G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Tripanosoma rhodesiense
va boshqalar.
Trypanosoma gambiense
— Afrikada tarqalgan ju d a ogMr «uyqu 
kasalligi» deb atalgan xastalikni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi (2-rasm).
61


2-rasm. T rip a n o so m a lar:
Tripanosoma rhodesiense(
a)ning rivojlanish sikli:
1-se-se pashshasi (
Glossina morsitans)-
rodeziya uyqu kasalligi 
qo‘zg‘tuvchisining tashuvchisi; 2-tashuvchi organizm idagi tripano­
somalar; 3-tripanosom aning rezervuar xo‘jayini-antilopa. 
Tripanosoma
gambiense
(b)ning rivojlanish sikli: 1-se-se pashshasi (
Glossinapal-
pa//s)-gam bienze uyqu kasalligi q o ‘zg‘tuvchisining tashuvchisi;
2-tashuvchi organizm idagi tripanosomalar; 3-tripanosomaning rezervuar 
xo‘jayini-cho‘chqa. X ocjay in organizmidagi tripanosom aning tuzilishi 
(v): 1-xivchini, 2-yadrosi, 3-bIefaroplast, 4-parabazal tanacha, 
5-toMqinlanuvchi membrana, 6-eritrositlar.
X X asrning birinchi yarm ida bir m illiondan ortiq kishi shu kasal- 
likdan halok boMgan. K asallik tana haroratining koctarilishi bilan bosh- 
lanadi, so‘ngra asta-sekinlik bilan m arkaziy nerv sistem asining qattiq 
shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va aksincha, uxlay 
olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o ‘z vaqtida davolanmasa, oMimga 
olib kelishi mumkin. Parazitlar bem orlam ing qoniga, limfa bezlariga, 
keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o ‘tadi.
Trypanosoma gambienseni antilopalar qonida k o cplab uchratish 
mumkin. Bu hayvonni kasallikka chidamli boMganligi uchun uni tabiat-
62


da tripanosom alam i o ‘zlarida saqlovchi rezervuar deb hisoblash mum­
kin.
3-rasm . C h ag as kasalligi q o ‘zgatuvchisi - T rip an o so m a c ru z i ning 
rivojlanish sikli: 1-triatoma qandalasi 
(Triatoma infestans)
Amerika 
tripanosom oz qo‘z g ‘tuvchisining tashuvchisi, 2-tashuvchi organizmidagi 
tripanosomalar; 3-Am erika tripanosom ozining rezervuar xo'jayini 
bronenos; 4-tashuvchi organizm idagi tripanosoma; 5-eritrositlar.
Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisob­
lanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik 
faqat shu qon so‘ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. 
Pashsha odam qonini so'rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar 
ichagida parazitlar bo‘yiga bo‘linib, jinssiz ko‘payadi. Trypanosoma 
gam biense shuningdek, qoramollarda, cho‘chqa, it va y o w o y i sut- 
emizuvchilarda ham uchraydi. U shbu tripanosom a 1962-yilda G 'arbiy 
Afrikada D. Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D. Bryus 
o ‘rgangan. Kasallik odam larda ju d a og‘ir kechadi va uzoq davom etadi, 
davolanmagan taqdirda kishilam ing o‘lim iga sabab b o ‘ladi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo‘z- 
g ‘atuvchisi - Tripanosom a cruzi keng tarqalgan. M orfologik jihatdan 
A frika uyqu kasalligini qo‘zg‘atuvchisidan farq qilmaydi. Lekin Tripa­
nosom a cruzi, joylashish joy ig a qarab, shakli har xil bo‘ladi. Hujayra-
63


ning ichida parazitlik qilgan tripanosom a xivchinsiz, intensiv ravishda 
ko‘payib, psevdosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasallik tarqatuvchi 
organizm ida va sun’iy usulda o‘stirilganda xivchinli shaklda bo'ladi 
(3-rasm).
Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so'radigan Triatom a infes- 
tans qandalasidir. Tripanosom alar qandalaning orqa ichagida yashaydi 
va 5 -1 5 kun davom ida taraqqiy etadi. Parazitlam i o ‘ziga bir m arta 
yuqtirgan qandala butun umri davom ida (2 yildan ortiq um r ko'radi) 
o‘zida tripanosom alam i saqlaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi.
Odatda, parazitlar odam ga teri va shilim shiq qatlam lam ing har xil 
yoriqlari, jarohatlar orqali faol yo‘l bilan o'tadi. Triatom qandalalari 
odamga, asosan, kechasi uxlab yotganida hujum qilib, lab, k o ‘z va 
burunning shilimshiq qatlam laridan qon so ‘rib oziqlanadi. Ovqatlangan 
joyiga ko'pincha tripanosom alar bilan ifloslangan axlatini chiqazadi va 
shikastlangan teri orqali tripanosom alar ju d a osonlik bilan odam ga 
o'tadi. Ular teri va shilimshiq pardalam ing hujayralarida bir-ikki hafta 
yashab, ko'paya boshlaydi. So‘ng parazitlik qilayotgan hujayralardan 
chiqib, qon tom irlarga o'tadi va butun organizm ga tarqaladi. Shu davrda 
odamning tana harorati ko‘tariladi, parazitlar yurak, nerv, hazm
sistem asi va retukulo-endotelial organlarm ng hujayralariga o ‘tib, u yerda 
yashab qoladi.
Kasallikning belgilariga tana haroratining ko‘tarilishi, jig ar va 
taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi. 
Keyinchalik, ularga meningo-ensefalit va m iokardit qo‘shilishi mumkin. 
B esh yoshgacha bo'lgan bolalarda chagas kasalligi ju d a og‘ir o'tib, 
o‘lim ga olib kelishi mumkin. Ayrim m a’lum otlar bo‘yicha 14 % gacha 
bemorlar ushbu kasallikdan o'ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon 
quyish orqali yuqadi (tug‘ma ham bo‘lishi mumkin). Chagas kasalligi 
ko‘pincha qishloqlarda ko‘p tarqalgandir. A yniqsa, sanitariya-gigiyena 
qoidalariga rioya qilinm agan xonadonlarda, iflos joylarda triatom qan- 
dalalam ing lichinkalari bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalaming bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida 
parazitlik qilib, og‘ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo m am - 
lakatlarida qoramollarda parazitlik qiluvchi Tripanosom a brucei nagana 
kasalligini qo‘zg‘atadi (4-rasm). N agana kasalligining tarqatuvchisi 
so‘nalardir.
Tripanosoma evansi — tuya, o t va eshaklar ham da itlam ing yopiq 
organlari - qon tizim ida parazitlik qiluvchi va ularda tripanosomoz yoki 
xalq tilida «suaum» kasalligini qo‘zg‘atadi. U shbu tur tripanosom a
64


barcha Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan. Bu parazitning ham 
tarqatuvchisi socnalar hisoblanadi.
Otlarda Tripanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish 
(qochirish) kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan 
ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o‘tadi. Tripanosoma equiperdum bir 
x o ‘jayinli boMib, ular otlam ing siydik-tanosil yoMlarida (jinsiy organ- 
larida) yashaydi.
U tabiatda kasallangan hayvonlardan sog‘lom hayvonlarga qochi­
rish paytida yoki otlam ing jinsiy organlarining holatini tekshirishda 
q o ‘llaniladigan ifloslangan asboblar orqali tarqaladi.
4-rasm . Q o ra m o lla rd a p a ra z itlik qiluvchi n a g a n a q o ‘zgatuvchisi -

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə