqtincha parazitlik qiladigan xo'jayiniga. D - Para­
zitning doimiy parazitlik qiladigan xo‘jayiniga.
3. P arazitlam in g oraliq xo‘jayini deganda nim ani tushunasiz? 
(2-topshiriqqa qarang).
4.
P arazitlam ing rezerv u ar xo‘jayini deganda nim ani tushu­
nasiz? (2-topshiriqqa qarang).
5. E ram izdan oldin p a ra z itla r haqidagi dastlabki m a’lumotni 
qaysi olim keltirgan? A - Arastu. В - Varron. V - Gippokrat. G - Ley­
kart. D - Teofrast.
6. Parazitologiya qaysi fanning b ir tarm og'i hisoblanadi? 
A - Zoologiya. В - Anatomiya V - Ekologjya. G - Biologiya. D - Fiziologiya.
7. S kryabin p arazitlam in g kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra 
u lam i o‘rganadigan fanni necha guruhga bo'lgan? A - 1 taga (para­
zitologiya). В - 2 taga (fitoparazitologiya va zooparazitologiya). V - 3 
taga (gelmintologiya, zooparazitologiya va fitogelmintologiya). G - 4 
taga (parazitologiya, gelmingologiya, zooparazitologiya va fitoparazi­
tologiya).
8. Transmissiv kasalliklar deganda nimani tushunasiz? A - Yirt- 
qichlar orqali yuqadigan kasalliklar. В - Chorva mollari orqali yuqadigan 
kasalliklar. V - Kasallangan odam orqali yuqadigan kasalliklar. G - Qon 
so'ruvchi bo‘gcimoyoqlilar orqali yuqadigan kasalliklar. D - Qushlar orqali 
yuqadigan kaslliklar. E - Havo orqali yuqadigan kasalliklar.
9. Parazitologiya o‘rganilish ob’ektiga ko4ra q anday fanlarga 
bo‘Iinadi? A - Gelmintologiya. В - Tibbiyot parazitologiyasi. V - Zoo­
parazitologiya. G - Veterinariya parazitologiyasi. D - Fitoparazitologiya. 
E - Umumiy parazitologiya. J - Ixtioparazitologiya. Z - Protozoologiya.
53


10. T ran sm issiv k a sa llik la r o d a m ia rg a q a n d a y yo‘U ar bilan 
y u q ad i? A - Ekzogenli. В - Zoonozlar. V - Endogenli. G - Antropozoo- 
nozlar. D - Rezervuar. E - Antroponozlar. J - Doimiy. Z - Vaqtincha.
11. O ‘zb ek isto n d a p arazitologiya fan in in g rivojlanishiga bissa 
qo‘shgan o lim larn i ko‘rsatin g ? A - Muhammadiyev A.M. B -O Iim jo - 
nov R.O. V - To'laganov A.T. G - Yaxontov V.V. D - Zohidov T.Z. E - Er­
gashev E.H. J - Sultonov M.A. Z - Sagitov A.K. I - G an E.I. К — Ba­
danin N.B. L - Azimov J.A. M - Kashkarov D.N.
12. V iru s la r o d a m la rd a q a n d a y k asallik lam i q o ‘zg‘atad i? 
A - Leyshmanioz. В - Qizamiq. V - Tripanosomoz. G - Gripp. D — Eyme- 
rioz. E - G epatit J - Lamblioz. Z - Trixom onoz. I - Rak. К - Vabo 
(xolera). L - 0 ‘lat (chuma). M - Qutirish. N - Poleomielit. О - Entsefalit
13. O lim la r nom i bilan u la r o‘rg a n g a n p arazitologiya fa n i soha- 
la rin i ju ftla b ko‘rsatin g : 1 - Parazitologiya. 2 - Tibbiyot parazito­
logiyasi. 3 - Fitogelmintologiya. 4 - Veterinariya parazitologiyasi. 
5 - U m um iy gelmintologiya: A - Azimov J.A., В - ToMaganov A.T.,
V - Dogel V.A., G - Skryabin К.1., D - Pavlovskiy Ye.N.
14. H a y v o n la r b irg a lik d a h ay o t kechirish ja ra y o n id a q a n d a y
m u n o sa b a tla rd a y ash a y d i? A - Betaraf, mutualizm, yirtqich. В - Dush- 
manlik, sinergizm, giperparazitizm. V - D ocstlik, parazitizm , sim-bioz. 
G - Kommensalizm, mutualizm, simbioz. D - Betaraf, do4stlik, 
antogonistik.
15. B a k te riy a la r o d a m la rd a q a n d a y k a sa llik la m i qo‘zg‘a ta d i?
A - Vabo (xolera). В - Trixomonoz. V - Qorin tifi. G - Balantidioz. 
D - OMat (chuma). E - Poleomielit(shol). J - Skarlatina. Z - Sil. 
I - Ixtioftrioz.


B IR H U JA Y R A L I PA R A Z IT L A R N IN G U M U M IY T A V SIFI
VA SIST E M A T IK A SI
Sodda organizmlar orasida parazitizm keng tarqalgan. Parazit ya- 
shovchi sodda hayvonlar bir necha mingni tashkil qiladi. Sodda hay­
vonlar x o ‘jayinlarini turli a ’zolarida (ichak, tana bo‘shlig‘i, qoni, jinsiy 
sistemasi va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko‘pchiligi 
hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda 
turli o g ‘ir, o‘lim bilan tugaydigan hastaliklami keltirib chiqaruvchi 
turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlami o'rganish nafaqat 
zoologiyani balki tibbiyot va veterinariyani ham predmeti hisoblanadi. 
B ir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 40000 ga yaqin tur 
kiradi. K o ‘pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda 
yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ulam ing orasida 
o ‘sim liklar, hayvonlar ham da odam organizmida parazitlik qilib 
yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan 
ko‘rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil 
topgan bo‘lsa-da, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar boMib, 
alohida holda ko‘p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga 
tegishli barcha vazifalarni o‘zi bajaradi.
B ir hujayrali hayvonlar kichik olami o‘z navbatida 5 ta tipga 
bo'linadi: 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Apikomplek- 
slar (Apicomplexa). 3. M iksosporidiyalar (Micsosporidia). 4. Mikrospo- 
ridiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan api- 
komplekslar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi 
barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va 
infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin 
holda hayot kechiradi. Lekin ulam ing orasida ham m ahsuldor hayvonlar 
va odamlarda parazitlik qilib, og‘ir kasalliklar, hatto, oMimga olib kela- 
digan turlari bor.
55


S A R K O M A S T IG O F O R A L A R T IP I
Sarkom astigoforalar tipiga mansub hayvonlar soxta oyo'qlar yoki 
xivchinlar yordam ida harakatlanadi. U lar dengiz, chuchuk suv havzalari 
va nam tuproqlarda hayot kechiradi. Shuningdek, ular orasida turli hay­
vonlar va odam organizm ida parazitlik qilib, og‘ir kasalliklar keltirib 
chiqaradigan turlari ham anchagina. Bu tipga 18000 ga yaqin tur kiradi. 
Sarkomastigoforalar sarkodalilar va xivchinlilar kenja tiplariga boMinadi.
S a rk o d a lila r (S arco d in a) k en ja tip i vakillarining qattiq po'sti 
boMmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazm a membranasi bilan 
tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun 
sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazm adan hosil boMib 
turuvchi o'sim talar yordam ida hayvon sekin-asta siljiydi, shuning uchun 
bunday oyoqlar soxta oyoqlar 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə